Institut katta yig‘ingohi


Download 0.64 Mb.
Sana30.04.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1404610
Bog'liq
“Kiber jinoyatchilik va fribgarlikni oldini olish va unga qarshi


Buxoro davlat universiteti Pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari va IIB xodimlari bilan hamkorlikda profilaktika kuni munosabati bilan “Kiber jinoyatchilik va firibgarlikni oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusida o‘tkazilgan tadbir BAYONNOMASI


Institut katta yig‘ingohi 20.01.2022-yil

Raislik qildi: Institut direktori M.I.Daminov
Taklif etilgan mutaxassislar: Buxoro shahar IIOSMB boshliq o‘rinbosari
U.Alloqulov, IIOSMBHPB VYMB
inspektor psixologlar Katta leytenant
A.Ibragimov, leytenant Sh.Rahmatova,
katta serjant Sh.Salomov







Qatnashdilar: fakultetlarning 231 nafar ishchi-xodim
va professor-o‘qituvchilari





KUN TARTIBI:
1.Kiber jinoyatchilik va firibgarlikni oldini olish va unga qarshi kurashish mavzusida uchrashuv.
Eshitildi:

2 022-yil 20-yanvar kuni Buxoro davlat universitetining Pedagogika institut katta yig‘ingohida Profilaktika kuni munosabati bilan “Kiber jinoyatchilik va firibgarlikni oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusida institut ishchi-xodimlari, professor-o‘qituvchilari va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni institut direktori M.I.Daminov kirish so‘zi bilan ochib berdi va tadbir ishtirokchilarini taklif etilgan mutaxassislar hamda kun tartibidagi mavzu bilan tanishtirdi.


S o‘zga chiqdi: Buxoro shahar IIOSMB boshliq o‘rinbosari U.Alloqulov bugungi kunda “Kiber jinoyatchilik va firibgarlikni oldini olish va unga qarshi kurashish” yuzasidan oson boylik ortirish maqsadida ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon qilinayotgan turli yutuqli o‘yinlar, elektron savdolar, sms xabarnomalarga ishonmaslikni aytib uning oqibatlari haqida to‘xtalib notanish shaxslarga o‘zlarining shaxsiy ma’lumotlarini taqdim etmasliklarini aytib o‘tdi.
So‘zga chiqdi: SH.Rahmatova- o‘z so‘zida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlarga oid davlat siyosati va undagi talablar bo‘yicha dolzarb masalalarning mazmun-mohiyatini yondashuvlar asosida ochib berdi. So‘zi davomida yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlash qonun ustuvorligini targ‘ib qilish, qonun buzilish holatlarini oldini olish, kiber jinoyatchilikka qarshi kurashish haqida to‘xtalib o‘tdi.
So‘zga chiqdi: Buxoro shahar IIO FMB HPB VYMB inspektor psixolog katta serjant SH. Salomov institut tyutorlari va pedagog-xodimlariga kiber jinoyatchilik va firibgarlikni oldini olish bo‘yicha o‘quvchi-talabalarga tushunchalar berish kerakligini agarda ushbu holatlar bo‘yicha muammolar bo‘ladigan bo‘lsa murojaat qilishlari mumkinligini takidlab o‘tdi.


Q A R O R Q I L I N D I:

1.Taklif etilgan mutaxasislarning ma’ruzalari ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.


2.Fakultetlarning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari va tyutorlari IIB xodimlari bilan profilaktik uchrashuvlarni doimiy tashkillashtirib borilsin.
3. Institut tyutorlari kiber jinoyatchilik va firibgarlikni oldini olish va unga qarshi kurashish yuzasidan talaba-o‘quvchilarga ma’lumotlar yetkazilsin.


Buxoro davlat universiteti Pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari va IIB xodimlari bilan hamkorlikda profilaktika kuni munosabati bilan “Kiber jinoyatchilik va firibgarlikni oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusida o‘tkazilgan tadbir FOTOLAVHALARI



Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling