Institut va norma tushunchalarining mohiyati
Download 64.19 Kb.
|
Institut va norma tushunchalarining mohiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT.
Institutlar jamiyatning uning tarixiy barqarorligini va ijtimoiy yaxlitlikning takror shakllanishini ta’minlovchi o`ziga xos tuzilishini (qobirg`asini) hosil qiladi. Institutsional matritsa chizma ko`rinishida jamiyatda teng ahamiyatli mavqeni egallab turgan yagona uchta: siyosiy, iqtisodiy va huquqiy sohalarni birlashtiruvchi ijtimoiy shakl sifatida namoyon etilgan. Asosiy matritsalar S.Kirdinaning “Institutsional matritsalar va Rossiyaning rivojlanishi” kitobidan olingan. Biroq ularga ayrim o`zgartirishlar kiritilgan, xususan siyosiy va mafkuraviy sohalar birlashtirilgan, chunki jamiyatda mafkura ko`p jihatdan boshqaruvchi siyosatchilarga bog`liq bo`lib, ular faoliyatining natijalaridan biri hisoblanadi. Matritsada ijtimoiy soha alohida ajratilgan va institutsional tizimni shakllantirishda u katta rol o`ynaydi.Matritsalarning asosiy va qo`shimcha institutlarning muayyan to`plami bilan tavsiflanuvchi ikkita xili mavjud – g`arbiy (bozor, demokratik) va sharqiy (buyruqbozlik, diktatura yoki despotiya) matritsalar.Institutsional doiralar qaysi tashkilotlar (siyosiy organlar, iqtisodiy tuzilmalar, jamoat muassasalari) hosil bo`lishi va ishlashini belgilab beradi. Boshqacha aytganda: institutlar – bu “o`yin qoidalari”, tashkilotlar esa – “o`yinchilar”. Biroq bu hol o`yinchilar jamiyatda o`rnatilgan “o`yin qoidalari”ga majburiy tarzda amal qilishini anglatmaydi. Huddi institutlar kabi tashkilotlar ham insonlar o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni tarkiblashtiradi. “Tashkilotlar aniq maqsadga yo`naltirilgan tarzda faoliyat ko`rsatuvchi, tashkilotchilar tomonidan boylik, daromadni ko`paytirish uchun yoki boshqa maqsadlarda tashkil etilgan birliklar hisoblanadi. Ushbu maqsadlarni ko`zlagan holda, tashkilotlar asta-sekin institutsional tarkibni o`zgartiradi”. Tashkilotlar (korxonalar, firmalar)ning institutsional jarayondagi roli hozircha kam o`rganilgan, biroq institutsional nazariya doirasida, xususan, G.Kleyner tomonidan o`tkazilgan so`nggi tadqiqotlar shuni ko`rsatdiki, tashkilot nafaqat tovar va xizmatlar ishlab chiqaruvchisi, balki quyidagi asosiy funksiyalarni bajaruvchi o`ziga xos “institutprovayder” hisoblanadiE’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT.Download 64.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling