Integratsiya O‘zbekistonning jahon xo‘jaligi tizimiga kirib borishining asosi Reja


Download 34.57 Kb.
bet1/4
Sana19.06.2023
Hajmi34.57 Kb.
#1609753
  1   2   3   4
Bog'liq
mustaqil ishi


Integratsiya - O‘zbekistonning jahon xo‘jaligi tizimiga kirib borishining asosi



Reja:

  1. Iqtisodiy integratsiya mohiyati va unga ta’sir etuvchi omillar.

  1. Iqtisodiy integratsiya shakllanishi shart - sharoitlari va uning bosqichlari.

3. O‘zbekistonning integratsion jarayonlardagi ishtiroki.


  1. Iqtisodiy integratsiya mohiyati va unga ta’sir etuvchi omillar

XX asming ikkinchi yarmidan boshlab yetakchi industrial mamlakatlarning tez iqtisodiy rivojlanishi va xalqaro transport hamda kommunikatsiya vositalarining takomillashishi natijasida tovarlar hamda xizmatlar almashinuvining qizg‘in rivojlanishi ro‘y berdi. Ishlab chiqarish omillari (kapital, ish kuchi va texnologiyalar) xalqaro harakatining turli shakllari vujudga kela boshiadi, buning natijasida xorijga faqat tayyor mahsulot emas, balki uni ishlab chiqarish omillari ham ko‘chib o‘ta boshiadi. Tovaming narxiga qo‘shilgan foyda endilikda faqat milliy chegaralar doirasidagina emas, balki xorijda ham yaratila boshlandi. Iqtisodiy integratsiya tovarlar va xizmatlar xalqaro savdosi hamda ishlab chiqarish omillari aylanishi rivojlanishining qonuniy natijasi bo‘ldi. Iqtisodiy integratsiya mamlakatlar o‘zaro iqtisodiy hamkorligming natijasi bo‘lib, u xo‘jalik mexanizmlarining yaqinlashuviga olib keladi va bu yaqinlashuv davlatlararo bitimlar shaklini oladi hamda tegishli davlatlararo organlar tomonidan tartibga solinadi. Hozirgi vaqtda mutaxassislar orasida integratsiyalashuv jarayonlariga nisbatan yagona nuqtayi nazar yo‘q.Iqtisodchilaming bir guruhi integratsiya jarayonida mamlakatlar o‘rtasida yangi tovar oqimlarini shakllantirish hisobiga «resurslaming cheklanganligi» omilini bartaraf etishni eng muhim hoi deb biladilar va bu alohida olingan bir mamlakat ichida bir-biriga o‘xshash qimmatroq tovarlar ishlab chiqarishni bartaraf etish yoki ilmiy-tadqiqot hamda tajriba-konstruktorlik ishlariga sarflanadigan vositalami tejash imkonini beradigan texnologik o‘zaro almashuvlami kengaytirishga imkon tug‘diradi deb hisoblaydilar. Olimlaming boshqa guruhi ustunlik qiluvchi shart-sharoitlar sifatida tashqi iqtisodiy omillar, masalan, kollektiv mudofaa qobiliyatini oshirishni ilgari suradilar.


Uchinchi guruh, olimlar esa, integratsion guruhlar tuzilishi bu ulaming a’zolariga ishlab chiqarishning birdek o‘sishi, ijtimoiy barqarorlik va shakliy maqsadlarga oson hamda tezroq erishish imkonini beradi deb hisoblashadi. Integratsiyaga nisbatan bu va boshqa nazariy yondashuvlami umumlashtirib, shuni ta’kidlash joizki, integratsiya-mintaqaviy miqyosda sifat jihatidan yangi iqtisodiy muhitni shakllantirish yo‘li bilan milliy xo‘jalik komplekslarining yaqinlashuvi va bir-biriga kirib borishini ifodalaydi. Jahon iqtisodiyotida integratsiya jarayonlari har bir davlat uchun faqat «o‘z ishlab chiqarishiga» ega bo‘lish foyda bermaydigan bo‘lib qoladigan vaziyatni keltirib chiqaradi.Ba’zi milliy iqtisodiyotlar o‘z iqtisodiy salohiyatlarini kuchaytirishga intilib, jahon xo‘jaligiga tobora ko‘proq qo‘shilib bormoqda. Jahon xo‘jaligi ish kuchining aylanishi, kadrlar tayyorlash, mutaxassislami o‘zaro ayriboshlash o‘sib borgan sari baynalmilal tus olmoqda. Jahon xo‘jalik aloqalari shakllanishi va rivojlanishining istiqbollari xalqaro jahon xo‘jaligi rivojlanishining asosiy tendensiyasi sayyoramiz miqyosida tovarlar, kapitallar va xizmatlaming yagona bozorini yaratishga, alohida mamlakatlaming iqtisodiy yaqinlashishi va yaxlit xalqaro xo‘jalik kompleksiga birlashishiga intilishda namoyon bo‘lishini ko‘rsatadi. Bu esa xalqaro iqtisodiy munosabatlaming boshqacha, ancha yuqori bosqichi hisoblanadi. Integratsiyaviy tuzilmalami ishlab chiqarishning integratsiyalashuvida erishilgan darajasiga qarab ajratish lozim. Bunda integratsiyalashuv ham rasmiy, ham real xususiyatga ega bo'lishi mumkmligini hisobga olish kerak. Rasmiy integatsiyalashuv ishlab chiqarishni shunday xalqaro umumlashtirishdan iboratki, uning asosida mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar xalqaro mehnat taqsimoti asosida o‘matiladi. Real iqtisodiy integratsiya esa, ishlab chiqarishni shunday xalqaro umumlashtirishdan iboratki, bu umumlashtirish ishtirokchi davlatlar asosiy ijtimoiy-iqtisodiy o‘lchamlarining ma’lum paritetini nazarda tutadi.
Iqtisodiy integratsiya, o‘z navbatida, ishtirokchi mamlakatlaming asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ko‘tarish uchun sharoit yaratadi. Iqtisodiy integratsiyaga olib keladigan jarayonlami quyidagi o'zaro bog‘langan zanjir ko‘rinishida ifodalash mumkin: ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish, xalqaro mehnat taqsimoti, ishlab chiqarish va kapitalning integratsiyalashuvi, iqtisodiy integratsiya. Ma’lumki, ko'plab milliy va xorijiy mamlakatlar iqtisodchilari asarlarida shu holatlar ma’lum bo‘lmoqdaki, integratsion guruhda u yoki bu mamlakatning ishtirok etishining ijobiy yoki salbiy tomonlarini baholash murakkabligicha qolmoqda. Biroq, shu narsa ma’lumki, integratsiyadan ichki bozori kichik, resurslarga boy bo‘lmagan, jahon YalMda kam ulushga ega bo‘lgan davlatlar ko‘proq samara oladi. Bunga ko‘ra, iqtisodiy integratsiya bir qator obyektiv omillarga asoslangan bo‘lib, ular orasida quyidagilar muhim o‘rin tutadi: 1) xo‘jalik hayoti baynalmilallashuvining o‘sib borishi; 2) xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi; 3) o‘z xususiyatiga ko‘ra, umumjahon ilmiy-texnika inqilobi; 4) milliy iqtisodiyotlar ochiqligi darajasining oshishi; Bu omillaming barchasi o‘zaro bog‘liqdir. Integratsiyalashuv mamlakatlar o‘rtasidagi (awalambor, xalqaro mehnat taqsimoti asosida) barqaror o'zaro aloqalar rivojlanishi jarayoni va qayta ishlab chiqarishning milliy xo‘jalik doirasidan chetga chiqishidir. Integratsiyaviy jarayonlar rivojlanishining boshqa omili xalqaro mehnat taqsimoti tuzilishidagi chuqur ilgari siljishlar (ilmiy-texnika inqilobi ta’siri ostidagi) hisoblanadi. Xalqaro mehnat taqsimoti mamlakatlar o‘rtasida mehnatni ijtimoiy-hududiy taqsimlashni rivojlantirishning ma’lum mahsulot ishlab chiqarishni alohida mamlakatlarda barqaror jamlashni nazarda tutuvchi yuqori bosqichidir.



  1. Download 34.57 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling