Institut katta yig‘ingohi
Download 0.64 Mb.
|
“Kiber jinoyatchilik va fribgarlikni oldini olish va unga qarshi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Institut katta yig‘ingohi 20.01.2022-yil Raislik qildi
- Qatnashdilar
- “Kiber jinoyatchilik va firibgarlikni oldini olish va unga qarshi kurashish”
- Q A R O R Q I L I N D I
Buxoro davlat universiteti Pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari va IIB xodimlari bilan hamkorlikda profilaktika kuni munosabati bilan “Kiber jinoyatchilik va firibgarlikni oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusida o‘tkazilgan tadbir BAYONNOMASI Institut katta yig‘ingohi 20.01.2022-yil
KUN TARTIBI: 1.Kiber jinoyatchilik va firibgarlikni oldini olish va unga qarshi kurashish mavzusida uchrashuv. Eshitildi: 2 022-yil 20-yanvar kuni Buxoro davlat universitetining Pedagogika institut katta yig‘ingohida Profilaktika kuni munosabati bilan “Kiber jinoyatchilik va firibgarlikni oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusida institut ishchi-xodimlari, professor-o‘qituvchilari va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni institut direktori M.I.Daminov kirish so‘zi bilan ochib berdi va tadbir ishtirokchilarini taklif etilgan mutaxassislar hamda kun tartibidagi mavzu bilan tanishtirdi. S o‘zga chiqdi: Buxoro shahar IIOSMB boshliq o‘rinbosari U.Alloqulov bugungi kunda “Kiber jinoyatchilik va firibgarlikni oldini olish va unga qarshi kurashish” yuzasidan oson boylik ortirish maqsadida ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon qilinayotgan turli yutuqli o‘yinlar, elektron savdolar, sms xabarnomalarga ishonmaslikni aytib uning oqibatlari haqida to‘xtalib notanish shaxslarga o‘zlarining shaxsiy ma’lumotlarini taqdim etmasliklarini aytib o‘tdi. So‘zga chiqdi: SH.Rahmatova- o‘z so‘zida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlarga oid davlat siyosati va undagi talablar bo‘yicha dolzarb masalalarning mazmun-mohiyatini yondashuvlar asosida ochib berdi. So‘zi davomida yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlash qonun ustuvorligini targ‘ib qilish, qonun buzilish holatlarini oldini olish, kiber jinoyatchilikka qarshi kurashish haqida to‘xtalib o‘tdi. So‘zga chiqdi: Buxoro shahar IIO FMB HPB VYMB inspektor psixolog katta serjant SH. Salomov institut tyutorlari va pedagog-xodimlariga kiber jinoyatchilik va firibgarlikni oldini olish bo‘yicha o‘quvchi-talabalarga tushunchalar berish kerakligini agarda ushbu holatlar bo‘yicha muammolar bo‘ladigan bo‘lsa murojaat qilishlari mumkinligini takidlab o‘tdi. Q A R O R Q I L I N D I: 1.Taklif etilgan mutaxasislarning ma’ruzalari ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin. 2.Fakultetlarning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari va tyutorlari IIB xodimlari bilan profilaktik uchrashuvlarni doimiy tashkillashtirib borilsin. 3. Institut tyutorlari kiber jinoyatchilik va firibgarlikni oldini olish va unga qarshi kurashish yuzasidan talaba-o‘quvchilarga ma’lumotlar yetkazilsin. Buxoro davlat universiteti Pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari va IIB xodimlari bilan hamkorlikda profilaktika kuni munosabati bilan “Kiber jinoyatchilik va firibgarlikni oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusida o‘tkazilgan tadbir FOTOLAVHALARI Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling