Integralmikrosxemalar klassifikatsiyasi va sxemalarda shartli belgilanishi


Download 0.92 Mb.
bet3/15
Sana16.06.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1518078
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
raqam2

Registr deb axborotni qabul qiluvchi, saqlovchi, murakkab bo'lmagan o'zgartirishlar (chapga va o'nga surish)ni amalga oshiruvchi, hamda axborotni to'g'ri va teskari kodlarda uzatuvchi qurilmaga aytiladi. Registrlar ketma-ket kodlarni parallel kodga va aksincha o'zgartirishda ham ishlatiladi. Registrlarning asosini triggerlar hosil qiladi va triggerlarni ketma-ket yoki parallel ulash orqali registr sxemasi hosil qilinadi. Sonning xar bir razryadi registrning razryadiga (saqlovchi triggerga) mos keladi. Registrlarning parallel, ketma-ket prinsipda ishlovchi, o'nga va chapga suruvchi, hamda reversiv turlari mavjud. Parallel prinsipda ishlovchi registrlarda kodlar parallel yoziladi va o'qiladi, ketma-ket prinsipda ishlovchi registrlarda esa kodlar ketma-ket yoziladi va o'qiladi. O'nga va chapga suruvchi registrlar kodlarni o'nga va chapga surish uchun xizmat qiladi.

Yuqoridagi rasmda D-trigger asosida qurilgan o'nga suruvchi, ketma-ket prinsipda ishlovchi registr sxemasi keltirilgan.


Xulosa
Mantiqiy algebraning ahamiyati uzoq vaqt davomida inkor qilib kelinadi, chunki uning usul va uslublaridan o‘sha davrning fan va texnikasi uchun amaliy foyda yo‘q edi. Biroq elektron asosdagi (bazadagi) hisoblash texnikasi vositasini yaratish uchun prinsipial imkoniyat paydo bo‘lganida Bul tomonidan kiritilgan amallar katta foyda berdi. Ular avval boshdanoq faqat ikkita mohiyat: rost va yolg‘on bilan ishlashga mo‘ljallangan. Ular ikkilik kod bilan ishlash uchun qanchalik qo‘l kelganini tushunish qiyin emas. Bu kod zamonaviy kompyuterlarda ham faqat ikkita signal: nol va bir bilan taqdim etilgan.
Elektron hisoblash mashinalarini yaratishda Jorj Bul taklif qilgan mantiqiy amallarning hammasi emas, balki to‘rtta asosiy amali: VA (kesishma), YOKI (birlashtirish), EMAS (inkor) va YOKINI ISTESNO ETUVCHI zamonaviy kompyuterlar protsessorlarining hamma turlarida qo‘llaniladi.
Xulosa qilganda hozirgi vaqtda ma’lumotlarning ko’pligi va keskin suratda ko’payish, o’zgarish tufayli EHM larning roli va o’rni, ularning rivojlanishi axborot jamiyati uchun eng kerakli bo’lgan texnologik vosita hosoblanadi va biz shu sohada bilim olayotganimizdan mamnunmiz.

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Yusupbekov N.R., Muxamedov B.I., Gulomov Sh.M. “Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish” –Toshkent: O’qituvchi, 2011.

  2. Abdullaеv M.M., Nazarov X.N., Abdullaеva S.B., Tolipov A.R., Matyoqubov N.R. “Hisoblash tеxnikasi va boshqarish sistеmalarining elеmеntlari va qurilmalari”. Ma'ruzalar matni. Toshkent 2011.

  3. O’ljaеv E.U.” Mikroprotsеssorlar, mikro EHM asoslar”. O’quv qo’llanma. Toshkеnt. 2011.



  1. Vaxidov A.X., Abdullaеv D.A. “Avtomatikaning tеxnik vositalari” Toshkent, 2012.


Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling