Institutlari
Download 3.88 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etiologiyasi va patogenezi.
- Shilliq osti paraproktiti
- Pelviorektal (chanoq–to’g’ri ichak) paraproktiti
- Teri ostidagi paraproktit
- Ishiorektal (quymich-to’g’ri ichak) paraproktit.
- Shilliq parda ostidagi paraproktit.
- Chanok-to’g’ri ichak (pelviorektal) paraproktiti.
- To’g’ri ichak orqasidagi (retrorektal) paraproktit.
- Paraproktitlarni davolash
- To’g’ri ichak oqmalari (surunkali paraproktit)
- Intrasfinkter oqma
- To’g’i ichak saratonining tarqalishi.
- Asoratlari.
- Differentsial diagnostikasi
Klinikasi. O’tkir anal yoriqning asosiy simptomi og’riq hisoblanadi. Og’riq juda qattiq, bemorni kuchli iztirobga soladi, odatda xojatdan keyin boshlanadi va bir necha soatga cho’ziladi. Og’riqdan tashqari, anal sfinkterning kuchli reflektor spazmi sababli qabziyatlar paydo bo’lib, natijada har gal xojatga borishdan keyin yoriq battar shikastlanib turadi. Aksariyat anal yoriqda xojatdan keyin qon tomchilari ajralib chiqishi kuzatiladi. Barmoq bilan tekshirish, rektoskopiya va rektoromanoskopiyadan oldin yoriq ostiga 10-20 ml 1% li novokain yuboriladi. Shundan keyin bu tekshiruvlar yordamida ko’pchilik xollarda orqa devorda joylashadigan uzunasiga ketgan yoriqni ko’rish mumkin. Davolash. O’tkir boshlangan anal yoriqlarda konservativ davolash, issiqlik vannalari, grelkalar, yuqori chastotali ultratovush, diatermiya tavsiya etiladi. Spirt-novokainli blokada, sfinkterni Rekome bo’yicha cho’zishdan foydalanish mumkin. Xronik va qaytalanadigan anal teshik yoriqlarini xirurgik usulda davolash – ponasimon kesib olib tashlashdan iborat.
To’g’ri ichak oldi kletchatkasining o’tkir yallig’lanishi. Aksariyat erkaklarda uchraydi. 405
Etiologiyasi va patogenezi. Paraproktit pararektal kletchatkaga infektsiya tushishi natijasida vujudga keladi. Pararektal kletchatkaga mikroblar anal kriptalarga ochiladigan anal bezlardan tushadi. Anal bezdagi yallig’lanish jarayoni natijasida uning yo’li bekiladi va sekret oqib chiqishi buziladi. O’tkir paraproktit paydo bo’lishiga moyillik tug’diradigan sabablar orasida to’g’ri ichak distal bo’limi va anal kanal shilliq pardasidagi mayda shikastlar birinchi o’rinda turadi.
1. Etiologik printsipi bo’yicha: oddiy, anaerob, spetsifik, travmatik. 2. Yiringlikning joylashuvi bo’yicha: shilliq parda ostidagi, teri ostidagi, ishiorektal, pelviorektal, retrorektal. 3. Kechishi bo’yicha: o’tkir, xronik, qaytalanadigan.
6% ni tashkil kiladi. Og’riq kuchsiz bo’lib, og’riq defekatsiya vaqtida kuchayadi. Tana xarorati subfebril bo’ladi. Palpator to’g’ri ichak bo’shlig’ida yiringli bo’shliq joylagan joyda kuchli og’riq aniqlanadi. Yiringni to’g’ri ichak bo’shlig’iga yorib chiqishi sabab bemor o’z-o’zidan tuzalishi mumkin.
89-rasm. O’tkir paraproktitda pararektal abstsesslarning joylashuvi 1 – teri osti abstsessi; 2- shilliq osti abstsessi; 3 – ishiorektal paraproktit; 4 – chanoq- to’g’ri ichak abstsessi.
406
Pelviorektal (chanoq–to’g’ri ichak) paraproktiti – bu paraproktitni eng og’ir turi bo’lib, o’tkir paraproktit bilan kasallangan bemorlarni 2-7% ni tashkil qiladi. O’tkir paraproktitning har bir formasiga muayyan klinik manzara xos, ayni vaqtda, o’tkir paraproktitning turli formalari uchun umumiy bo’lgan ko’pgina simptomlar mavjud. O’tkir paraproktitda, boshqa har kanday o’tkir yallig’lanish jarayonidagi kabi, umumiy xolatning buzilishi kuzatiladi: tana haroratining ko’tarilishi, et junjikishi, uyqu buzilishi, orqa chiqaruv yo’li va chot sohasida og’riq bo’ladi. Yiring yig’ilgan sayin og’riqlar kuchayadi, intoksikatsiya orta boradi. Agar yiringlik o’z vaqtida ochilmasa, u qo’shni hujayra bo’shliqlariga, to’g’ri ichakka, teri orqali tashqariga yoriladi. Teri ostidagi paraproktit — eng ko’p uchraydigan formasi, o’tkir boshlanadi. Birinchi sutka mobaynida tana harorati 39°C gacha ko’tariladi, orqa chiqaruv yo’li sohasida kuchli og’riqlar paydo bo’ladi. Teri osti kletchatkasida, anal teshik yaqinida og’riydigan infiltrat paydo bo’ladi. Uning ostidagi teri qizargan, markazida flyuktuatsiya bor, shu soha lo’qillab og’riydi. Bemorlar dumbaning sog’lom tomonini bosib o’tirishga urinadilar. Agar vaqtida operatsiya qilinmasa, yiringlik 5-7 kuni teri orqali o’z-o’zidan yorilib chiqishi mumkin.
Ishiorektal (quymich-to’g’ri ichak) paraproktit. Kasallikning boshlang’ich bosqichida og’irlik va chot ichkarisida xojat paytida kuchayadigan og’riq paydo bo’ladi. Tana harorati oshadi, intoksikatsiya kuchayadi. Yallig’lanish jarayoni orta borgan sayin orqa chiqaruv yo’lining yonida, yallig’langan tomonda biroz shish paydo bo’lganligi qayd qilinadi. Barmoq bilan tekshirishda to’g’ri ichakning zararlangan yon tomonidan infiltratsiya, birmuncha kechikkan muddatlarda esa infiltratning yumshaganligi aniqlanadi. Yiringlik aksariyat teri orqali tashqariga yoriladi.
og’riqlar o’rtacha bo’lib, xojat paytida birmuncha kuchayadi. Tana harorati subfebril bo’ladi. Paypaslab ko’rilganda yiringlik zonasida ichak bo’shlig’iga
407
bo’rtib chiqqan infiltrat yoki flyuktuatsiya aniqlanadi. Yiringlik o’z-o’zidan yorilganidan keyin ko’pincha sog’ayish boshlanadi. Chanok-to’g’ri ichak (pelviorektal) paraproktiti. Kam uchraydi, og’ir o’tadi va uni aniqlash ancha qiyin. Avvaliga intoksikatsiya belgilari: umumiy lohaslik, xolsizlik, tana harorati ko’tarilishi, bosh og’rishi, bo’g’imlarda qaqshashi, qorin pastida og’riq paydo bo’ladi. Orqa chiqaruv yo’li sohasini tashqi ko’zdan kechirishda pelviorektal paraproktitni aniqlab bo’lmaydi. Kasallik boshlanishidan 15-16 kun o’tgach tana harorati gektik darajaga etib, qorin pastidagi og’riqlar kuchayadi. Infiltratning hajmi kattalashadi va orqa chiqaruv yo’lini ko’taradigan muskul bo’ylab pastga tushadi va paraproktitning mahalliy belgilari paydo bo’ladi. Ular endi quymich-to’g’ri ichak va teri osti kletchatkasi uchun xos bo’lib, quyidagi xarakterli simptomlar: chot terisida shish va qizarish, og’riq paydo bo’ladi. To’g’ri ichakni barmoq bilan tekshirish vaqtida infiltratni aniqlash mumkin, bunda barmoq bo’rtib chiqqan joyning yuqori chekkasiga etmaydi.
dumg’azada qattiq og’riq paydo bo’lishi bilan kechib, u xojat paytida kuchayadi. Og’riq songa, chotga uzatiladi. Dum suyagi bosilganda og’riydi. Barmoq bilan tekshirilganda to’g’ri ichak orqa devorining og’rishi va shishib chiqqanligi aniqlanadi.
ochish va drenaj qo’yishdan iborat bo’ladi. Operatsiyani vena ichiga preparat yuborish usuli bilan og’riqsizlantirilib bajariladi. Yiringli bo’shliqni barmoq bilan yaxshilab taftish qilinadi, yiringli bo’shliq vodorod peroksidi va boshqa antiseptik vositalar bilan sanatsiya qilinadi.
O’tkir paraproktitni boshdan kechirish oqibatida rivojlanadi va to’g’ri ichakda oqma yara borligi bilan namoyon bo’ladi. Oqma yaralarning paydo 408
bo’lishiga ko’pincha bemorlarning yiringlik o’zicha yorilgandan keyii tibbiy yordam olishga kechikib murojaat qilishlari sabab bo’ladi. Klassifikatsiyasi. To’liq va noto’liq turi farq qilinadi. To’liq oqmada ikkita va undan ortiq teshiklar: ichki – to’g’ri ichak devorida va tashqi – anal teshik atrofi terisida bo’ladi. Noto’liq oqmada bitta teshik bo’ladi va u ichki va tashqiga bo’linadi. Ichki oqmaning to’g’ri ichak devorida teshigi bor, u pararektal kletchatkada tugaydi. Tashqi oqmaning anal teshik atrofida teshigi bo’ladi va u pararektal kletchatkada tugallanadi. To’g’ri ichak oqmasi sfinkterga nisbatan joylashuviga ko’ra intrasfinkter, transsfinkter va ekstrasfinkter bo’lishi mumkin. Intrasfinkter oqma – oqma kanali to’liq to’g’ri ichak sfinkteri ichida bo’ladi. Transsfinkter oqma – oqma kanali qisman sfinkter orqali o’tadi, qisman kletchatkada joylashgan. Ekstrasfinkter oqma – oqma kanali chanoqning kletchatka bo’shliqlaridan o’tadi va sfinkterni chetlab o’tib, chot terisiga ochiladi.
90-rasm. Pararektal oqmalarning joylashish turlari
409
Klinik manzarasi oqma borligi va uning vaqti-vaqti bilan bekilib turishi bilan bog’lik, bu yiringli bo’shliq drenaji buzilishiga, yiring yig’ilib qolishiga, paraproktitning og’irlashuviga olib keladi. Qayta og’riq turadi, subfebril harorat, et junjikishi, lohaslik qayd qilinadi va 4-5 kuniga kelib oqma o’z-o’zidan yoriladi va bu hodisalar to’xtaydi. Anus atrofi ko’zdan kechirilganda yiringli ajralmasi asta sekin ajralib chiqayotgan oqmani, teri bichilganini ko’rish mumkin. Oqma yo’lini aniq bilish uchun fistulografiya qilinadi.
Odatda undan operatsiyaga tayyorgarlik bosqichi sifatida foydalaniladi. Bu oqmani antiseptik eritmalar bilan yuvish, antibakterial davo, antiseptiklar bilan mikrohuqnalar qo’yish va o’tiradigan vannalar qilishdan iborat. Xirurgik davolash oqma yo’lini kesib, keyin tikib qo’yishdan iborat. Oqma kanalini to’liq kesish uchun operatsiyadan oldin nazorat uchun oqmaga metilen ko’ki yoki brilliant yashili eritmasi yuboriladi.
To’g’ri ichakning tushishi deganda ichakning tashqariga, orqa chiqaruv yo’li atrofiga chiqishi tushuniladi. Qorin ichida bosimning oshishi (qabziyat, ich ketar, tug’ruk, yo’tal) ichak tushishiga sababchi hisoblanadi. Dumba sohasi va bel-dumg’aza sohasining o’q otar qurollardan yaralanishi, maishiy shikastlar ham ichak tushishiga olib kelishi mumkin.
I bosqichi – to’g’ri ichak xojat paytida tushadi, so’ngra o’z-o’zidan joyiga kiradi. II bosqichida – ichak jismoniy zo’riqishda tushadi, o’z-o’zidan joyiga kirmaydi, bemorlar qo’llari bilan ichakni joyiga kiritadilar. III bosqichida ichak arzimagan jismoniy harakatda ham tushadi va joyiga kiritilgandan keyin tez orada yana tushadi. Patologoanatomik jihatdan kasallikning 4 formasi tafovut qilinadi: 1. Orqa chiqaruv yo’li shilliq pardasi tushishi.
410
2. Ichak anal bo’limi devorining hamma qatlamlari tushishi. 3. To’g’ri ichakning orqa chiqaruv yo’li tushmasdan tushishi. 4. Orqa chiqaruv yo’li va to’g’ri ichakning tushishi.
borilganda faqat shilliq parda tushadi. Kasallik rivojlangan sayin to’g’ri ichakning tushishi tez-tez ro’y berib turadi, ichakni qo’l bilan joyiga kiritilgandan keyin, hatto vertikal xolatda ham uning tushishi qayd qilinadi. Bemorlar mehnatga layoqatsiz bo’ladilar. Ichak tushganda quyidagi asoratlarni kuzatish mumkin: to’g’ri ichak shilliq pardasida yaralar, nekroz va teshilish (perforatsiya), keyinchalik peritonit paydo bo’ladi. Davolash. Bolalikda qabziyat, ich ketar, yo’talni bartaraf etishga karatilgan konservativ davolashning o’zi kifoya qiladi. To’g’ri ichak tushishining engil turida Tirsh operatsiyasi bajariladi – orqa chiqaruv yo’li atrofidagi teri ostiga kumush simning teri osti implantatsiyasi bajariladi. Kyummel-Zereni bo’yicha rektopeksiya operatsiyasi juda yaxshi natija beradi. Bu operatsiyaning mohiyati to’g’ri ichak devorini umurtka pog’onasining bo’ylama boylamiga dumg’aza umurtqalari sohasiga fiksatsiya qilishdan iborat. To’g’ri ichakning tushishi anal sfinkterning etishmovchiligi bilan birga uchraganda yuqorida zikr kilingan operatsiyani chanoq tubi muskullarini mustahkamlash bilan to’ldiriladi.
Kolorektal rak barcha yomon sifatli o’smalarning 15% ni tashkil qiladi. SHundan 30% ni to’g’ri ichak saratoni tashkil etadi. To’g’i ichak saratoni 100000 axolining 10 tasida uchraydi. Asosan 50-60 yoshda, erkaklar bilan ayollar deyarli bir xil nisbatda kasallanadilar. Hozirgi kunda ham kasallik kelib chiqish sababi aniq emas, ammo uning kelib chiqishida ovqat turi, najasning ichak bo’ylab harakati, uning tarkibi, bakterial flora tarkibi muhim o’rin tutadi. Kasallik kelib chiqishidagi boshqa 411
omillarga ichak motorikasi va qabziyatga sabab bo’ladigan kamharakatli hayot tarzi, surunkali ichak kasalliklarini ham ta’kidlash lozim. Rak oldi kasalliklariga to’g’ri ichak polipi, nospetsifik yarali kolit, Kron kasalligi, surunkali paraproktitni kiritish mumkin. Klassifikatsiyasi. I. Lokalizatsiyasiga ko’ra: 1) anal qismi saratoni; 2) pastki ampulyar; 3) o’rta ampulyar; 4) yuqori ampulyar; 5) rektosigmoidal sohasi saratoni. II. o’sish yo’liga qarab: 1) endofit; 2) ekzofit; 3) aralash. III. Gistologik tuzilishiga ko’ra: 1) adenokartsinoma; 2) shilliq qavat saratoni; 3) solid rak; 4) yassi hujayrali rak; 5) differentsiallashamagan rak; 6) fibroz rak. IV. Jarayon kechishi bo’yicha (I dan IV gacha) yoki tarqalganligi bo’yicha (TNMP).
To’g’ri ichak saratoni – anal kanalida (10%), ampulyar qismda (60%), rektosigmoid qismda (30%). To’g’ri ichak saratonining gistologik tuzilishi turlicha, ammo asosan adenokartsinoma uchraydi. To’g’ri ichak saratonining 4 bosqichi farqlanadi:
412
I bosqich – uncha katta bo’lmagan,harakatchan o’sma (diametri 2 sm dan kam), ichak devoriga o’sib kirmaydi, shilliq osti qavatidan tashaqariga o’tmaydi, metastazlar yo’q. IIa bosqich – o’sma ichak yarim aylanasidan katta bo’lmagan sohani egallaydi (mushak qavatigacha o’sib kiradi), metastazlar yo’q. IIb bosqich – o’sma ichak yarim aylanasidan katta bo’lmagan sohani egallaydi, devoriga usib kirmaydi (mushak qavatigacha o’sib kiradi), regionar limfa tugunlarida metastazlar. IIIa bosqich – o’sma ichak yarim aylanasidan katta bo’lgan sohani egallaydi, devoriga o’sib kiradi, yon atrof a’zo va to’qimalarga ham o’sib kirishi mumkin. IIIb bosqich – o’sma ichak yarim aylanasidan katta bo’lgan sohani egallaydi, ichak devoriga o’sib kiradi, yon atrof a’zo va to’qimalarga ham o’sib kirib, regionar limfa tugunlariga ko’plab metastazlar beradi. IV bosqich – katta harakatsiz o’sma, chanoq a’zolariga va to’qimalariga o’sib kiradi, regionar va uzoq limfa tugunlari va a’zolarida metastazlar. Halqaro rakka qarshi ittifoq taviyasiga ko’ra jarayon tarqalishini TNMP sistemasi bo’yicha baholanadi. Bunga ko’ra T (tumor) – birlamchi o’sma, N (nodes)-regionar limfa tugunlar xolati, M (metastasis) – uzoq metastazlar, R (penetration) – o’smaning ichak devoriga o’sib kirish darajasi. To’g’i ichak saratonining tarqalishi. To’g’ri ichak saratoni shilliq qavatda ro’y berib, ichak bo’shlig’i va ichak devoriga o’sib kiradi. O’sma keyinchalik ichak tashqarisiga chiqib, yondosh to’qima va a’zolarni zararlaydi. To’g’ri ichak saratoni metastazi limfogen (regionar va uzoq limfa tugunlariga) va gematogen yo’l bilan (asosan jigarga) boshqa a’zolarga tarqaladi. Klinik kechishi. To’g’ri ichak saratoni asta sekinlik bilan boshlanadi. Bemorlar og’riqqa, ichakdan patologik ajralma kelishiga (qon, yiring, shilliq) va ichak funktsiyasining buzilishiga shikoyat qiladilar. Belgilarning yaqqolligi
413
kasallikning darajasiga, o’smaning o’sish va tarqalish xolatiga va uning lokalizatsiyasiga bog’liq. Kasallik boshlanishida og’riq kuzatilmaydi, u faqat anal teshigi saratonida erta davrda kuzatiladi. Ampulyar soha saratonida belgilar kam namoyon bo’lib, erta simptomlaridan najas bilan patologik ajralma ajralishi hisoblanadi. O’sma kattalashgan sari ichak tutilishi belgilari namoyon bo’ladi. Og’riq o’smaning ichak devorining barcha qavatlaridan o’sib o’tganda paydo bo’ladi. O’smaning siydik qopiga o’sib kirishi natijasida siyishga tez-tez chaqiriqlar bo’lib turadi. O’smaning najas bilan ta’sirlanishi va jarohatlanishi undan qon ketishiga olib keladi. Qon ko’pincha to’q qizil, kam xolatlarda alvon rangida bo’ladi. Xojat vaqtida avval ozgina qon keladi, keyin esa qon aralash najas chiqadi. To’g’ri ichak saratonida profuz qon ketishlar odatda kuzatilmaydi, lekin ma’lum bir vaqt o’tgandan so’ng kamqonlik yuzaga keladi. Rektosigmoid soha saratonida kasallik belgilari kuchayib boruvchi qabziyat, keyin esa ichak tutilishi ko’rinishida bo’ladi. Kasallikning umumiy belgilariga anemiya, umumiy xolsizlik, ozib ketish, gipertermiya xos bo’lib, ular kasallikning kechki muddatlarida yuzaga keladi. Anal sohasi saratonida metastazlarning chov lifa tugunlariga tarqalishini ob’ektiv ko’ruv vaqtida inobatga olish zarur.
pararektal oqmalar, ichak perforatsiyasi xos. Ichak perforatsiyasi ichakning keskin kattalashuvida, ba’zan o’smaning parchalanishi oqibatida kelib chiqib, qorin bo’shlig’iga qarata yuz bersa – najasli peritonit, pararektal klechatkaga yuz bersa – abstsess yoki flegmonalar vujudga keladi.
Diagnostika. Bemorning shikoyatlari, anamnezi va mahsus tekshiruv natijalariga asoslanib diagnoz qo’yiladi. Bemorni ko’rilganda oraliq sohasi, barmoq bilan to’g’ri ichakni ko’rish (rektal tekshiruvda 50% bemorlarda to’g’ri ichak saratonini aniqlasa bo’ladi) maqsadga muvofiq hisoblanadi. Irrigografiya, rektoromanoskopiya (biopsiya olish bilan), endorektal ultrtovush tekshiruvi,
414
kompyuter tomografiyasi, jigar stsintigrafiyasi diagnozni aniq qo’yishga yordam beradi.
Kasallikning erta davrida aniqlash uchun hozirgi vaqtda skrining testlari e’tiborga loyiq. Bunga ko’ra, 40 yoshdan oshgan aholi qonining klinik tahlili, har 3-5 yilda rektoromanoskopiya, yaqin qarindoshlari kolorektal rak bilan kasallangan aholi esa 35 yoshdan boshlab rektoromanoskopiya va har 3-5 yilda irrigografiya o’tkazib turiladi. Bundan tashqari nospetsifik yarali kolit bilan 10 yildan ortiq kasallanib kelayotgan bemorlar ichak rezektsiyasiga muhtoj bo’lib, har yili kolonoskopiya (biopsiya olish bilan) tekshiruvidan o’tishlari, oilaviy polipoz bilan kasallangan bemorlarda esa, yo’g’on ichak rezektsiyasi o’tkazilishi hamda har 6 oyda ichak tekshirilib borilishi zarur.
Gemorroyda qon alvon tusli, xojat oxirida keladi, to’g’ri ichak saratonida esa qon to’q qizil tusda, o’zgargan, najas bilan aralashgan, qon laxtalari bilan bo’ladi. Gistologik usul yordamida poliplar, sil va sifilis bilan farqlanadi. Bundan tashqari sifilisda – serologik, silda – bakteriologik tekshiruvlar diagnostik qiynchiliklarga barham beradi. Davolash. Operativ davo turini tanlash o’smaning joylashishi, asoratlari yoki metastazlarning bor-yo’qligiga qarab tanlanadi. Uzoq metastazlar va asoratlar inkor qilinsa, radikal operatsiya bajariladi. Xirurgik davolash ximioterapiya va nur bilan davolash bilan birgalikda olib boriladi. Eng keng tarqalgan operatsiya usullaridan biri bu – qorin-oraliq (chot sohasi) to’g’ri ichak ekstirpatsiyasidir (91-rasm), to’g’ri ichak oldingi rezektsiyasi, qorin-anal to’g’ri ichakning sigmasimon ichak yoki ko’ndalang chambar ichakni pastga tushirib bajariladigan rezektsiyasi, Gartman operatsiyasi (to’g’ri ichak obstruktiv rezektsiyasi). Operatsiya ko’lami va turi o’smaning to’g’ri ichakning qaysi sohasida joylashganligi qarab tanlanadi. Agar o’sma anal teshigidan 6-7 sm dan kam masofada joylashgan bo’lsa, to’g’ri ichakning qorin-oraliq (chot sohasi) ekstirpatsiyasi, o’sma protsessi anal teshikdan 6-7 sm dan ko’p masofada joylashsa – sfinkterni saqlab qoluvchi qorin-anal ekstirpatsiyasi, anal teshik
415
bilan o’sma orasi masofa 10-12 sm dan oshsa – to’g’ri ichak oldingi rezektsiyasi bajariladi. To’g’ri ichak obstruktiv rezektsiyasi o’smaning anal teshikdan 10-12 sm dan ortiq masofada joylashganda, to’g’ri ichak oldingi rezektsiyasini bajarishga sharoit yo’qligida (operatsiya shoshilinch ravishda, masalan, o’tkir ichak tutilishi bo’yicha qilinganda) bajariladi. Bundan tashqari operatsiya turini tanlashda bemorning konstitutsional hususiyatlariga, umumiy axvolining og’irligiga e’tibor beriladi. Palliativ davo bemorning umrini uzaytirish va iztirob chekishini kamaytirish maqsadida amalga oshirilib, o’tkir ichak tutilishi yoki radikal operatsiyani o’tkazish imkoniyati bo’lmagan xolatlarda bajariladi. Operatsiya qorin old devori chap yonbosh sohasida sigmasimon ichakni tashqariga chiqarib ikki poyali notabiiy orqa chiqaruv teshigini shakllantirishdan iboratdir.
416
91-rasm. Qorin-oraliq (chot sohasi) to’g’ri ichak ekstirpatsiyasi Download 3.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling