Institutlari
Kombinatsiyalashgan davo
Download 3.88 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’TKIR ICHAK TUTILISHI
- Etiologiyasi va patogenezi.
- Klinikasi va diagnostikasi
- Instrumental tekshirish usullari.
Kombinatsiyalashgan davo. Hozirgi davrda to’g’ri ichakni rak bilan mahalliy zararlanishida operatsiya nur terapiyasi bilan qo’llanilishi maqsadga muofiq deb hisoblanadi. Natijada o’smani operabelligi imkoniyatlari paydo bo’lib, xirurgik davo natijalari yaxshilanadi, bemorlarning operatsiyadan keyingi 5 yilgacha yashash chastotasi ortib, radikal operatsiyadan so’ng u 40-50% ni tashkil etadi.
417
O’TKIR ICHAK TUTILISHI O’tkir ichak tutilishi (ichakning o’tkir tutilishi, ileus, utkir ileus) – ichak yo’lidagi tarkibiy qism passajining buzilishi bilan rivojlanuvchi holat. Qorin bo’shlig’i a’zolarining o’tkir xirurgik kasalliklari orasida o’tkir ichak tutilishi 3,5-9% ni tashkil etadi. Ko’pincha ichak tutilishi 40-60 yoshda uchraydi. Ichak tutilishi ayollarga qaraganda erkaklarda ko’proq uchraydi. Yoz va kuz oylarida (iyul-oktyabr) o’tkir ichak tutilishi bilan kasallanganlar soni ko’proq uchraydi, chunki bu davrda o’simlik ozuqalari tarkibidagi kletchatka tushishi hisobiga ichaklar ko’proq zo’riqadi. O’tkir ichak tutilishi bilan bemorlarni davolashning natijalari avvalo kasallikni o’z vaqtida aniqlashga bog’liq. Operatsiyadan keyingi o’lim ko’rsatkichi kasallik boshlanishidan boshlab 6 soatgacha kasalxonaga yotqizilgan bemorlar orasida 2,1-3,1% ni, 24 soatdan kechikib yotqizilganlar orasida 16,4-19,9% ni tashkil qiladi (V.T. Zaytsev muallifdoshlari bilan, 1989). O’tkir ichak tutilishidagi har xil aspektlarni o’rganish uzoq tarixga ega. Bu kasallik haqidagi birinchi tushunchani Gippokrat bergan. Uning fikricha, ileus ichaklardagi gazlar hisobiga hosil bo’ladigan yallig’lanishlar natijasidagi kelib chiqadigan holat. Galen o’z ishlarida ichak tutilishiga yallig’lanish hisobiga ichaklar peristaltikasi buzilishi sabab bo’lishiga e’tibor qilgan. Bu olimlar laborator, patalogoanatomik tekshiruvlarsiz hamda zamonaviy anatomiya va fiziologiya bilimlariga ega bo’lmay, ichak tutilishi patogenezida zaruriy elementlar – ichak xarakatini buzilishi, gaz va suyuqliklar yig’ilishi natijasida ichaklar kengayishini ko’rsatib o’tishgan. XVII asr boshlarida Riolan o’tkir ichak tutilishini mexanik, obstruktiv va strangulyatsion turlari mavjudligini isbotladi. Bu esa ileusni operativ davolash urinishlar boshlanishiga olib keldi. Hozirgi kunda o’tkir ichak tutilishida V.P. Petrov va I.A. Eryuxin (1985) taklif etishgan klassifikatsiyasi qo’llaniladi. Utkir ichak tutilishi klassifikatsiyasi: 418
1.
Kelib chiqishi bo’yicha – tug’ma va orttirilagan. Tug’ma ichak tutilishiga rivojlanish nuqsonlari, ingichka va yo’g’on ichaklar atreziyalari sabab bo’ladi. 2.
2.1. Mexanik ichak tutilishi obturatsion (tutqich tomirlarini siqib qo’ymasdan) va strangulyatsion (tutqich tomirlarini siqib) va aralash (strangulyatsion va obturatsion kombinatsiyasi) turlarga bo’linadi. 2.2 Dinamik ichak tutilishi spastik va paralitik turlarga bo’linadi. 3. Tutilish joyiga qarab – yuqori (ingichka ichak) va pastki (yo’g’on ichak). 4. Klinik kechishi bo’yicha – to’liq va qisman, o’tkir va surunkali. Ichakning dinamik (funktsional) tutilib qolishi deganda ichakning motor faoliyati buzilishi bilan o’tadigan patologik holatlar tushuniladi, bunda mexanik to’siq bo’lmagani holda uning tutilib qolishi sodir bo’ladi. Dinamik ichak tutilishiga qorin bo’shlig’idagi o’tkir yallig’lanish kasalliklari (appenditsit, xoletsistit, pankreatit, peritonit va boshqalar), qorin orti sohasining yallig’lanish kasalliklari (paranefrit), shikastlar va travmatik jarroxlik amaliyotlar, qorin bo’shlig’i a’zolarida qon aylanishini o’tkir buzilishlari (taloq infarkti, tutqich tomirlarini trombozi) sabab bo’lishi mumkin. Undan tashqari dinamik ichak tutilishiga metabolik o’zgarishlar (diabetik, uremik koma), zaxarlanishlar (morfin, qo’rg’oshin bilan) olib kelishi mumkin. Dinamik ichak tutilishi spastik va paralitik turlarga bo’linadi. Spastik ichak tutilishi ichak motor faoliyati kuchayishi ya’ni spazm xisobiga paydo bo’ladigan xolat. Spastik ichak tutilishiga eng ko’p bo’lgan sabablardan biri og’ir metallar tuzlari xisobiga zaxarlanish xisoblanadi. Undan tashqari bu xolat markaziy nerv sistemasining kasalliklarida ham kuzatiladi. Bunga misol tariqasida isterik ileusni keltirish mumkin. Gipermotor reaktsiyalar ichakning mexanik tutilib qolishi – buralib qolishi, tugun hosil qilishi, invaginatsiyasi kabilar rivojlanishida ishga tushiruvchi mexanizm bo’lib xizmat qilishi mumkin.
419
Paralitik ichak tutilishida ichak motor faoliyati susayishi ya’ni parezi kuzatiladi. Ichak tutilishini bu turi spastik ichak tutilishiga qaraganda amaliyotda ko’proq uchraydi. Chunki paralitik ichak tutilishini asosiy keltirib chiqadigan holat bu jarroxlik amaliyotining o’zidir. Undan tashqari paralitik ichak tutilishi qorin bo’shlig’i a’zolarini o’tkir yallig’lanishlarida xamroh bo’lib keladi. Ichak tutilishini bu turi qorin orti sohasini yirik gematomalarida, yumshoq to’qimalar shikastlarida, og’ir jarroxlik amaliyotlaridan keyin paydo bo’ladi. Dinamik (ya’ni funktsional) tutilib qolish avvalo hazm trakti motor funktsiyasining buzilishi oqibati bo’lib, buning natijasida ichak bo’ylab passaj to’xtaydi. Shuning uchun davolash taktikasi birinchi navbatda ichak peristaltikasini tiklashga qaratilishi lozim. Mexanik ichak tutilishida dinamik ichak tutilishidan farqli ravishda ichak bo’ylab tarkibiy qismini passajini buzilishi mexanik to’siq borligi bilan bog’liq. Obturatsion ichak tutilishida (5-8% tashkil etadi) jarayonga ichak tomirlari qo’shilmagan xolda ichak bo’shlig’ining ichkaridan bekilib qolishi ro’y beradi. Uning sabalari o’smalar, gijjalar, fitobezoarlar, o’t toshlari, yot jismlar, najas toshlari bo’lishi mumkin. Obturatsion tutilishi ichakni tashqaridan, yaqin joylashgan a’zolardan chiqqan o’smalar, kistalar, hamda chandiqlar xisobiga ham rivojlanishi mumkin. Lekin bunda tutqich tomirlari siqilmagan holda bo’lishi kerak. Strangulyatsion ichak tutilishida esa aksariyat ichak bo’shlig’ini tashqaridan siqib qo’yishdan tashqari tutqich tomirlari siqilishi kuzatiladi. Bu esa ichakning qisilgan qismida qon aylanishini buzilishiga ko’proq olib keladi. Ichak tutilishini bu turida ko’proq destruktiv jarayon kuzatildi, endotoksikoz va peritonit tezroq rivojlanadi. Strangulyatsion ichak tutilishi ichak tutilishini hamma turlari ichida 15-40% holatlarda uchraydi. Strangulyatsion ichak tutilishiga ichaklar buralib qolishi, tugun hosil bo’lishi, churra darvozasidagi ichak qisilishi kiradi. Mexanik ichak
tutilishining aralash
turida obturatsiya hamda strangulyatsiya birgalikda keladi. Bu holatga yaqqol misol deb invaginatsiyani 420
keltirish mumkin. Invaginatsiya ko’proq yosh bolalarda uchraydi. Unda ichakni bir qismi va uning tutqichi yonida joylashgan ichakka kirib qoladi. Bunda ichak mexanik to’siq rolida ishtirok etadi, tutqichi qisilib qolishi hisobiga tutqich tomirlarida qon o’tishi to’xtaydi. Ohirgi vaqtlarda aralash ichak tutilishiga ayrim mutaxasisslar chandiqli ichak tutilishini ham kirita boshlashdi. Chunki chandiqli jarayonda ham aynan aralash ichak tutilishga xos xolat kuzatiladi. Ichakning mexanik ayniqsa strangulyatsion o’tkir tutilib qolishida kasallikning bir hil og’irlikda kechmasligini hisobga olib, yuqorigi va pastki tutilishini farq qilish muhim (yuqori tutilish birmuncha og’ir kechadi). Etiologiyasi va patogenezi. O’tkir ichak tutlishini etiologik omillari ichida moyillik va olib keltiruvchi sabablarni ajratish mumkin. Moyillik xolatlar o’tkir ichak tutilishi paydo bo’lishiga asos bo’lib qoladi. Ular tug’ma va orttirilgan bo’lishlari mumkin. Tug’ma moyillik xolatlarga ichak tuzilishini anatomik anomaliyalari: ichakning ayrim qismlarini uzun yoki keng bo’lishi (megakolon – kengaygan ichak, dolixosigma – uzun ichak), ichak burilishini noto’liq bo’lishi, tug’ma stenozlar, okklyuziyalar hamda ichakning nerv-mushak apparatining tug’ma nuqsonlari (Girshprung kasalligi) kiradi. Orttirilagan xolatlarga qorin bo’shlig’ida bajarilgan jarohlik amaliyotdan keyin va yallig’lanishlardan keyingi paydo bo’lgan chandiqlar, orttirilgan churralar, o’smalar, o’t toshlari, fitobezoarlar, gijjalar, najas toshlari kiradi. Moyillik xolatlariga balanssiz, noto’g’ri ovqatlanishlar kirishi tasdiqlangan. Bir necha moyillik xolatlar bo’lishiga qaramay o’tkir ichak tutilishi faqat olib keluvchi sabablar bo’lganida rivojlanadi. Ular ichiga qorin bo’shlig’ida birdan bosim oshib ketishi, og’ir jismoniy zo’riqish, ko’p miqdorda ovqatlanish kiradi. O’tkir ichak tutilib qolishi bilan kasallangan bemorlarni davolash natijalari kasallikni o’z vaqtida aniqlashga bog’liq.
421
Klinikasi va diagnostikasi. O’tkir ichak tutilishini diagnostika qilish kasallik anamnezi va bemor shikoyatlarini to’g’ri tahlil qilish, umumiy xolatga va patologik jarayonning lokal ko’rinishlariga, shuningdek turli hil qo’shimcha yoki maxsus tekshirish usullari natijalariga baho berishga asoslanishi kerak. Ichak mexanik tutilib qolishining eng xarakterli simptomi – qorinning tutib- tutib og’rishidir. Ichakdagi suyuqlikning so’rilishiga to’siq paydo bo’lganligiga organizm muhofaza reaktsiyasi bilan javob beradi, bu to’lg’oqsimon og’riq ko’rinishida yuzaga chiqadigan kuchli peristaltika bilan ifodalanadi. To’siq hajmi og’riq xurujlarining kuchi, tezligi va davomliligi o’zgarib turishi mumkin. Obturatsion tutilib qolish uchun, masalan u yo’g’on ichakda bo’lsa, og’riq unchalik qattiq bo’lmaydi. Bemordan so’rab-surishtirganda og’riq uni bir necha sutkadan buyon bezovta qilayotganini aniqlasa bo’ladi. Aksincha tutilib qolishning strangulyatsiya shakllari (buralib qolish va ayniksa tugun hosil qilish) deyarli to’satdan keskin og’riq paydo bo’lishi bilan kechadi, bunda nisbatan qisqa fursatlar ichida birin-ketin og’riq xurujlari bo’lib turadi. Og’riq asta-sekin orta boradi, parez rivojlangandan keyin to’siqdan yuqorida u doimiy bo’lib qoladi va bu xolat peristaltikaning susayib ketishi bilan bog’liq. Buralgan joy qanchalik yuqori joylashgan bo’lsa, og’riq xuruji davomliligi shunchalik kam va xurujning o’zi og’irroq bo’ladi. Ichakning paralitik funktsional tutilib qolishida og’riq doimiy tutash, tumtoq, simillagan bo’ladi. Qorinning tobora dam bo’lib borishi bilan o’tadi. Spastik funktsional tutilib qolishda ham og’riq simillagan, tutash xarakterda bo’lishi mumkin, biroq aksariyat u to’lg’oqsimon, hatto keskin bo’ladi. Bunda mexanik tutilishdan farqli ravishda qorin odatda dam bo’lmaydi, aksincha, u ichiga botgan bo’lishi mumkin. Og’riq reaktsiyasini sinchiklab tahlil qilish qator hollarda mexanik tutilishni dinamik tutilishdan ajratibgina qolmay, balki uning strangulyatsion turini obturatsion turidan ajratish imkonini beradi. Obturatsion tutilib qolishda xurujlar 422
yo’q paytida bemorlar deyarli og’riq sezmaydilar. Strangulyatsion tutilib qolishda esa bemorlarda xuruj bo’lmagan vaqtida ham og’riq saqlanib qoladi, chunki ularda og’riq sindromi ikkita yo’l bilan kelib chiqadi: keskin to’lg’oqsimon og’riq peristaltik to’lqinlar natijasida bo’lsa, to’lg’oqsimon og’riq bo’lmay turgan vaqtlardagi simillagan doimiy og’riq – jarayonga tortilgan ichak tutqich segmenti tomirlari va nervlarining qisilishi oqibati hisoblanadi. Kasallikning boshida ayrim bemorlar og’riq paydo bo’lgan yoki yo’qolgan joyni etarli darajada ko’rsatib bera oladilar. Biroq ko’pincha og’riq butun qorin bo’ylab yoyiladi yoki kindik yoxud bel soxasida joylashadi. Og’riq sindromi xarakteri va xususiyatlarini bemorni birinchi marta ko’zdan kechirishning o’zidayok aniqlab olishga harakat qilish kerak. Bemorning vaqti-vaqti bilan bezovtalanib turishi, yuz qiyofasidan og’riqdan iztirob chekayotganini payqash, peristaltik shovqinlarning shundoqqina eshitilib turishi xurujsimon og’riq borligidan dalolat berishi mumkin. Haddan tashqari ozgan bemorlarda ba’zan qorin devori orqali ichak peristaltikasini ko’rish mumkin.
Biroq peristaltika xolati to’g’risidagi batafsil axborotni olish uchun qorin bo’shlig’ini auskultatsiya qilish kerak bo’ladi. Bunda uning faqat kuchayishi yoki sekinlashishini emas, balki paydo bo’lgan joyi, shuningdek tarqalish zonasini ham kayd qilishga muvaffaq bo’ladi. Qorinni vaqti-vaqtida eshitib turish kasallik dinamikasi to’g’risida ma’lum darajada xulosa chiqarishga imkon beradi. Qorin bo’shlig’ini auskultatsiya qilishda aniqlanadigan «tushayotgan tomchilar» simptomi (Spasokukotskiy simptomi) ichak o’tkir tutilib qolishining xarakterli patognomonik belgisi xisoblanadi. Bu singib ketgan nom simptomining kelib chiqishiga unchalik muvofiq kelmaydi: gap «tushayotgan tomchilar» ustida emas, balki o’zida suyuqlik yoki gaz saqlab turgan biror bo’shliqqa suyuqlik yoki havo pufakchalari quyilishi to’g’risida borayapti. Bu simptom ichakning shishib chiqqan qovuzloqlarida suyuqlik va ozod gaz borligidan dalolat berib, ularda o’tkazuvchanlikning buzilganligini 423
ko’rsatadi. U to’liq sustlashib qolgan va tez orada yo’qoladigan peristaltika vaqtidagina aniqlanadi. Bu simptomning topilishi xirurgga ichakning o’tkir tutilib qolishi diagnozini kuyishga to’liq asos bo’la oladi. Ayrim xolatlarda qorinni auskultatsiya qilganda nafaqat ichak peristaltikasi yo’qolishi, balki yurak urishi va nafas olish eshitiladi (Loteissen simptomi). «Og’riq» bosqichi tugagandan va peristaltika yo’qolgandan keyin ichakning mexanik tutilib qolishi emas, balki funktsional tutilib qolishi birinchi o’ringa chiqadi. Dam bo’lgan qorinda doimiy tutash og’riq bo’lgan, intoksikatsiya hodisalari ortib borayotgan bu davrda – kasallikning dastlabki tabiatini aniqlash g’oyat qiyin. Odatda, xirurg ichakning mexanik tutilib qolishining asorati – peritonit deb diagnoz qo’yadi. O’tkir ichak tutilishda ko’ngil aynishi va qusishning mustaqil diagnostik ahamiyati yo’q. Chunki qorin bo’shlig’i a’zolarining deyarli xar bir o’tkir kasalligida ko’ngil aynishi va qusish bo’ladi. Lekin qusish xarakteri ichak tutilib qolishining har hil turlarida bir hil bo’lmaydi. Odatda past strangulyatsion tutilib qolishning boshlanishi bir yoki ikki marta reflektor qusish bilan o’tadi. Yuqori tutilib qolishda bemor ko’p qusadi, qusish uni holdan toydiradi, ko’ngil bexuzur bo’ladi, ko’pincha xikichoq tutishi va kekirish bezovta qiladi. Mexanik va funktsional tutilib qolishning kechikkan muddatlariga qusish birmuncha xarakterli, bunda peritonit belgilari paydo bo’lishi motorika buzilib, ichak bo’shlig’ida yig’ilib borayotgan suyuqlik yuqoriga otilib chiqadi. Shunga ko’ra qusish xech qachon ahvolni engillashtirmaydi. Kasallik zo’rayib ketgan hollarda ichakning to’siqdan yuqori qismidagi suyuqligi chirib parchalanishi natijasida axlat aralash qusish holati ro’y beradi. Ichak tutilib qolishining patognomonik simptomi ichning kechikib kelishi yoki kelmasligi va el chiqmasligi hisoblanadi. Ayrim mualliflar ma’lumotlariga ko’ra bemorlarning 60-70% ichning sira kelmasligi va el chiqmasligini, 16% – qisman ich kelmasligini qayd qilgan.
424
Ich kelmasligi va el chiqmasligining diagnostik axamiyatiga to’g’ri baho berish uchun kasallikning xar bir hodisasiga alohida yondoshish kerak. Bu simptom ikkita holda: chambar ichak terminal bo’limida mexanik to’siq bo’lganda (sigmasimon chambar ichak buralishi, chambar ichak chap yarmi bo’shlig’ining to’liq obturatsiyasi) va xazm trakti to’liq adinamiyasida (falaji) bo’ladi. Ichakda ajralmalar chiqmasligi aksariyat uning tutilib qolganidan darak beradi. Biroq bemorda ich kelishi va el chiqishi bu patologiyani inkor etmaydi. Yil sayin ichakning bitishmalar sababli tutilib qolish hollari ko’payib borayapti, bu aksariyat ingichka ichak qovuzloqlaridagi jarayon bilan chegaralanib qoladi. Shuning uchun bitishma jarayoniga qo’shilmagan yo’g’on ichak bo’shalib turishi mumkin. Shu munosabat bilan bemordan so’rab-surishtirishda necha marta ich kelishi, uning o’zicha kelish-kelmasligini aniqlash muxim. Aksariyat qo’shimcha rag’batlantiruvchi tadbirlardan keyingina juda oz mikdorda ich kelishi va el chikishi kuzatilib turadi. Qorinni ko’zdan kechirish ko’p hollarda diagnoz qo’yishda xal qiluvchi omil bo’lishi mumkin. Qorinda xar qanday xarakterdagi og’riq bo’lgan bemorning qorin devoridagi jarrohlik amaliyotdan keyingi chandiqlar ichakning bitishmalardan tutilib qolganligini ko’rsatadi. Bir muncha mualliflar ma’lumotlariga ko’ra qorin bo’shlig’idagi bitishmalar 75-80% hollarda mexanik tutilib qolishga, 30-45% hollarda funktsional (dinamik) tutilib qolishga sababchi bo’ladi. Qorin dam bo’lishi ichak tutilib qolishining muxim simptomi hisoblanadi. Darxaqiqat, ich kelmasligi va el chiqmasligi tez orada qorin xajmining kattalashuviga olib keladi. Biroq ko’rsatib o’tilgan belgiga tanqidiy baho berish lozim. Aftidan, qorinning dam bo’lib shishib chiqishi ichak tutilib qolishining erta belgisi bo’lmasa kerak. Ichakning mexanik tutilib qolishining xarakterli belgisi Val simptomi hisoblanadi. Val simptomi shishib chiqqan ichak qovuzlog’i tufayli chegaralangan meteorizm paydo bo’lishidir. 425
Qorinni paypaslab ko’rish va perkussiya qilish qorin bo’shlig’idagi o’zgarishlar to’g’risida eng to’liq tasavvur beradi. Perkussiya yordamida sigmasimon chambar yoki ko’richak buralganda qisilgan qovuzloq chegarasini aniqlash – yuqori chegaralangan timpanit simptomi (Kivul simptomi), peritonit sababli funktsional tutilib qolishda qorin bo’shlig’ida ozod suyuqlik borligidan payqash mumkin. Ichak tutilib qolganligini aniqlashda qorinni palpatsiya qilish auskultatsiya singari katta ahamiyatga ega. Xirurg qorinni paypaslab ko’rishda qorin pardasi ta’sirlanish simptomlari bor-yo’qligini, «chaykalish shovqini» (Mate-Sklyarov simptomi) borligini aniqlashga xarakat qilib ko’rishi kerak. O’tkir ichak tutilishida qorin, odatda, yumshoq bo’ladi va ichak devori destruktsiyasida va peritonit rivojlangandan keyingina muskullar tarang tortadi. Biroq bu simptom aniq namoyon bo’lish davri odatda qisqa bo’ladi, chunki tez orada meteorizm paydo bo’ladi. Shishib chiqmagan qorinni paypaslab ko’rishda invaginatsiyada kolbasasimon shish, yallig’lanish infiltrati va boshqa tuzilmalar aniqdanishi mumkin.
«Chayqalish shovqini» ichak o’tkir tutilib qolishining patognomonik simptomi hisoblanadi. Uni ichak qovuzloqlarida ma’lum miqdorda dimlangan suyuqlik paydo bo’lganda va kamroq hollarda bitta qovuzloq kisilib qolganda aniqlash mumkin. Erkaklarda to’g’ri ichakni ayollarda esa qinni barmok bilan tekshirish zarur. Bu tadbir qovuq bo’shatilgandan keyin bajarilishi kerak. Ichakning obturatsion tutilib qolishida o’sma yoki obturatsiya qiladigan boshqa tuzilma aniqlanishi mumkin. Biroq u yoki bu patologik tuzilmalar aksariyat kasallikning kechikkan bosqichlarida topiladi. Kichik chanoq bo’shlig’ida suyuqlik yig’ilishi qin gumbazi orqa qismining osilib qolishi yoki qalqib turishi, tekshirishda og’rishi bilan yuzaga chiqadi.
426
Sigmasimon chambar ichak uchun xarakterli belgi – to’g’ri ichak sfinkteri ochiq turgan xolatda uning ampulasi bo’sh xolatda (ballonsimon kengayish) bo’lib, unga “Obuxov kasalxonasi” simptomi deyiladi.
tashxis qo’yishda rentgenologik tekshirish katta axamiyatga ega. Rentgenologik tekshirish ichak tutilib qolishining xarakterini va darajasini aniqlashga imkon beradi.
Ichak tutilishida rentgenologik tekshiruv asosini (kontrast moddalar qo’llamasdan) ichak qovuzloqlarida el va suyuqlik satxlarini (Kloyber kosachalari) aniqlash mumkin. Rentgenologik tekshiruvida normada qorin bo’shlig’i gomogen qorong’ilashgan, faqat chap diafragma ostida me’daning gaz pufagi va undagi suyuqlik sathini ko’rish mumkin; chambar ichakning chap yarmi ham odatda ozrok miqdorda gaz tutadi. Ingichka ichak qovuzloqlarida gaz bo’lmaydi. Kloyber kosachalarini aniqlash uchun bemorni vertikal holatda turganda tekshirish kerak. Biroq bemor ahvolining og’irligidan hamma vaqt bunga imkon bo’lavermaydi. Bunday hollarda tekshirishni lateropozitsiyada o’tkazish, ya’ni bemorni o’ng yoki chap yonboshi bilan yotgan holatida tekshirish maqsadga muvofiq, bunda rentgen nurlari orqa tomondan yunaltirilishi lozim. Kloyber kosachalarini joylashishi va shakliga qarab ichak tutilishini joyini aniqlash mumkin. To’siq ingichka ichakda bo’lsa Kloyber kosachalari kichik bo’lib, suyuqlik sathining gorizontal kengligi uning ustidagi gazning vertikal o’lchamidan uzun bo’ladi. Gaz fonida shilliq qavat burmalari yaxshi ko’rinadi (Kerkring burmalari). Ular spiral shakllga ega bo’ladi. Kloyber kosachalari ko’proq qorin bo’shlig’ining o’rtasida joylashgan bo’lib, soni ko’p bo’ladi. Yo’g’on ichak tutilishida Kloyber kosachalari qorin bo’lig’ining chetlarida joylashib, soni kam bo’ladi. Suyuqlik sathining gorizontal kengligi uning ustidagi gazning vertikal o’lchamidan qisqa. Dinamik ichak tutilishida gorizontal suyuqlik sathilar ham ingichka, ham yo’g’on ichakda bo’ladi.
427
92-rasm. Kloyber kosachalari
Ayrim hollarda rentgenkontrast tekshiruv qilish lozim bo’ladi. Ularga kam invaziv irrigoskopiya va yarimstakanli bariy sinamasi kiradi. Bu tekshiruvlardan tashqari zond orqali enterografiya qilish ham mumkin. Bunda kontrast modda to’g’ridan-to’g’ri o’n ikki barmoqli ichakka tushadi va oshqozonda kontrast moddani turib qolishlardan ozod qiladi. Hozirgi kunda o’tkir ichak tutilishi tashxisi qo’yishda ultratovush tekshiruvlari (UTT) qo’llanilyapti. UTT da ichak bo’lig’ida ichak maxsuloti yig’ilib qolganini aniqlash mumkin. Qonni tahlil qilganda degidratatsiya va gemokontsentratsiya belgilarini aniqlash mumkin – gemoglobin va eritrotsitlar ko’pligi, gematokritni oshishi. Kasallikni ohirgi bosqichlarida esa leykotsitoz va EChTni oshishi kuzatiladi. Qonni tahlil qilganda ko’proq uning elektrolitlar miqdori axamiyatga ega. Unda kaliy va xloridlar miqdorini kamayib ketganligi hamda kislota-ishqoriy muxitni alkalozga (kasallik boshlanish davrida) yoki atsidozga (kasallik rivojlanish davrida) o’zgarganligi aniqlanadi. Download 3.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling