Institutlari


Kombinatsiyalashgan  davo


Download 3.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/49
Sana05.11.2017
Hajmi3.88 Mb.
#19444
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   49

 

Kombinatsiyalashgan  davo.  Hozirgi  davrda  to’g’ri  ichakni  rak  bilan 

mahalliy  zararlanishida  operatsiya  nur  terapiyasi  bilan  qo’llanilishi  maqsadga 

muofiq  deb  hisoblanadi.  Natijada  o’smani  operabelligi  imkoniyatlari  paydo 

bo’lib, xirurgik davo natijalari yaxshilanadi, bemorlarning operatsiyadan keyingi 

5  yilgacha  yashash  chastotasi  ortib,  radikal  operatsiyadan  so’ng  u  40-50%  ni 

tashkil etadi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


 

417 


 

O’TKIR  ICHAK  TUTILISHI 

 

O’tkir  ichak  tutilishi  (ichakning  o’tkir  tutilishi,  ileus,  utkir  ileus)  –  ichak 

yo’lidagi tarkibiy qism passajining buzilishi bilan rivojlanuvchi holat. 

Qorin bo’shlig’i a’zolarining o’tkir xirurgik kasalliklari orasida o’tkir ichak 

tutilishi  3,5-9%  ni  tashkil  etadi.  Ko’pincha  ichak  tutilishi  40-60  yoshda 

uchraydi.  Ichak  tutilishi  ayollarga  qaraganda  erkaklarda  ko’proq  uchraydi.  Yoz 

va  kuz  oylarida  (iyul-oktyabr)  o’tkir  ichak  tutilishi  bilan  kasallanganlar  soni 

ko’proq  uchraydi,  chunki  bu  davrda  o’simlik  ozuqalari  tarkibidagi  kletchatka 

tushishi hisobiga ichaklar ko’proq zo’riqadi. 

O’tkir  ichak  tutilishi  bilan  bemorlarni  davolashning  natijalari  avvalo 

kasallikni  o’z  vaqtida  aniqlashga  bog’liq.  Operatsiyadan  keyingi  o’lim 

ko’rsatkichi  kasallik  boshlanishidan  boshlab  6  soatgacha  kasalxonaga 

yotqizilgan  bemorlar  orasida  2,1-3,1%  ni,  24  soatdan  kechikib  yotqizilganlar 

orasida 16,4-19,9% ni tashkil qiladi (V.T. Zaytsev muallifdoshlari bilan, 1989). 

O’tkir ichak tutilishidagi har xil aspektlarni o’rganish uzoq tarixga ega. Bu 

kasallik  haqidagi  birinchi  tushunchani  Gippokrat  bergan.  Uning  fikricha,  ileus 

ichaklardagi  gazlar  hisobiga  hosil  bo’ladigan  yallig’lanishlar  natijasidagi  kelib 

chiqadigan  holat.  Galen  o’z  ishlarida  ichak  tutilishiga  yallig’lanish  hisobiga 

ichaklar  peristaltikasi  buzilishi  sabab  bo’lishiga  e’tibor  qilgan.  Bu  olimlar 

laborator,  patalogoanatomik  tekshiruvlarsiz  hamda  zamonaviy  anatomiya  va 

fiziologiya  bilimlariga  ega  bo’lmay,  ichak  tutilishi  patogenezida  zaruriy 

elementlar  –  ichak  xarakatini  buzilishi,  gaz  va  suyuqliklar  yig’ilishi  natijasida 

ichaklar  kengayishini  ko’rsatib  o’tishgan.  XVII  asr  boshlarida  Riolan  o’tkir 

ichak  tutilishini  mexanik,  obstruktiv  va  strangulyatsion  turlari  mavjudligini 

isbotladi. Bu esa ileusni operativ davolash urinishlar boshlanishiga olib keldi. 

Hozirgi  kunda  o’tkir  ichak  tutilishida  V.P.  Petrov  va  I.A.  Eryuxin  (1985) 

taklif etishgan klassifikatsiyasi qo’llaniladi. 

Utkir ichak tutilishi klassifikatsiyasi: 



 

418 


1.

 

Kelib chiqishi bo’yicha – tug’ma va orttirilagan. 



Tug’ma  ichak  tutilishiga  rivojlanish  nuqsonlari,  ingichka  va  yo’g’on 

ichaklar atreziyalari sabab bo’ladi. 

2.

 

Kelib chiqish mexanizmi bo’yicha – mexanik va dinamik. 



2.1.  Mexanik  ichak  tutilishi  obturatsion  (tutqich  tomirlarini  siqib 

qo’ymasdan)  va  strangulyatsion  (tutqich  tomirlarini  siqib)  va  aralash 

(strangulyatsion va obturatsion kombinatsiyasi) turlarga bo’linadi. 

2.2 Dinamik ichak tutilishi spastik va paralitik turlarga bo’linadi. 

3. Tutilish joyiga qarab – yuqori (ingichka ichak) va pastki (yo’g’on ichak). 

4. Klinik kechishi bo’yicha – to’liq va qisman, o’tkir va surunkali. 

Ichakning  dinamik  (funktsional)  tutilib  qolishi  deganda  ichakning  motor 

faoliyati buzilishi bilan o’tadigan patologik holatlar tushuniladi, bunda mexanik 

to’siq bo’lmagani holda uning tutilib qolishi sodir bo’ladi.  

Dinamik  ichak  tutilishiga  qorin  bo’shlig’idagi  o’tkir  yallig’lanish 

kasalliklari (appenditsit, xoletsistit, pankreatit, peritonit va boshqalar), qorin orti 

sohasining yallig’lanish kasalliklari (paranefrit), shikastlar va travmatik jarroxlik 

amaliyotlar, qorin bo’shlig’i a’zolarida qon aylanishini o’tkir buzilishlari (taloq 

infarkti,  tutqich  tomirlarini  trombozi)  sabab  bo’lishi  mumkin.  Undan  tashqari 

dinamik  ichak  tutilishiga  metabolik  o’zgarishlar  (diabetik,  uremik  koma), 

zaxarlanishlar (morfin, qo’rg’oshin bilan) olib kelishi mumkin. 

Dinamik ichak tutilishi spastik va paralitik turlarga bo’linadi. 

Spastik  ichak  tutilishi  ichak  motor  faoliyati  kuchayishi  ya’ni  spazm 

xisobiga  paydo  bo’ladigan  xolat.  Spastik  ichak  tutilishiga  eng  ko’p  bo’lgan 

sabablardan  biri  og’ir  metallar  tuzlari  xisobiga  zaxarlanish  xisoblanadi.  Undan 

tashqari  bu  xolat  markaziy  nerv  sistemasining  kasalliklarida  ham  kuzatiladi. 

Bunga misol tariqasida isterik ileusni keltirish mumkin. 

Gipermotor reaktsiyalar ichakning mexanik tutilib qolishi – buralib qolishi, 

tugun  hosil  qilishi,  invaginatsiyasi  kabilar  rivojlanishida  ishga  tushiruvchi 

mexanizm bo’lib xizmat qilishi mumkin. 


 

419 


Paralitik  ichak  tutilishida  ichak  motor  faoliyati  susayishi  ya’ni  parezi 

kuzatiladi. Ichak tutilishini bu turi spastik ichak tutilishiga qaraganda amaliyotda 

ko’proq  uchraydi.  Chunki  paralitik  ichak  tutilishini  asosiy  keltirib  chiqadigan 

holat  bu  jarroxlik  amaliyotining o’zidir.  Undan tashqari  paralitik  ichak  tutilishi 

qorin bo’shlig’i  a’zolarini  o’tkir  yallig’lanishlarida  xamroh  bo’lib keladi. Ichak 

tutilishini bu turi qorin orti sohasini yirik gematomalarida, yumshoq to’qimalar 

shikastlarida, og’ir jarroxlik amaliyotlaridan keyin paydo bo’ladi. 

Dinamik  (ya’ni  funktsional)  tutilib  qolish  avvalo  hazm  trakti  motor 

funktsiyasining  buzilishi  oqibati  bo’lib,  buning  natijasida  ichak  bo’ylab  passaj 

to’xtaydi.  Shuning  uchun  davolash  taktikasi  birinchi  navbatda  ichak 

peristaltikasini tiklashga qaratilishi lozim.  

Mexanik  ichak  tutilishida  dinamik  ichak  tutilishidan  farqli  ravishda  ichak 

bo’ylab tarkibiy qismini passajini buzilishi mexanik to’siq borligi bilan bog’liq. 

Obturatsion ichak tutilishida (5-8% tashkil etadi) jarayonga ichak tomirlari 

qo’shilmagan xolda ichak bo’shlig’ining ichkaridan bekilib qolishi ro’y beradi. 

Uning  sabalari  o’smalar,  gijjalar,  fitobezoarlar,  o’t  toshlari,  yot  jismlar,  najas 

toshlari  bo’lishi  mumkin.  Obturatsion  tutilishi  ichakni  tashqaridan,  yaqin 

joylashgan  a’zolardan  chiqqan  o’smalar,  kistalar,  hamda  chandiqlar  xisobiga 

ham  rivojlanishi  mumkin.  Lekin  bunda  tutqich  tomirlari  siqilmagan  holda 

bo’lishi kerak. 

Strangulyatsion  ichak  tutilishida  esa  aksariyat  ichak  bo’shlig’ini 

tashqaridan  siqib  qo’yishdan  tashqari  tutqich  tomirlari  siqilishi  kuzatiladi.  Bu 

esa  ichakning  qisilgan  qismida  qon  aylanishini  buzilishiga  ko’proq  olib  keladi. 

Ichak tutilishini bu turida ko’proq destruktiv jarayon kuzatildi, endotoksikoz va 

peritonit  tezroq  rivojlanadi.  Strangulyatsion  ichak  tutilishi  ichak  tutilishini 

hamma turlari ichida 15-40% holatlarda uchraydi. 

Strangulyatsion  ichak  tutilishiga  ichaklar  buralib  qolishi,  tugun  hosil 

bo’lishi, churra darvozasidagi ichak qisilishi kiradi.  

Mexanik 

ichak 


tutilishining 

aralash 


turida 

obturatsiya 

hamda 

strangulyatsiya  birgalikda  keladi.  Bu  holatga  yaqqol  misol  deb  invaginatsiyani 



 

420 


keltirish mumkin. Invaginatsiya ko’proq yosh bolalarda uchraydi. Unda ichakni 

bir qismi va uning tutqichi yonida joylashgan ichakka kirib qoladi. Bunda ichak 

mexanik  to’siq  rolida  ishtirok  etadi,  tutqichi  qisilib  qolishi  hisobiga  tutqich 

tomirlarida qon o’tishi to’xtaydi.  

Ohirgi  vaqtlarda  aralash  ichak  tutilishiga  ayrim  mutaxasisslar  chandiqli 

ichak  tutilishini  ham  kirita  boshlashdi.  Chunki  chandiqli  jarayonda  ham  aynan 

aralash ichak tutilishga xos xolat kuzatiladi. 

Ichakning  mexanik  ayniqsa  strangulyatsion  o’tkir  tutilib  qolishida 

kasallikning  bir  hil  og’irlikda  kechmasligini  hisobga  olib,  yuqorigi  va  pastki 

tutilishini farq qilish muhim (yuqori tutilish birmuncha og’ir kechadi). 



Etiologiyasi va patogenezi. O’tkir ichak tutlishini etiologik omillari ichida 

moyillik va olib keltiruvchi sabablarni ajratish mumkin. 

Moyillik  xolatlar  o’tkir  ichak  tutilishi  paydo  bo’lishiga  asos  bo’lib  qoladi. 

Ular tug’ma va orttirilgan bo’lishlari mumkin. 

Tug’ma  moyillik  xolatlarga  ichak  tuzilishini  anatomik  anomaliyalari: 

ichakning  ayrim  qismlarini  uzun  yoki  keng  bo’lishi  (megakolon  –  kengaygan 

ichak,  dolixosigma  –  uzun  ichak),  ichak  burilishini  noto’liq  bo’lishi,  tug’ma 

stenozlar,  okklyuziyalar  hamda  ichakning  nerv-mushak  apparatining  tug’ma 

nuqsonlari (Girshprung kasalligi) kiradi. 

Orttirilagan  xolatlarga  qorin  bo’shlig’ida  bajarilgan  jarohlik  amaliyotdan 

keyin  va  yallig’lanishlardan  keyingi  paydo  bo’lgan  chandiqlar,  orttirilgan 

churralar, o’smalar, o’t toshlari, fitobezoarlar, gijjalar, najas toshlari kiradi.  

Moyillik xolatlariga balanssiz, noto’g’ri ovqatlanishlar kirishi tasdiqlangan. 

Bir  necha  moyillik  xolatlar  bo’lishiga  qaramay  o’tkir  ichak  tutilishi  faqat 

olib  keluvchi  sabablar  bo’lganida  rivojlanadi.  Ular  ichiga  qorin  bo’shlig’ida 

birdan bosim oshib ketishi, og’ir jismoniy zo’riqish, ko’p miqdorda ovqatlanish 

kiradi. 

O’tkir ichak tutilib qolishi bilan kasallangan bemorlarni davolash natijalari 

kasallikni o’z vaqtida aniqlashga bog’liq. 


 

421 


Klinikasi  va  diagnostikasi.  O’tkir  ichak  tutilishini  diagnostika  qilish 

kasallik  anamnezi  va  bemor  shikoyatlarini  to’g’ri  tahlil  qilish, umumiy  xolatga 

va  patologik  jarayonning  lokal  ko’rinishlariga,  shuningdek turli hil  qo’shimcha 

yoki maxsus tekshirish usullari natijalariga baho berishga asoslanishi kerak.  

Ichak mexanik tutilib qolishining eng xarakterli simptomi – qorinning tutib-

tutib og’rishidir. 

Ichakdagi  suyuqlikning  so’rilishiga  to’siq  paydo  bo’lganligiga  organizm 

muhofaza  reaktsiyasi  bilan  javob  beradi,  bu  to’lg’oqsimon  og’riq  ko’rinishida 

yuzaga chiqadigan kuchli peristaltika bilan ifodalanadi.  

To’siq  hajmi  og’riq  xurujlarining  kuchi,  tezligi  va  davomliligi  o’zgarib 

turishi mumkin. 

Obturatsion tutilib qolish uchun,  masalan u yo’g’on ichakda bo’lsa, og’riq 

unchalik qattiq bo’lmaydi. Bemordan so’rab-surishtirganda og’riq uni bir necha 

sutkadan  buyon  bezovta  qilayotganini  aniqlasa  bo’ladi.  Aksincha  tutilib 

qolishning strangulyatsiya shakllari (buralib qolish va ayniksa tugun hosil qilish) 

deyarli  to’satdan  keskin  og’riq  paydo  bo’lishi  bilan  kechadi,  bunda  nisbatan 

qisqa fursatlar ichida birin-ketin og’riq xurujlari bo’lib turadi. 

Og’riq  asta-sekin  orta  boradi,  parez  rivojlangandan  keyin  to’siqdan 

yuqorida u doimiy bo’lib qoladi va bu xolat peristaltikaning susayib ketishi bilan 

bog’liq.  Buralgan  joy  qanchalik  yuqori  joylashgan  bo’lsa,  og’riq  xuruji 

davomliligi shunchalik kam va xurujning o’zi og’irroq bo’ladi. 

Ichakning  paralitik  funktsional  tutilib  qolishida  og’riq  doimiy  tutash, 

tumtoq,  simillagan  bo’ladi.  Qorinning  tobora  dam  bo’lib  borishi  bilan  o’tadi. 

Spastik  funktsional  tutilib  qolishda  ham  og’riq  simillagan,  tutash  xarakterda 

bo’lishi  mumkin,  biroq  aksariyat  u  to’lg’oqsimon,  hatto  keskin  bo’ladi.  Bunda 

mexanik  tutilishdan  farqli  ravishda  qorin  odatda  dam  bo’lmaydi,  aksincha,  u 

ichiga botgan bo’lishi mumkin.  

Og’riq reaktsiyasini sinchiklab tahlil qilish qator hollarda mexanik tutilishni 

dinamik  tutilishdan  ajratibgina  qolmay,  balki  uning  strangulyatsion  turini 

obturatsion turidan ajratish imkonini beradi. Obturatsion tutilib qolishda xurujlar 



 

422 


yo’q  paytida  bemorlar  deyarli  og’riq  sezmaydilar.  Strangulyatsion  tutilib 

qolishda  esa  bemorlarda  xuruj  bo’lmagan  vaqtida  ham  og’riq  saqlanib  qoladi, 

chunki  ularda  og’riq  sindromi  ikkita  yo’l  bilan  kelib  chiqadi:  keskin 

to’lg’oqsimon og’riq peristaltik to’lqinlar natijasida bo’lsa, to’lg’oqsimon og’riq 

bo’lmay turgan vaqtlardagi simillagan doimiy og’riq – jarayonga tortilgan ichak 

tutqich segmenti tomirlari va nervlarining qisilishi oqibati hisoblanadi. 

Kasallikning boshida ayrim bemorlar og’riq paydo bo’lgan yoki yo’qolgan 

joyni etarli darajada ko’rsatib bera oladilar. Biroq ko’pincha og’riq butun qorin 

bo’ylab yoyiladi yoki kindik yoxud bel soxasida joylashadi. 

Og’riq  sindromi  xarakteri  va  xususiyatlarini  bemorni  birinchi  marta 

ko’zdan  kechirishning  o’zidayok  aniqlab  olishga  harakat  qilish  kerak. 

Bemorning  vaqti-vaqti  bilan  bezovtalanib  turishi,  yuz  qiyofasidan  og’riqdan 

iztirob chekayotganini payqash, peristaltik shovqinlarning shundoqqina eshitilib 

turishi  xurujsimon  og’riq  borligidan  dalolat  berishi  mumkin.  Haddan  tashqari 

ozgan  bemorlarda  ba’zan  qorin  devori  orqali  ichak  peristaltikasini  ko’rish 

mumkin. 


Biroq  peristaltika  xolati  to’g’risidagi  batafsil  axborotni  olish  uchun  qorin 

bo’shlig’ini  auskultatsiya  qilish  kerak  bo’ladi.  Bunda  uning  faqat  kuchayishi 

yoki  sekinlashishini  emas,  balki  paydo  bo’lgan  joyi,  shuningdek  tarqalish 

zonasini ham kayd qilishga muvaffaq bo’ladi.  

Qorinni vaqti-vaqtida eshitib turish kasallik dinamikasi to’g’risida ma’lum 

darajada  xulosa  chiqarishga  imkon  beradi.  Qorin  bo’shlig’ini  auskultatsiya 

qilishda  aniqlanadigan  «tushayotgan  tomchilar»  simptomi  (Spasokukotskiy 

simptomi)  ichak  o’tkir  tutilib  qolishining  xarakterli  patognomonik  belgisi 

xisoblanadi.  Bu  singib  ketgan  nom  simptomining  kelib  chiqishiga  unchalik 

muvofiq  kelmaydi:  gap  «tushayotgan  tomchilar»  ustida  emas,  balki  o’zida 

suyuqlik  yoki  gaz  saqlab  turgan  biror  bo’shliqqa  suyuqlik  yoki  havo 

pufakchalari quyilishi to’g’risida borayapti.  

Bu  simptom  ichakning  shishib  chiqqan  qovuzloqlarida  suyuqlik  va  ozod 

gaz  borligidan  dalolat  berib,  ularda  o’tkazuvchanlikning  buzilganligini 



 

423 


ko’rsatadi.  U  to’liq  sustlashib  qolgan  va  tez  orada  yo’qoladigan  peristaltika 

vaqtidagina  aniqlanadi.  Bu  simptomning  topilishi  xirurgga  ichakning  o’tkir 

tutilib qolishi diagnozini kuyishga to’liq asos bo’la oladi. 

Ayrim xolatlarda qorinni auskultatsiya qilganda nafaqat ichak peristaltikasi 

yo’qolishi, balki yurak urishi va nafas olish eshitiladi (Loteissen simptomi).  

«Og’riq» bosqichi tugagandan va peristaltika yo’qolgandan keyin ichakning 

mexanik  tutilib  qolishi  emas,  balki  funktsional  tutilib  qolishi  birinchi  o’ringa 

chiqadi.  Dam  bo’lgan  qorinda  doimiy  tutash  og’riq  bo’lgan,  intoksikatsiya 

hodisalari ortib borayotgan bu davrda – kasallikning dastlabki tabiatini aniqlash 

g’oyat qiyin. 

Odatda, xirurg ichakning mexanik tutilib qolishining asorati – peritonit deb 

diagnoz qo’yadi. 

O’tkir  ichak  tutilishda  ko’ngil  aynishi  va  qusishning  mustaqil  diagnostik 

ahamiyati  yo’q.  Chunki  qorin  bo’shlig’i  a’zolarining  deyarli  xar  bir  o’tkir 

kasalligida ko’ngil aynishi va qusish bo’ladi. Lekin qusish xarakteri ichak tutilib 

qolishining har hil turlarida bir hil bo’lmaydi. Odatda past strangulyatsion tutilib 

qolishning  boshlanishi  bir  yoki  ikki  marta  reflektor  qusish  bilan  o’tadi.  Yuqori 

tutilib qolishda bemor ko’p qusadi, qusish uni holdan toydiradi, ko’ngil bexuzur 

bo’ladi, ko’pincha xikichoq tutishi va kekirish bezovta qiladi.  

Mexanik  va  funktsional  tutilib  qolishning  kechikkan  muddatlariga  qusish 

birmuncha xarakterli,  bunda peritonit  belgilari paydo bo’lishi motorika  buzilib, 

ichak bo’shlig’ida yig’ilib borayotgan suyuqlik yuqoriga otilib chiqadi. Shunga 

ko’ra  qusish  xech  qachon  ahvolni  engillashtirmaydi.  Kasallik  zo’rayib  ketgan 

hollarda  ichakning  to’siqdan  yuqori  qismidagi  suyuqligi  chirib  parchalanishi 

natijasida axlat aralash qusish holati ro’y beradi. 

Ichak  tutilib  qolishining  patognomonik  simptomi  ichning  kechikib  kelishi 

yoki kelmasligi va el chiqmasligi hisoblanadi. Ayrim mualliflar ma’lumotlariga 

ko’ra  bemorlarning 60-70%  ichning  sira kelmasligi va  el  chiqmasligini, 16%  – 

qisman ich kelmasligini qayd qilgan. 


 

424 


Ich  kelmasligi  va  el  chiqmasligining  diagnostik  axamiyatiga  to’g’ri  baho 

berish  uchun  kasallikning  xar  bir  hodisasiga  alohida  yondoshish  kerak.  Bu 

simptom  ikkita  holda:  chambar  ichak  terminal  bo’limida  mexanik  to’siq 

bo’lganda  (sigmasimon  chambar  ichak  buralishi,  chambar  ichak  chap  yarmi 

bo’shlig’ining  to’liq  obturatsiyasi)  va  xazm  trakti  to’liq  adinamiyasida  (falaji) 

bo’ladi. Ichakda ajralmalar chiqmasligi aksariyat uning tutilib qolganidan darak 

beradi.  

Biroq bemorda ich kelishi va el chiqishi bu patologiyani inkor etmaydi. Yil 

sayin ichakning bitishmalar sababli tutilib qolish hollari ko’payib borayapti, bu 

aksariyat  ingichka  ichak  qovuzloqlaridagi  jarayon  bilan  chegaralanib  qoladi. 

Shuning  uchun  bitishma  jarayoniga  qo’shilmagan  yo’g’on  ichak  bo’shalib 

turishi  mumkin.  Shu  munosabat  bilan  bemordan  so’rab-surishtirishda  necha 

marta  ich  kelishi,  uning  o’zicha  kelish-kelmasligini  aniqlash  muxim.  Aksariyat 

qo’shimcha  rag’batlantiruvchi  tadbirlardan  keyingina  juda  oz  mikdorda  ich 

kelishi va el chikishi kuzatilib turadi. 

Qorinni  ko’zdan  kechirish  ko’p  hollarda  diagnoz  qo’yishda  xal  qiluvchi 

omil  bo’lishi  mumkin.  Qorinda  xar  qanday  xarakterdagi  og’riq  bo’lgan 

bemorning qorin devoridagi jarrohlik amaliyotdan keyingi chandiqlar ichakning 

bitishmalardan  tutilib  qolganligini  ko’rsatadi.  Bir  muncha  mualliflar 

ma’lumotlariga ko’ra qorin bo’shlig’idagi bitishmalar 75-80% hollarda mexanik 

tutilib qolishga, 30-45% hollarda funktsional (dinamik) tutilib qolishga sababchi 

bo’ladi. 

Qorin  dam  bo’lishi  ichak  tutilib  qolishining  muxim  simptomi  hisoblanadi. 

Darxaqiqat,  ich  kelmasligi  va  el  chiqmasligi  tez  orada  qorin  xajmining 

kattalashuviga olib keladi. Biroq ko’rsatib o’tilgan belgiga tanqidiy baho berish 

lozim.  Aftidan,  qorinning  dam  bo’lib  shishib  chiqishi  ichak  tutilib  qolishining 

erta belgisi bo’lmasa kerak. 

Ichakning  mexanik  tutilib  qolishining  xarakterli  belgisi  Val  simptomi 

hisoblanadi.  Val  simptomi  shishib  chiqqan  ichak  qovuzlog’i  tufayli 

chegaralangan meteorizm paydo bo’lishidir. 



 

425 


Qorinni  paypaslab  ko’rish  va  perkussiya  qilish  qorin  bo’shlig’idagi 

o’zgarishlar  to’g’risida  eng  to’liq  tasavvur  beradi.  Perkussiya  yordamida 

sigmasimon  chambar  yoki  ko’richak  buralganda  qisilgan  qovuzloq  chegarasini 

aniqlash – yuqori chegaralangan timpanit simptomi (Kivul simptomi), peritonit 

sababli  funktsional  tutilib  qolishda  qorin  bo’shlig’ida  ozod  suyuqlik  borligidan 

payqash mumkin. 

Ichak tutilib qolganligini aniqlashda qorinni palpatsiya qilish auskultatsiya 

singari  katta  ahamiyatga  ega.  Xirurg  qorinni  paypaslab  ko’rishda  qorin  pardasi 

ta’sirlanish  simptomlari  bor-yo’qligini,  «chaykalish  shovqini»  (Mate-Sklyarov 

simptomi) borligini aniqlashga xarakat qilib ko’rishi kerak. 

O’tkir  ichak  tutilishida  qorin,  odatda,  yumshoq  bo’ladi  va  ichak  devori 

destruktsiyasida va peritonit rivojlangandan keyingina muskullar tarang tortadi. 

Biroq bu simptom aniq namoyon bo’lish davri odatda qisqa bo’ladi, chunki tez 

orada meteorizm paydo bo’ladi. 

Shishib 

chiqmagan 

qorinni 

paypaslab 

ko’rishda 

invaginatsiyada 

kolbasasimon  shish,  yallig’lanish  infiltrati  va  boshqa  tuzilmalar  aniqdanishi 

mumkin. 


«Chayqalish  shovqini»  ichak  o’tkir  tutilib  qolishining  patognomonik 

simptomi  hisoblanadi.  Uni  ichak  qovuzloqlarida  ma’lum  miqdorda  dimlangan 

suyuqlik  paydo  bo’lganda  va  kamroq  hollarda  bitta  qovuzloq  kisilib  qolganda 

aniqlash mumkin. 

Erkaklarda to’g’ri ichakni ayollarda esa qinni barmok bilan tekshirish zarur. 

Bu  tadbir  qovuq  bo’shatilgandan  keyin  bajarilishi  kerak.  Ichakning  obturatsion 

tutilib  qolishida  o’sma  yoki  obturatsiya  qiladigan  boshqa  tuzilma  aniqlanishi 

mumkin. Biroq u yoki bu patologik tuzilmalar aksariyat kasallikning kechikkan 

bosqichlarida  topiladi.  Kichik  chanoq  bo’shlig’ida  suyuqlik  yig’ilishi  qin 

gumbazi  orqa  qismining  osilib  qolishi  yoki  qalqib  turishi,  tekshirishda  og’rishi 

bilan yuzaga chiqadi. 


 

426 


Sigmasimon chambar ichak uchun xarakterli belgi – to’g’ri ichak sfinkteri 

ochiq  turgan  xolatda  uning  ampulasi  bo’sh  xolatda  (ballonsimon  kengayish) 

bo’lib, unga “Obuxov kasalxonasi” simptomi deyiladi. 

Instrumental  tekshirish  usullari.  O’tkir  ichak  tutlishi  bilan  bemorlarga 

tashxis qo’yishda rentgenologik tekshirish katta axamiyatga ega. Rentgenologik 

tekshirish  ichak  tutilib  qolishining  xarakterini  va  darajasini  aniqlashga  imkon 

beradi. 


Ichak  tutilishida  rentgenologik  tekshiruv  asosini  (kontrast  moddalar 

qo’llamasdan)  ichak  qovuzloqlarida  el  va  suyuqlik  satxlarini  (Kloyber 

kosachalari)  aniqlash  mumkin.  Rentgenologik  tekshiruvida  normada  qorin 

bo’shlig’i gomogen qorong’ilashgan, faqat chap diafragma ostida me’daning gaz 

pufagi  va  undagi  suyuqlik  sathini  ko’rish  mumkin;  chambar  ichakning  chap 

yarmi ham odatda ozrok miqdorda gaz tutadi. Ingichka ichak qovuzloqlarida gaz 

bo’lmaydi. 

Kloyber  kosachalarini  aniqlash  uchun  bemorni  vertikal  holatda  turganda 

tekshirish kerak. Biroq bemor ahvolining og’irligidan hamma vaqt bunga imkon 

bo’lavermaydi.  Bunday  hollarda  tekshirishni  lateropozitsiyada  o’tkazish,  ya’ni 

bemorni  o’ng  yoki  chap  yonboshi  bilan  yotgan  holatida  tekshirish  maqsadga 

muvofiq, bunda rentgen nurlari orqa tomondan yunaltirilishi lozim. 

Kloyber kosachalarini joylashishi va shakliga qarab ichak tutilishini joyini 

aniqlash  mumkin.  To’siq  ingichka  ichakda  bo’lsa  Kloyber  kosachalari  kichik 

bo’lib,  suyuqlik  sathining  gorizontal  kengligi  uning  ustidagi  gazning  vertikal 

o’lchamidan  uzun  bo’ladi.  Gaz  fonida  shilliq  qavat  burmalari  yaxshi  ko’rinadi 

(Kerkring  burmalari).  Ular  spiral  shakllga  ega  bo’ladi.  Kloyber  kosachalari 

ko’proq qorin bo’shlig’ining o’rtasida joylashgan bo’lib, soni ko’p bo’ladi. 

Yo’g’on ichak tutilishida Kloyber kosachalari qorin bo’lig’ining chetlarida 

joylashib,  soni  kam  bo’ladi.  Suyuqlik  sathining  gorizontal  kengligi  uning 

ustidagi gazning vertikal o’lchamidan qisqa. 

Dinamik  ichak  tutilishida  gorizontal  suyuqlik  sathilar  ham  ingichka,  ham 

yo’g’on ichakda bo’ladi. 


 

427 


 

 

 



92-rasm. Kloyber kosachalari 

 

Ayrim hollarda rentgenkontrast tekshiruv qilish lozim bo’ladi. Ularga kam 



invaziv irrigoskopiya va yarimstakanli bariy sinamasi kiradi. 

Bu  tekshiruvlardan  tashqari  zond  orqali  enterografiya  qilish  ham  mumkin. 

Bunda  kontrast  modda  to’g’ridan-to’g’ri  o’n  ikki  barmoqli  ichakka  tushadi  va 

oshqozonda kontrast moddani turib qolishlardan ozod qiladi. 

Hozirgi  kunda  o’tkir  ichak  tutilishi  tashxisi  qo’yishda  ultratovush 

tekshiruvlari  (UTT)  qo’llanilyapti.  UTT  da  ichak  bo’lig’ida  ichak  maxsuloti 

yig’ilib qolganini aniqlash mumkin. 

Qonni  tahlil  qilganda  degidratatsiya  va  gemokontsentratsiya  belgilarini 

aniqlash  mumkin  –  gemoglobin  va  eritrotsitlar  ko’pligi,  gematokritni  oshishi. 

Kasallikni  ohirgi  bosqichlarida  esa  leykotsitoz  va  EChTni  oshishi  kuzatiladi. 

Qonni tahlil qilganda ko’proq uning elektrolitlar miqdori axamiyatga ega. Unda 

kaliy va xloridlar miqdorini kamayib ketganligi hamda kislota-ishqoriy muxitni 

alkalozga  (kasallik  boshlanish  davrida)  yoki  atsidozga  (kasallik  rivojlanish 

davrida) o’zgarganligi aniqlanadi. 



Download 3.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling