Instituti ish yuritish asoslari o’quv qo’llanma
Download 127.25 Kb.
|
Instituti ish yuritish asoslari o’quv qo’llanma
Shaxsiy ish qog’ozlariAriza ijtimoiy hayotda eng ko’p qo’llanadigan va keng tarqalgan ish qog’ozidir. Hajmi, uslubi va turidan qat’iy nazar, ariza o’zining umumiy zaruriy qismlariga ega va u ana shu qismlarning izchilligi asosida tuzilgan. Arizaning zaruriy qismlari: Ariza yo’llangan muassasaning yoki mansabdor shaxsning nomi. Ariza yozuvchining turar joyi, vazifasi, ismi, ota ismi va familiyasi. Hujjatning noma (Ariza). Asosiy matn (taklif, iltimos, shikoyat). Arizaga ilova kilinadigan hujjatlar ismi (agar zarur deb topilsa). Ariza yozuvchining imzosi, ismi va ota ismining bosh harflari, familiyasi. Ariza yozilgan vaqt (yil, kun va oy). Arizadan zaruriy qismlar barchasida birday takrorlanovermaydi. Masalan, xodim o’zi ishlayotgan korxona yoki idora rahbariyatiga ariza yozganida uning yashash joyi haqida ma’lumot zarur bo’lmaydi. Bunday hollarda xodim o’zi ishlaydigan bo’lim va lavozimini ko’rsatsa kifoya. Shuningdek, ko’pchilik arizalar uchun ilovalarning ham hojati bo’lmaydi. Yuqorida sanab o’tilgan zaruriy qismlarning odatdagi joylashuvi quyidagicha: Ariza ham boshqa har qanday rasmiy hujjat kabi aniq va qisqa jumlalar bilan tushunarli qilib yozilishi kerak. Hujjat tilining aniqligi, tushunarliligi uni tezroq amalga oshishiga xizmat qiladi. Mehnatkashlarning ariza va imkoniyatlarini o’z vaqtida va diqqat- e’tibor bilan ko’rib chiqish esa boshqaruv idoralarining muhim vazifalaridan biri, qonunchilikning mustahkam garovidir. Ariza asosan qo’lda yoziladi va uning mazmuni erkin bayon qilinadi. Mazmuni va uslubiga ko’ra arizalar bir xil emas: u bir necha so’zdan iborat bo’lishi ham mumkin yoki keng jamoatchilikni o’ylantirayotgan ijtimoiy masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilgan xat tarzida bo’lishi ham mumkin. Shu nuqtai nazardan arizalar sodda va murakkab turlarga ajratiladi. Murakkab ariza matni katta bo’lishi bilan birga unga ilovalar qilinishi mumkin. Arizalar aksar hollarda shaxsiy xususiyatga egadir. Ishga kirish haqidagi arizalar. Bunday arizalarda ariza zaruriy qismining barchasidan foydalaniladi. Bu arizalarning aksariyatida ilova qismi bo’lmaydi, shuningdek, xodimning yashash joyini ko’rsatishning zaruriyati yo’q. O’quv yurtlarga kirish yoki muayyan jamoa tashkilotlariga a’zo bo’lish arizalari. Ularning barchasiga zaruriy hujjatlar ilova qilinadi va ular bosma ish qog’oziga to’ldiriladi. Aholi ish joyida yoziladigan arizalar (uy-joyini kengaytirish, almashtirish va shu kabilar). Da’vo arizalari muassasalarning boshqa aybdor muassasalar yoki (javobgar) shaxslarda davo qilinayotgan mablag’ yoki biron-bir mol-mulkni majburiy ravishda undirib berishni iltimos qilib sud idoralariga yoki davlat xakamligiga yozma murojaatidir. Ularning zaruriy qismlari: Yo’llovchining nomi, hujjat tuzilgan vaqti va tartib raqami ko’rsatilgan to’rtburchak muhr. Sud idorasi yoki davlat hakamligining nomi. Davogarning to’liq nomi va manzili. Javobgarning to’liq nomi va manzili. Da’vo summasi. Hujjat nomi (da’vo arizasi). Da’vo arizasining matni (mazmuni). Ilovalar (da’vogarning talablarini asoslovchi barcha hujjatlar). Hisob-kitob arizasi bajarilgan ishlarga haq to’lash haqidagi yozma yoki og’zaki mehnat shartnomalari asosida muayyan ishlarni bajargan ayrim ishchi (xizmatchi)lar tomonidan muassasa rahbari nomiga yoziladi. Hisob-kitob arizalari ham erkin usulda yoziladi, lekin unda quyidagi zaruriy qismlar bo’lishi kerak: Muassasa hamda ariza yo’llanayotgan mansabdor shaxsning nomi. Arizachi haqida ma’lumotlar (adresi, pasport raqamlari, kim tomonidan va qachon berilgan; ismi, ota ismi va familiyasi; zarur hollarda tug’ilgan yili va soliqlar bo’yicha imtiyozi borligi ko’rsatiladi). Hujjat nomi (hisob-kitob arizasi). Ariza matni. Ariza berilgan sana. Arizachining shaxsiy imzosi. Korxona va bo’linma rahbariga xizmat faoliyati bilan aloqador muhim masalalar yuzasidan yoki yuqori idora, mansabdor shaxsga biron bir voqea va hodisa haqida xabardor qilish zaruriati tug’ilganda taqdim etiladigan mufassal yozma axborot - bu bildirishnomadir. Unda, odatda, bayon qilinayotgan masalalar bo’yicha tuzuvchi (yozuvchi)ning takliflari aks etadi. Kimga yo’nalganiga qarab bildirishnoma ichki va tashqi turlarga ajratiladi. Ichki bildirishnoma o’z korxona rahbariga yoki bo’lim mudiriga yoziladi. U toza qog’oz varag’iga qo’lda yoki mashinkada yozilishi mumkin. Bunday bildirishnomalar muallif tomonidan imzolanadi. Tashqi bildirishnoma, ya’ni muassasa rahbari tomonidan yuqori idoraga yoki mansabdor shaxsga yoziladigan bildirishnoma, odatda, xos ish qog’ozga ikki nusxada yoziladi. Hujjatning ikkinchi nusxasi korxonaning o’zida qoldiriladi. Bunday bildirishnomalar korxona rahbari tomonidan imzolanadi. Bildirishnoma tashabbus, axborot va hisobot xususiyatiga ega. Bu xususiyatlar hujjat matni sarlavhasidayoq o’z aksini topadi. Tashabbus bildirishnomasi matnida tegishli masala yuzasidan umumiy yoki aniq takliflar ilgari surilib, rahbarni ularni hal qilishga undaydi. Axborot bildirishnomasi, odatda, umumiy holati rahbarga ma’lum muayyan jarayon to’g’risida xabar beradi. Hisobot bildirishnomasi ma’lum bir ishning tugallanishi haqida yoki biron-bir ko’rsatma, tavsiya, rejaning ijrosi to’g’risida rahbarni xabardor qilishi kerak. Muayyan vazifa yoki majburiyatlarni bajarilishi haqidagi hisobot bildirishnomasi amaliyotda raport ham deyiladi. Aslida frantsuzcha bo’lib, bu tushuncha bizga “bildirgi” atamasi bilan ma’lum. Download 127.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling