6-mavzu: pedagogik tizimlarni loyihalashtirish reja
Download 126 Kb.
|
6-MAVZU MATNI
6-MAVZU: PEDAGOGIK TIZIMLARNI LOYIHALASHTIRISH Reja: Oliy ta’lim tizimida loyihalashtirishning o’rni va imkoniyatlari. Pedagogik loyihalashtirishning kontseptual asoslari: pedagogik loyihalash shakllari; pedagogik loyihalashning psixologik asoslari; pedagogik loyihalashning tamoyillari; pedagogik ob’ektlarni loyihalashtirishga doir harakatlar tartibi va tavsifi. Ta’lim tizimini loyihalashtirish: oliy ta’lim tizimida innovatsiya; loyihalashtirishning asosiy bosqichlari; loyihalashtirishga doir faoliyat muvaffaqiyatini ta’minlash shartlari. O’qituvchining loyihalashtirishga doir faoliyatining tuzilishi va o’ziga xosliklari. Pedagogik tizim – pedagogik texnologiyanng asosi. Pedagogik tizim bir butun, harakatlanuvchi yaxlit ijtimoiy-pedagogik hodisa bo’lib, u o’quvchi, ta’lim-tarbiyaning maqsadi, mazmuni, o’quv jarayoni, o’qituvchi yoki texnik vositalar, ta’lim-tarbiya-ning tashkiliy shakllaridan tuziladi. Pedagogik tizim didaktik vazifa va ta’lim texnologiyalarini o’z ichiga oladi. Ta’lim-tarbiyaning maqsadi va mazmuni – didaktik vazifa; o’quv jarayoni, o’qituvchi yoki texnik vositalar, ta’lim-tarbiyaning tashkiliy shakllari – ta’lim texnologiyasi. Ta’lim muassasasining pedagogik tizimi – bir maqsadga yo’naltirilgan, tashkiliy tizim bo’lib, o’sib kelayotgan avlodni jamiyat hayotiga jalb etish, ularni jamiyat madaniyatini o’zlashtiruvchi, ijodkor, faol shaxs qilib rivojlantirish uning asosiy maqsadi hisoblanadi. Bu maqsad ta’lim muassasasi pedagogik tizimini takomillashtirishning barcha bosqichlarida, uning didaktik, tarbiyaviy tizimlarida hamda pedagogik jarayon barcha qatnashchilarining kasbiy va erkin muloqoti(boshqarish)da amalga oshiriladi. Nazariy kontseptsiya uchta o’zaro bog’langan, o’zaro bir-biriga singib ketuvchi, bir-biriga bog’liq bo’lgan: didaktik, tarbiyaviy hamda muloqot(boshqaruv) tizimlarida amalga oshiriladi. Bu tizimlar takomillasha borib, o’z navbatida nazariy kontseptsiyaga ta’smr ko’rsatadi. Ta’lim texnologiyasining asosiy maqsadi ham, o’quv predmetlarini to’liq o’zlashtirishga mos keladigan ta’lim loyihasini yaratishdir. Bunday loyiha hozirgi zamon psixologiyasi, didaktikasi va pedagogik amaliyotining asosiy va ilg’or g’oyalariga tayangan holdagina yaratiladi. Loyiha (lotincha projectus – oldinga tashlangan) – tasvir, asoslanma, aniq hisob kitob, chizmalar shaklida aks ettirilgan g’oya, ma’lumotning mohiyatini ochib beruvchi, ularni amalga oshirishning aniq yo’llarini belgilab beruvchi g’oyalar, fikrlar, obrazlardir. Download 126 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling