Integral mikroxemaning tayorlanish texnologiyasiga ko’ra yarim o’tkazgichli, plyonkali, gibritli turlarga bo’lish mumkin. 1 sm


Download 16.79 Kb.
bet1/2
Sana20.06.2023
Hajmi16.79 Kb.
#1630527
  1   2
Bog'liq
ички курилмалар


Diod, Tranzistorlar, induktivlik, kondensator kabi jajji asboblarning texnologiya asosida plyonkaga bosilib, o’zaro biriktirilishdan hosil bo’lgan sxema mikrosxema deb ataladi.
Juda kichik electron qurilma, ya’ni har biri o’z vazifasiga ega bo’lgan mikrosxemalar yig’indisidan iborat murakkab sxema esa integral sxemadir.
Integral mikroxemaning tayorlanish texnologiyasiga ko’ra yarim o’tkazgichli, plyonkali, gibritli turlarga bo’lish mumkin. 1 sm3hajmda 100 dan 100 minmggacha elementni birlashtirgan mikrosxemalr yuqori va o’ta yuqori integral sxemalr deb nomlanadi. Mikrosxemalar to’g’ri to’rtburchak va aylana shaklida tayorlanishi mumkin.
Biror masalani kompyuterda echish uchun dastlab u amallar ketma-ketligi ko’rinishida ifodalanib olinadi, ya’ni dastur tuzib olinadi. Dastur biror masalani echishda kompyuter bajarilishi lozim bo’lgan amallarning izchil tartibidan iborat ekanligini ta’kidlaymiz. Dasturda natija olish uchun son va belgilar qanday amallar, qanday tartibda va qaysi son va belgilar ustida bajarilishi ko’satiladi. Dastur hisoblash jarayonining to’la tavsifidan iborat bo’lib, ko’rsatmalar (buyruqlar) yig’indisidan iboratdir.
Dastur tuzish jarayoni dasturlash deyiladi. Ko’rsatma, deb qaysi son va belgilar ustida qanday amal bajarilish kerakligi haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan hisoblas jarayonining qismiga aytiladi. Kompyuterda ko’paytirishayirish va bosqa amalla kodlanadi va ular ko’rsatmada ko’rsatiladi.
Ko’rsatmalar amal bajarilayotgan sonlar emas, balki shu sonlar joylashgan xotira katakchasining nomeri (adresi) ko’rsatiladi. Bitta ko’rsatma bajarilganda bir necha xotira katakchalari qatnashisi mumkin.
Kompyuterda dasturdagi ko’rsatmalar birin-ketin(tabiiy) tartib bilan, y’ni dastur boshidan boshlab dastlab birinchisi,keyin ikkinchisi va h.k. bajariladi. Bunday bajarish tartibi tabiiy tartib deb taladi. Ko’rsatmalar bajarilishining tabiiy tartibini buzish uchun maxsus ko’rsatmalardan foydalaniladi.
Masalani echish unga mos dastur va boshlang’ich am’lumotlarni kompuyter xotirasiga kiritish bilan boshlanadi. So’ngra boshqarish qurilmasining signaliga ko’ra dasturning birinchi ko’rsatmasi bajariladi. Buning uchun nomerlari buyruqda ko’rsatilgan xotiraga yozilgan sonlar kompyuterning arifmetik qurilmasidagi jamlagichga keladi va ko’rsatilgan amal bajariladi.
Amal natijasi jamlagichda saqlanadi yoki tezkor xotiraga yoziladi. Ushbu ko’rsatma bajarilgandan keyin boshqarish qurilmasiga maxssu signalkelib, u signal qurilmaga novbatdagi buyruqni bajarishga o’tishni ko’rsatadi. Bu paytda jamlagichda saqlanayotgan avalgi amal natijasi mos xotira registerga jo’natiladi. Xotira reistriga biror sonni yozishdan oldin, dastlab undagi mavjud axborot o’chiriladi. Bu axbarot qayta o’qilsa, u xotiraga o’cmaydi. Kompyuterning bayon qilingan ish yuritishi dastur bilan boshqariladigan ish printsipi deyiladi.
Kompyuterning markaziy qurilmasi hisoblangan prosessor sonlar ustida arifmetik amallar bajaradi va kompyuterning barcha boshqa qurilmalarini boshqaradi. Prosessor bajaradigan barcha amallar elektr signallarini o’zgartirishga keltiradi va bu yangi signallar bo’yicha mo’ljallangan amallar bajariladi. Prosessorning sxemasi juda murakkab bo’lishiga qaramay zamonaviy fan va ishlab chiqarishning yutuqlari tufayli uni 4X4 (mm2) o’lchamdagi plastinkasirtiga joylashtiriladi.
Axbarotlarni kompyuterga kiritish uchun tugmalar majmuasidan foydalaniladi. Kompyuterlarning tugmalar majmuasi yozuv mashinkaalri bilan ko’pgina umumiy tomonlariga ega. Masalan, alfavit harflarinngbir xil joylanishi, kichik harflardan bosh harflarga o’tish, yangi satrga o’tish va matn bo’yicha bir belgiga orqaga qaytish uchun maxsus tugmalr qo’llanilishi shular jumlasidandir. Tugmalar majmuasining asosiy qismini lotin va rus alfaviti, raqam va maxssu belgilar (nuqta, yulduzcha, defies va h.k.) uchun mo’ljallangan tugmalar egallaydi.
Shu bilan chop etis mashinkasi bilan tugmalr majmuasining o’xshashligi tugaydi. Chop etish mashinkasida tugma bosilishi bilan qog’ozda mos belgi bosiladi. Kompyuter tugmalar majmuasining tugmalari umumiyroq vazifaga ega. Biror tugma bosilishi bilan uning turgan joyi va tartibga mos elektr signallar ishlab chiqadi, so’ngra, kompyuter bu signallarni tahlil qiladi, va mos belgi ifodalanadi. Kompyuter tugmalar majmuasi tagida o’tkazgichlardan tuzilgan to’r bo’lib, har bir tugma ikki o’tkazgich kesishgan erida joylashgan. Tugma bosilishi bilan elektr zahjiri ulanadi. Tok to’rning ham vertical ham gorizantal o’tkazgichi buyicha harakatlanishi mumkin bo’lganligidan, tugmalar majmuasiga o’rnatilgan prosessor to’rning dastlab “satr” ini aniqlab xotiraga oladi, so’ngra (ustun) li o’tkazgichlarning ulanganligini tekshiradi. Shu yo’sinda bosilgan tugma aniqlangandan keyin, prosessor kompyuterga uning “kdini” uzatadi. Kompyuter tugmaning kodini olgandan keyin tugmaning qiymatini aniqlash uchun xotirasiga saqlanayotgan maxsus kodlarga jadvaliga murojat qiladi. Masalan, R harfiga kodlar mos tugma bosilgan bo’lsa, u holda unda jadvaldagi 0101 100 10 ikkilik son mos keladi. Kodlar jadvali kompyuterning doimiy xotirasida yoki tugmalr qurilmasida saqlanishi mukin. Aniqlangan belgi kodi ekranga chiqarish uchun jo’natiladi.
Kompyuterlarning chop etish qurilmasi ishlashiga ko’ra ham yozuv mashinkasiga o’xshaydi ularning umumiyligi bo’yalgan tasmaga yaqin joylashgan richak qog’ozga urilib unga iz qoldiradi, zamonaviy chop etish qurilmalari o’zida bir necha o’n mayda ignalarga ega bo’lgan “boshcha” ga egadir. Ushbu ignalarning deametrlari mm bo’laklariga teng. Barcha ignalar matritsa deb ataluvchi to’g’ri burcha shaklida joylashgan. Matritsada ignalarning urilishi boshqarib, qog’ozda talab qilingan belgi yoki grafik tasvir hosil qilish mukin buning uchun maxsus dastur yordamida tasvir to’g’ri burchaklarga ajratiladi. So’ngra har bir to’g’ri burchakda matritsa nuqtalaridan talab qilingan bezak-to’g’ri chiziq kesmasi yoki egri chiziq chop etiladi.
Uruvchi ignali harkatlanadigan “boshcha” ga ega bo’lgan chop etish qurilmalari matritsali coip etish qurilmasi nomini olgan. Bunday qurilmalarda qog’oz vertical (yuqoriga qarab) chop etuvchi (boshcha)-gorizantal (yoniga ) qarab harakatlanadi natijada chop etilgan matn betlari hosil bo’ladi.
Kompyuter displeyi axbarotni electronurli trupka ekraniga chiqishi uchun ishlatiladi. Elektro-magnit elektrostatik maydon bilan boshqariladigan elekteronlar dastasi vakumli shisha idishning ichki sirtida yorug’ iz hosil qiladi va mos belgi, harf yoki raqam bizga tashqaridan ko’riladi.
I kkinchi avlod kompyuterlari yaratilgandan so’ng tranzistorlar yartila boshladi. Integral sxemani kristal deb ham ataydilar. Tranzistorlarning kelib chiqishi, ikkinchi avlod kompyuterlarini yaratilishiga olib keldi. Integral sxemalarning paydo bo’lishi-uchunchi avlod mashinalrini yaratilishida sabab bo’ldi. Integral
sxema, kristal deb ataluvchi o’ziga muniatyurali electron sxemalarni, 10 mm kv maydon kristalini taklif qiladi. Endi integral sxemalar haqida aytib o’tamiz.

Download 16.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling