Reja: Integral mikrosxema (ims)larning turlari va elementlari. Planar epitaksial texnologiya. Mdya-tranzistorlar asosidagi imslar. Raqamli sxemalarning tasniflanishi. Integral mikrosxema (ims)larning turlari va elementlari
Mavzu: Integral mikrosxemalar.
Reja:
1.Integral
mikrosxema
(IMS)larning
turlari va
elementlari.
2.Planar
epitaksial
texnologiya.
3.MDYA-tranzistorlar
asosidagi IMSlar.
4.Raqamli sxemalarning
tasniflanishi.
Integral mikrosxema (IMS)larning turlari va
elementlari. Bugungi kunda alohida mikrosxemalar
birlashtirilgan tarzda ishlab chiqarilmoqda.
Bunday
mikrosxemalarga
integral
mikrosxemalar
(IMS)
deyiladi. Birinchi IMSlar 1958 yilda yaratilgan bo’lib
uning hajmi ihcham, og‘irligi kam, energiya sarfi kichik,
ishonchliligi yuqori hisoblanadi.
1965 yildan buyon mikroelektronikaning rivoji G.
Mur qonuniga muvofiq bormoqda, ya’ni
har ikki
yilda zamonaviy IMSlardagi elementlar soni ikki
marta ortmoqda. Hozirgi kunda elementlar soni 10
6
÷10
9
ta bo‘lgan o‘ta yuqori (O‘YUIS) va giga yuqori
(GYUIS) IMSlar ishlab chiqarilmoqda.
IMSlar uchun ikki asosiy belgi mavjud:
konstruktiv va texnologik.
Konstruktiv belgisi- IMSning barcha elementlari
asosiy asos ichida yoki sirtida joylashadi,
elektr
jihatdan
birlashtirilgan
va
yagona
qobiqqa
joylashtirilgan bo‘lib, yaxlit hisoblanadi.