Integral Mikrosxemalar Topologiyalarini Ro‘Yxatdan O‘Tkazish uchun Talabnoma Tuzish va Topshirish Qoidalari va Davlat Ekspertizasini O‘Tkazish Tartibi


-§. Patent bojini to‘lashga oid hujjatlarga talablar


Download 40.2 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana02.01.2022
Hajmi40.2 Kb.
#198548
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
uz054uz

6-§. Patent bojini to‘lashga oid hujjatlarga talablar 

49. Talabnomada belgilangan miqdorda patent boji to‘langanligini yoki patent bojini to‘lashdan 

ozod qilish uchun asoslarni tasdiqlovchi hujjat va shu haqdagi rasmiy iltimosnoma bo‘lishi lozim. 

50. Patent boji belgilangandan kam miqdorda to‘langanda boj to‘langanligini tasdiqlovchi 

hujjatdan tashqari miqdorini kamaytirilishi uchun asosni tasdiqlovchi hujjat va tegishli rasmiy 

iltimosnoma bo‘lishi lozim. 



7-§. Talabnoma beruvchi ishonchli shaxsining vakolatlarini 

tasdiqlovchi ishonchnomaga talablar 

51. Ishonchli shaxs tomonidan topshirilgan talabnomaga talabnoma beruvchi tomonidan 

berilgan va uning vakolatlarini tasdiqlaydigan ishonchnoma yoki uning nusxasi ilova qilinadi. 

Ishonchnoma talabnoma bilan bir vaqtda beriladi. 

52. Ishonchnomada ishonchli shaxsning vakolatlari doirasi aniqlangan va berilgan sanasi 

ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Berilgan sanasi ko‘rsatilmagan ishonchnoma haqiqiy emas. Ishonchnoma 

uni bergan shaxs tomonidan imzolanish lozim. 

53. Ishonchnomaning amal qilish muddati uch yildan oshmaydi. Agar ishonchnomada 

ko‘rsatilgan muddat uch yildan ortiq bo‘lsa, berilgan sanasidan uch yil davomida haqiqiy deb 

hisoblanadi. Agar amal qilish muddati ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ishonchnoma berilgan sanasidan bir yil 

davomida haqiqiy deb hisoblanadi. 

54. O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida rasmiylashtirilgan ishonchnoma, u berilgan 

mamlakat qonunchiligida ko‘zda tutilgan tartibda tuziladi. 


Download 40.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling