Integratsiyalab o’qitishda dasturiy ta’lim vositalaridan foydalanishning pedagogik asoslari Bux du, ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi
Download 42.5 Kb.
|
Sharopova Mahliyo tezis
Integratsiyalab o’qitishda dasturiy ta’lim vositalaridan foydalanishning pedagogik asoslari Bux DU, ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim), 1-kurs magistri Sharopova Mahliyo Fozilovna Respublikamizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar ta’lim tizimini to‘liq axborotlashtirishni, an’anaviy o‘qitish mazmunini qayta ko‘rib chiqish, o‘quv fanlarini integratsiyalash, o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish asosida tashkil etishni taqozo etmoqda. Bu o‘z navbatida ta’lim muassasasida yagona axborot ta’lim muhitini shakllantirish, axborotlar bazasini yaratish va undan samarali foydalanish, o‘quv, me’yoriy hujjatlarni fanlar integratsiyasi asosida takomillashtirish zaruriyatini tug‘diradi. Integratsiya – lotincha so‘z bo‘lib, tiklash, to‘ldirish, qismlarni bir butun qilib birlashtirish degan ma’nolarni anglatadi. Ta’limda bilimlar integratsiyasi yoki fanlararo bog‘lanishdan ko‘p foydalaniladi. Ta’lim tizimidagi global muammolardan biri o‘quv fanlarini integratsiyalash va tabaqalashtirish hisoblanadi. Integratsiyalash fanlar o‘rtasida tarkibiy bog‘lanishni mustahkamlash, ularni umumlashtirish, o‘quvchi-talabalarninng tabiat va jamiyat to‘g‘risidagi yaxlit tasavvurlarini yanada boyitish uchun xizmat qilsa, tabaqalashtirilgan ta’lim talabalarga mutaxassisligi bo‘yicha chuqur bilim berishni nazarda tutadi. Integratsiyalash muammosini hal etish ta’lim muassasalari o‘quv jarayonida zamonaviy axborot va yangi pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish bilan bevosita bog‘liq. Mazkur jarayonni to‘g‘ri tashkil etish o‘qitish samaradorligini oshiribgina qolmasdan, o‘qitishning loyihaviy yaratuvchanlik modeli asosini ta’minlaydi. Axborotlar ko‘lamining kun sayin o‘sishi, talabalarga beriladigan bilimlar hajmining ko‘payishiga, mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qitiladigan fanlar miqdorining oshishiga sabab bo‘lmoqda. Bu o‘z navbatida talabalarga psixologik jihatdan og‘irlik qilib, ularning bu fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini susaytirmoqda hamda bilimlarni o‘zlashtirish darajasining pasayishi kuzatilmoqda. Bunday salbiy holatlarni bartaraf etish uchun o‘quv fanlarini integratsiyalash muammosini muvaffaqiyatli hal etish zarurati lozim. Integratsiya tufayli talabalar bilishlari zarur bo‘lgan axborotlar hajmi ma’lum darajada qisqaradi, talabalar zo‘riqishining oldi olinadi va vaqt tejaladi. Ta’lim muassasasining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda muayyan fanning ichki va tashqi aloqalarini o‘rganish, uning boshqa fanlarga tatbiqini ta’minlash o‘quvchining nafaqat bilish doirasini kengaytiradi, balki unga atrof-muhit haqida to‘laroq ma’lumotga ega bo‘lishi, dunyoqarashining shakllanishi, shuningdek, mavjud bilimlarini amaliyotga qo‘llay olishiga imkoniyat yaratadi. Pedagogik lug‘atlarda “predmetlararo aloqalar” tushunchasi o‘quv dasturlarining o‘zaro moslashuvi sifatida ta’riflanadi. Ta’lim jarayonidagi predmetlararo aloqalar o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini faollashtiradi. Bunda, talaba o‘z faolligini tanish predmet bilimlarini mavjud bo‘lgan noma’lum munosabatlarni izlashga yoki aniq o‘rnatilgan predmetlaro aloqalar asosida yangi tushunchalarni shakllantirishga safarbar etadi. Predmetlararo aloqalarni o‘zlashtirishdagi tajriba natijasida olingan bilimlarga intilish faolligini kuzatiladi. Predmetlararo aloqadorliklar har bir o‘quv predmeti uchun maxsus bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar orasidagi aloqadorliklarga va turli fanlar uchun umumiy bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar orasidagi aloqadorliklarga bo‘linishi mumkin. Fan asoslarini tashkil etadigan bilimlarni o‘rganishda ular o‘rtasidagi aloqalarning fan asoslari orasidagi aloqalarga mosligini unutmaslik kerak Predmetlararo aloqadorlik bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish sohasida ham, ijodiy faoliyat va borliqdagi o‘zlashtiriladigan obyektlarga hissiy-qadriyatli munosabatni shakllantirishda ham o‘rnatilishi kerak. Ta’limda integratsiyani qaror topdirishda quyidagi vazifalarni hal etish lozim bo‘ladi: § ixtisoslik yo‘nalishiga muvofiq ravishda ishlab chiqarish obyektlarini tanlash; § ta’lim muassasasi hamda ishlab chiqarish subyekti o‘rtasida hamkorlikni vujudga keltirish imkoniyatlarini aniqlash; § ishlab chiqarish subyekti bilan ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikning barqarorligini ta’minlovchi shartlarni belgilash. Fanlararo aloqadorlik o‘quv-tarbiya jarayonining barcha tarkibiy elementlari (mazmun, shakl, metod, usul va vositalari)ni yaxlit bir tizimga birlashtirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, u ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlashning muhim omili hisoblanadi. Fanlararo aloqadorlikni amalga oshirish yo‘llari quyidagilar: · turli xil fanlarni o‘rganish ketma-ketligi va izchilligini vaqt bo‘yicha shunday tanlash lozimki, ulardan birini o‘rganish ikkinchisini o‘rganishga ko‘maklashsin; · umumiy tushuncha, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga bir xil yondashuvni ta’minlash; · bilimlarni o‘zlashtirish hamda ko‘nikma va malakalarni egallashga bo‘lgan talablar birligini ta’minlash; · bir o‘quv faniga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘rganishda boshqa fanlarga oid bilim, ko‘nikma va malakalardan keng foydalanish. Ta’lim muassasalarida fanlararo aloqadorlikni amalga oshirish kompьyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanishni taqozo etmoqda. Chunki o‘rgatuvchi, modellashtiruvchi, namoyish etuvchi va nazorat qiluvchi pedagogik dasturiy vositalar o‘quvchilarga bilimlarni umumlashtirish va sintezlash, bilish va masalalar yechishning umumlashgan metodlarini o‘zlashtirishga imkon beradi. O‘quv fanlar rejasini o‘zaro aloqadorlikda mantiqiy tuzish shartlari quyidagilar: · turli o‘quv predmetlarida ko‘rib chiqiladigan ob’ektlar orasidagi aloqadorlik o‘rnatish; · turdosh qonun va nazariyalar orasidagi aloqadorlikni tashkil etish; · tadqiqot usullari va talabalarning amaliy faoliyatlari orasidagi aloqadorlikni yuzaga keltirish; · fizik qonuniyatlar va falsafiy tushunchalar orasidagi aloqadorlikni yaratish; · hisob-o‘lchov va grafik xarakterdagi aloqalarni o‘rnatish; · pedagogik, psixologik va falsafiy bilimlar hamda ta’lim-tarbiyaning metodik usullari, uslublari orasidagi aloqadorlikni tashkil etish. Zamonaviy sharoitlarda fanlarni o’qitishda ularning integratsiyasini ta’minlashga yetarli e’tibor berilmay kelmoqda. Hatto, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o’quv rejalaridagi fizika va elektrotexnika, kimyo va materialshunoslik kabi fanlar ham tizimli o’zaro bog’liqlikni ta’minlagan holda o’qitilmoqda. Muammoni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlar esa tegishli o’quv rejalarida ushbu fanlarni o’qitishning vaqt bo’yicha muvofiqlashtirilishi yoki fanlar mazmunini qisman uyg’unlashtirishga oid tadbirlar bilan cheklanmoqda. Uni tubdan hal qilish uchun esa, talabalar egallaydigan bilimlari yuqori sifat darajasini ta’minlovchi o’quv fanlari integratsiyasining zaruriy shart-sharoitlari, shakl, mazmun va vositalarini ishlab chiqish talab etilmoqda. O’quv fanlari integratsiyasining asosiy maqsadi sub’ektiv yangi bilimlarni sintez qilishdan iborat bo’lib, integratsiya jarayonlarining bosh vazifasi – sub’ektiv yangi ilmiy bilimlarni sintez qilishga qaratilgan pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqishdan iborat. Download 42.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling