Institutlari
Download 3.88 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yo’g’on ichakning yallig’lanish kasalliklari
- Patalogik anatomiyasi.
- Diagnostika si
- Chambar ichak divertikullari va divertikulyozi
- Diagnostikasi
- TO’G’RI ICHAK KASALLIKLARI Anatomo-fiziologik ma’lumotlar
- Qon bilan ta’minlanishi.
Klinikasi. Girshprung kasalligi belgilari ichak mahsuloti passajining buzilishi bilan xarakterlanadi. Asosiy simptomlari – qorinning dam bo’lishi, bir necha kundan bir necha oygacha ich kelmasligi, qabziyat, ich kelishga aslo mayl yo’qligi bilan ifodalanadi. Qorin keskin dam, assimetrik bo’ladi, bunda chayqalish shovqinini payqash mumkin. Ba’zan qabziyat ich surishi bilan almashinadi (paradoksal ich surishi). Qorinning tobora taranglashib dam bo’lishi diafragma ekskursiyasini cheklab qo’yadi, bu xolat o’z navbatida nafas 382
qisishiga, yurak urib ketishiga olib keladi. Qabziyat yuzaga kelishi bilan intoksikatsiya alomatlari: bosh og’rig’i, bexollik, ko’ngil behuzur bo’lishi, ishtaha yo’qligi paydo bo’ladi.
kelayotgan qabziyat bilan bir qatorda ob’ektiv ko’ruvda qabziyat, doimiy meteorizm natijasida qorinning keskin dam bo’lishi, ba’zan najas toshlarini paypaslanishi kuzatiladi. Rektal tekshiruvda sfinkter tonusining kuchayganligi, ampulaning bo’sh bo’lishini ko’rish mumkin. Rektoromanoskopiyada to’g’ri ichak spazmi sababli rektoskopning qiyinchilik bilan o’tishi, kengaygan joyga etganda ”tushib ketish“ hissining paydo bo’lishi va shu sohada najas toshlarining yig’ilib qolganligi aniqlanadi. Irrigografiyada yo’g’on ichakning toraygan va kengayib ketgan (10-15 sm gacha) bo’limlari aniqlanadi. Ichakning kengaymagan bo’limlaridan kengaygan bo’limlariga o’tishi voronkasimon shaklda bo’ladi (81-rasm).
81-rasm. Girshprung kasalligidagi irrigogramma.
Kolonoskopiyada to’g’ri ichakning va sigmasimon ichak distal qismining diametrda 2,5-3 sm gacha torayganligini kuzatish mumkin. Bu sohada ichak 383
peristaltikasi kuzatilmaydi devori qalinlashgan bo’lib ko’rinadi, ichak qiyinlik bilan bo’shaladi. Bo’shalgandan so’ng chambar ichak devorlari puchaymaydi. Asoratlari. Chambar ichakning uzayishi va kengayishi turli bo’limlarining buralib qolishiga sabab bo’ladi va natijada o’tkir ichak tutilishi vujudga keladi. Ichak devorida yaralar paydo bo’lishi, uning teshilishi, peritonit, qon ketishi, enterokolit rivojlanishi Girshprung kasalligining asoratlaridan hisoblanadi. Davolash. Girshprung kasalligida konservativ davolash operatsiyaga tayyorgarlik bosqichi hisoblanadi, u ichakning bo’shatilishiga qaratilgan chora- tadbirlardan iborat. Parhezga rioya qilish, ichak motorikasini yaxshilashga imkon beradigan yangi sabzavotlar va mevalardan iborat mahsulotlarni iste’mol qilish, ichak peristaltikasini fizioterapevtik usullar bilan yo’lga solish, turli xil xuqnalar qo’yish shular qatoriga kiradi. Xirurgik davolash aganglionar zonani
va yo’g’on
ichakning dekompensatsiyalangan kengaygan bo’limlarini olib tashlab, ichak o’tkazuvchanligini tiklashdan iborat.
Nospetsifik yarali kolit chambar va to’g’ri ichaklar shilliq qavatining yarali- nekrotik o’zgarishi bilan kechuvchi surunkali yallig’lanish kasalligidir. Abu Ali ibn Sino asarlarida yo’g’on ichakda yaralar hosil qilish bilan o’tadigan qon aralash ich ketishi tasvirlangan. O’zbekiston olimlari bu patologiyani o’rganishga (professorlar I.A. Kassirskiy, A.A. Askarov, U.A. Askarov), shuningdek nospetsifik yarali kolitni xirurgik davolashga (prof. S.M. A’zamxo’jaev) katta hissa qo’shdilar. O’rtacha har 100000 aholidan 1,2 tasi kasallanadi. Etiologiyasi etarli o’rganilmagan. Kasallikni chaqiruvchi mikrob yoki virusni aniqlash ustida olib borilgan ishlar natijasiz yakunlangan. Shu sababli kasallik kelib chiqishida infektsion nazariya o’z ahamiyatini birmuncha
384
yo’qotgan. Buning aksi allergik jarayon esa, kasallik rivojlanishida muhim o’rin tutadi. Ovqatlanish ratsionidan sut, tuxumga o’xshash allergenlarni olib tashlash kasallik klinik kechishini ijobiy tomonga o’zgartirganligi ma’lum. Bundan tashqari, immun jarayonlarning ahamiyati ham kasallik rivojlanishida ma’lum bir ma’noga ega. Bemor qon zardobida yo’g’on ichak shilliq qavatiga qarshi mahsus antitelolarning bo’lishi buning yaqqol dalilidir. Nospetsifik yarali kolit kelib chiqishida oilaviy moyillik ham muhim ahmiyat kasb etadi.
reaktsiya rivojlanishi bilan kechadi. Ichak shilliq qavati antigen ishlab chiqaradi va unga qarshi antitelolar paydo bo’ladi. Antigen-antitelo reaktsiyasi yuzaga keladi, keyin esa kolit, yaralar kelib chiqadi. Keyinchalik ikkilamchi infektsiya qo’shiladi, ichak nerv apparati shikastlanadi, alimentar etishmovchilik yuzaga keladi. Patalogik anatomiyasi. Ichak devori shishgan, giperemiyalashgan, oson yirtiluvchan bo’lib, shilliq qavatida ko’plab yara va eroziyalar paydo bo’ladi. Yara tubida ba’zan, arroziyaga uchrovchi va qon ketishiga sabab bo’luvchi qon tomirlar ko’rinib turadi, ayrim xollarda yaralar chuqurlashib ichak perforatsiyasiga olib keladi. Shilliq qavat fibrin parda bilan qoplangan, ba’zida kasallik juda og’ir kechib, hatto shilliq qavatning ko’chib tushishi ham kuzatiladi. Gistologik tekshiruvda shilliq qavat atrofiyasi, shilliq osti qavatining leykotsitar infiltratsiyasi va kriptalarda mikroabstsesslar yuzaga kelib, keyinchalik ichak devori chandiqli fibrozi va psevdopolipozi vujudga keladi (82-rasm).
385
82-rasm. Nospetsifik yarali kolit (NYaK) – endoskopik xolati. Nospetsifik yarali kolit chambar va to’g’ri ichakning barcha qismiga tarqalgan bo’lishi mumkin (total zararlanish), ba’zan alohida ichak qismlarini egallashi ham mumkin (segmentar zararlanish). Nospetsifik yarali kolit klinik kechishida uning qaysi shakli ekanligi ahamiyatga ega. O’tkir (yashin tezligida kechuvchi) shaklida (10% bemorlarda) kasallik juda og’ir kechadi. Bunda ich surishi sutkasi 40 marotabagacha etishi mumkin. Najas shilliq, qon, yiring aralash bo’ladi, qorinda kuchli og’riq tenezmlar, qayt qilish, yuqori harorat yuzaga keladi. Bemorning axvoli og’ir, qon bosimi tushishi, pulsining tezlashuvi kuzatiladi. qorin kattalashgan, paypslaganda yo’g’on ichak bo’ylab og’riqli. Leykotsitoz, leykotsitar formulaning chapga siljishi, gemoglobin, eritrotsitlar sonining gematokrit ko’rsatkichining kamayishi kuzatiladi. Ich
surishining davom
etishi organizmning suvsizlanishiga, tana vaznining pasayishiga, suv-elektrolit almashinuvining va kislota-ishqor muvozanatining buzilishlariga olib keladi. Rektoromanoskopiyada ichak shilliq qavati shishgan, undan qon ketayotganligi, ichak bo’shlig’ida shilliq, qon va yiring borligi ko’rinadi. Kasallikning o’tkir shakli ko’pincha og’ir asoratlar bilan kechadi – massiv qon ketishi, ichak perforatsiyasi, ichak toksik dilyatatsiyasi. O’lim kasallikning birinchi kuni
386
(yashin tezligida kechuvchi shakli) yoki yaqin oylar ichida yuzaga kelishi mumkin. O’tkir shakli ko’p uchramasada, undagi letallik 20% ni tashkil qiladi. Ko’pchilik (50%) bemorlarda kasallikning surunkali retsidivlovchi shakli uchraydi. Bu shaklida kasallikning avj olish va remissiya davrlari almashinib keladi. Remissiya davri bir necha yilgacha davom etishi mumkin. Kasallikning avj olishiga emotsional stress, ko’p charchash, parhezni buzish, antibiotik va surgi dorilarni qo’llash sabab bo’lishi mumkin. Avj olgan davri huddi o’tkir shaklini eslatadi. Remissiya davrida bemorlar xech qanday shikoyat bildirmaydilar, ammo, najas shakllanmagan xolatda qoladi. Ayrim xollarda kasallik o’tkir yoki asta-sekinlik bilan boshlanib, to’xtovsiz ravishda kuchayib boradi. Bu kasallikning surunkali uzluksiz shakli hisoblanib, 35-40% bemorlarda uchraydi. Nospetsifik yarali kolitning barcha shakllariga anemiya, jigarning yog’li distrofiyasi xos bo’lib, og’ir kechuvchi shaklida gipoalbuminemiya, beta- va gammaglobulin miqdorining ko’payishi kuzatiladi. Ko’p miqdorda suv va elektrolit yo’qotilishi oqibatida organizmda suv-elektrolit muvozanatining buzilishi, suvsizlanish, gipokaliemiya vujudga keladi. Natijada vitamin almashinuvi buziladi. Ichak devorining destruktsiyasi juda og’ir asoratlarga – qon ketishi (5-6%), perforatsiya (3-4%), ichak toksik dilyatatsiyasi (NYaKning barcha shakllari bo’yicha bemorlarning 2-6% ida, o’tkir shakli bilan og’rigan bemorlarning 10-20% ida), stenoz, malignizatsiyaga (7-10%) olib keladi. Ba’zan, qon ketishi shu darajada kuchli bo’ladiki, hatto shoshilinch jarrohlik amaliyoti haqida savol dolzarb bo’lib qoladi. Huddi shunday ichak perforatsiyasi va toksik dilyatatsiyasida ham operativ davo yakuniy hisoblanadi. Nospetsifik yarali kolit rak oldi kasallik hisoblanadi. Yo’g’on ichak raki 5- 7% bemorlarda, kasallik boshlangandan 10-20 yil o’tgach esa bu ko’rsatkich 40% ni tashkil qiladi.
irrigografiya, kolonoskopiya natijalariga asoslanib bajariladi. 387
Kasallik differentsial diagnozi dizenteriya, proktit, Kron kasalligi bilan o’tkaziladi. Davolash. Konservativ davo oqsilga boy, uglevodlar va sutni cheklovchi parhezdan, desensibilizatsiyalovchi va antigistamin dori vositalari (dimedrol, pipolfen, suprastin, tavegil), vitaminlar (A, E, C, K, B guruh), bakteriostatik preparatlardan (etazol, ftalazol, sulgin, enteroseptol) tashkil topadi. Bundan tashqari, salazopiridazin antimikrob va desensibilizatsiyalovchi ta’sir ko’rsatib, juda yaxshi natija beradi. Davo natijasiz bo’lgan xolatlarda davoga steroid gormonlarni (prednizolon, deksametazon) qo’shish maqsadga muvofiqdir. Xirurgik davo kasallik asoratlari yuzaga kelganda, ya’ni, profuz qon ketganda, ichak perforatsiyasi va toksik dilyatatsiyasida qo’llaniladi. Bundan tashqari, operativ davo kasallikning uzluksiz va retsidivlovchi shakllarida, konservativ davo natija bermaganda, rak rivojlanganda ham qo’llaniladi. Ichak toksik dilyatatsiyasida ileo- yoki kolostomiya amaliyoti bajariladi. Qolgan xolatlarda zararlangan ichak qismi rezektsiyasi, kolektomiya yoki ileostomiya bilan yakunlanuvchi koloproktektomiya amalga oshiriladi.
Tug’ma divertikullar embrional davrda gistogenezning buzilishi oqibatida yuzaga keladi. Orttirilgan divertikullar esa, ichak mushak qavati defektlaridan shilliq qavatning bo’rtib chiqishi natijasida rivojlanadi (sohta divertikul). Ichak devorida mushak qavati uning ko’ndalang yo’nalgan tasmalari orasida sust rivojlanganligi tufayli shu erda paydo bo’ladi. Ayniqsa, ichak devorida qon tomirlar kiradigan teshiklari sohasida divertikullar ko’p uchraydi. Divertikullar kelib chiqishida ichakdagi yallig’lanish jarayoni, qabziyat muhim rol o’ynaydi. Kasallik aksariyat 40 yoshdan oshgan odamlarda ko’p uchraydi. Divertikullar 3- 5 mm li bo’yinchasi va diametri 0,5-1,5 sm bo’lgan tanasiga ega bo’rtmalardan iborat. Ko’pincha divertikullar sigmasimon va pastga tushuvchi chambar ichak (68%) larda kuzatiladi. divertikul kattalashavergach, uning devori yupqalashib, 388
shilliq qavati atrofiyaga uchraydi va natijada najasning shu joylarda turib qolishi oqibatida eroziyalar, yaralar hamda divertikulitlar rivojlanadi (83-rasm).
Divertikulyoz klinik belgilarisiz kechib, yallig’lanish jaryoni (divertikulitlar) rivojlanishi bilan qorin pastida og’riq, qabziyatning ich surishi bilan almashinib kelishi, ishtaha pasayishi, ko’ngil aynishi, ba’zan qayt qilish bilan ifodalanasa, keskin yallig’lanish jarayoni tana haroratining subfebril bo’lishi, qorindagi og’riqlarning intensivliligining ortishi, leykotsitoz bilan namoyon bo’ladi. Qorinni paypaslaganda zararlangan soha ustida kuchli og’riq, mushaklar biroz tarangligi kuzatiladi.
belgilar qorinning chap tarafida aniqlanadi. 2-27% xolatlarda divertikul qorin bo’shlig’iga yorilib peritonitni, qorin orti sohasiga yorilib qorin orti flegmonasini va ichak tutqichi klechatkasiga yorilib esa parakolik abstsessni keltirib chiqaradi. Divertikul ichida hosil bo’lgan abstsess ichak bo’shlig’iga yorilib belgilarisiz kechsa, uning qorin bo’shlig’iga yorilishi peritonitga, bo’shliqli a’zoga yorilishi esa, ichki oqma rivojlanishiga olib keladi. Uzoq muddat davom etib kelgan divertikul bitishmalar hosil qilib, o’tkir ichak tutilishiga sabab bo’ladi. Yo’g’on ichak divertikulida 3-5% bemorlarda qon
389
ketish asorati kuzatiladi. Bunda arteriya devori arroziyaga uchrab, aksariyat xollarda u profuz bo’ladi va umumiy xolsizlik, bosh aylanishi, teri qoplamlarining oqimtir tusda bo’lishi, najasning qon aralash kelishi, taxikardiya belgilari bilan namoyon bo’ladi. Diagnostikasi. Irrigoskopiya tekshiruv usullari ichida eng ma’quli hisoblanib, u nafaqat diagnostik, balki, davolash muolajasi bilan qimmatlidir (qon ketayotgan tomirli divertikul bo’shlig’ini bariy oxagi bilan tamponada qilish). Divertikulitda kolonoskopiya va rentgenologik tekshiruvlarini o’tkazish uning perforatsiyasi yuz berishi mumkinligi tufayli xavflidir.
preparatlari, antiseptik vositali huqnalar). Xirurgik davoga ko’rsatma divertikul perforatsiyasi, o’tkir ichak tutilishi, massiv qon ketishi, juda kuchli divertikulitda medikamentoz davo naf bermaganda va ichki oqmalar rivojlanganda yuzaga keladi. Operatsiya gemikolektomiya, sigmasimon ichak rezektsiyasi bilan ifodalanadi. Qon ketish bilan asoratlangan divertikulli bemorlarning 30% xirurgik davolanadi. Operatsiya qonayotgan tomirni tikish, divertikulni ichak bo’shlig’iga invaginatsiya qilish yoki ichakning ushbu qismi rezektsiyasi bajarilishidan iborat. Bunda o’lim holati 20% ni tashkil etadi.
Poliplar ichak endoteliysidan chiqadigan xavfsiz o’smalar katoriga kirib, malignizatsiyaga moyilligi bo’ladi. Aksariyat hollarda, poliplar chambar ichakning chap yarmida joylashgan (75% to’g’ri va sigmasimon chambar ichakda uchraydi) bo’ladi. Poliplar yakka va ko’p sonli, o’lchamlari 0,5 dan 2,0 sm gacha bo’ladi va ular ichak bo’shlig’iga osilib turadi (84-rasm).
390
84-rasm. Chambar ichak polipi Chambar ichakning yuvenal, giperplastik, bezsimon, bezsimon-tukli, tukli diffuz polipozi uchraydi. Poliplar paydo bo’lishini aksariyat yallig’lanish, kolit, dizenteriya, yarali proktosigmoidit bilan bog’laydilar.
qon, shilimshik aralash najas, qabziyat, ichakda g’alati sezgi (diskomfort) bilan xarakterlanadi.
rekto- va kolonoskopiya, irrigoskopiyaning muhim ahamiyati bor. Poliplarni davolash usulini har kim o’ziga xos tanlashi kerak. Yakka poliplar elektrokoagulyatsiya yo’li bilan rekto- yoki kolonoskop orqali olib tashlanadi. Operatsiya usulida olib tashlashning iloji bo’lmasa, ichak devorini polip zonasida ponasimon qilib kesiladi. Polip malignizatsiyasida esa radikal operatsiya: o’ng tomonlama yoki chap tomonlama gemikolektomiya qilinadi. Chambar ichak diffuz polipida subtotal kolektomiya qilinib, ileorektal yoki ileosigmasimon anastomoz qo’yiladi.
391
TO’G’RI ICHAK KASALLIKLARI Anatomo-fiziologik ma’lumotlar To’g’ri ichak taxminan uchinchi (S 3 ) dumg’aza umurtqasi sathidan boshlanib, ichakning terminal qismi hisoblanadi. U kichik chanoq sohasi orqa qismida joylashgan bo’lib, dumg’aza va dum egilmasi bo’ylab tushib, anal teshigi bilan tugaydi. To’g’ri ichak uzunligi o’rta hisobda 12-20 sm ni tashkil etib, u uch qismga: qorin pardasi bilan qoplangan ampula usti (rektosigmoid) – 4-5 sm, ekstraperitoneal va fastsiya bilan qoplangan ampulyar (8-10 sm) va anal kanali (2,5-4 sm) qismlariga bo’linadi. Ampulyar qismi o’z navbatida – yuqori ampulyar (3-5sm),
o’rta ampulyar (4-6 sm) va pastki ampulyar (3-5 sm) qismlariga bo’linadi. Pastki ampulyar qismi anal kanaliga o’tib, orqa chiqaruv teshigi bilan tugaydi. Chanoq qorin pardasi ostida to’g’ri ichakni yog’ klechatkasidan iborat chanoq-to’g’ri ichak va o’tirg’ich-to’g’ri ichak sohalari o’rab turadi. O’rta ampulyar qismi qorin pardadan butunlay xoli joylashgan bo’lib, uning yuqori chegarasi bo’lib qorin pardaning o’tuvchi bukilmasi hisoblanadi va u pararektal klechatka bilan o’ralagan bo’lib, bu ayniqsa, orqa va yon tomonlarida kuchli rivojlangan. To’g’ri ichak yo’g’on ichakning boshqa qismlaridan farq qilib, uning gaustratsiyalari bo’lmaydi, bo’ylama mushak qavati tizimcha shaklda emas, balki, ichak aylanasi bo’ylab bir tartibda tarqalgan. Chanoq qorin pardasi o’tuvchi bukilmasi to’g’ri ichak oldingi yarim aylanasida joylashib, u anusdan erkaklarda 7-9 sm va ayollarda 5-7 sm masofada bo’ladi. To’g’ri ichakning orqa-yon devorlarida qorin parda o’tuvchi bukilmasi – plicae rectovesicales odatda anusdan 12-15 sm masofada yotadi. To’g’ri ichak shilliq qavati tsilindrik epiteliy bilan qoplangan. Pastki ampulyar qismida to’g’ri ichak shilliq qavati bo’ylama bukilmalar (Morgani ustunlari) xosil qilib, ularning asosida anal kriptalar joylashgan. Bu kriptalarga shilliq ishlab chiqaruvchi anal bezlarining chiqaruv teshiklari ochiladi. Anal 392
kanali shilliq qavati ko’p qavatli yassi epiteliy bilan qoplangan. Ushbu yassi epiteliy bilan pastki ampulyar qism tsilindrik epiteliylari orasidagi chegara – zigzagsimon anarektal (tishsimon) chiziq deyiladi. To’g’ri ichak devorida tashqi tomondan uzunasiga ketgan muskul tolalari, ichki devorida esa doirasimon tolalar joylashgan. To’g’ri ichakning pastki qismida silliq muskul tolalari ichki sfinkterni hosil qiladi. Orqa chiqaruv yo’lini ko’taradigan muskulning bir qismi hisoblangan qov-to’g’ri ichak muskuli to’g’ri ichakni qovuzloq xolida o’rab, tashqi sfinkterni hosil qiladi. Anal kanali – me’da-ichak traktining oxirigi qismi bo’lib, anorektal chiziqdan boshlanib, anus bilan tugaydi. Uning uzunligi 3-4 sm ni tashkil etadi. Anal kanali ikkita mushak: ichki (chuqur) va tashqi (yuzaki) xalqalari bilan o’ralgan. Ichki xalqa (ichki sfinkter) to’g’ri ichak ichki tsirkulyar mushak qavatining bevosita davomi hisoblanadi. U silliq mushak tolalaridan tashkil topib, avtonom innervatsiyaga ega va shuning uchun ixtiyorsiz ravishda qisqaradi. Tashqi mushak xalqasi (tashqi sfinkter) esa, inson ixtiyoriga bo’ysunadi.
393
1 – v. rectalis superior; 2 – valvulae rectales; 3 – columnae Morgagni; 4 – cryptae; 5 – os ileum; 6 – v. iliaca interna; 7 – v. rectalis media; 8 – vv. rectales inferiors; 9 – v. pudenda interna; 10 – sphincter ani externus; 11 – sphincter ani internus; 12 – fossa ischirectalis; 13 – m. obturator internus; 14 – m. levator ani; 15 – linea pectinea; 16 – pectin; 17 – fossa pelveorectalis; 18 – m. longitudinalis; 19 – m. circularis; 20 – submucosa; 21 – mucosa.
arteriyasi (pastki tutqich arteriyasi tarmog’i) va ikkita juft – o’rta va pastki to’g’ri ichak arteriyalari orqali qon bilan ta’minlanadi. Venoz qon oqimi yuqori va pastki venalar chigali yordamida pastki, o’rta va yuqorigi to’g’ri ichak venalari orqali amalga oshiriladi.
Download 3.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling