Darsi kuzatilayotgan o’qituvchi haqida ma’lumot


Download 92 Kb.
bet1/3
Sana11.03.2023
Hajmi92 Kb.
#1260549
  1   2   3
Bog'liq
Dars tahlili lotincha


Darsi kuzatilayotgan o’qituvchi haqida ma’lumot:
Familiyasi, ismi va otasining ismi ______________________________________
Sana: _______________ Dars beradigan fani: ______________________________
Ma’lumoti _______________, Ish staji ___________ Toifasi ____________.
Sinf haqida ma’lumot:
Sinf raqami _______ Jami o’quvchilar soni: ______, shundan qizlar soni: _____.
Darsga qatnashdi: ______, darsga qatnashmadi: _______, shundan sababli _______.
Dars maqsad va vazifalarining qo’yilishi
O’qituvchi o’tilishi lozim bo’lgan dars mavzusiga aniq bir maqsad qo’ydimi?
Maqsadni qanchalik to’g’ri qo’ydi? Maqsadning mazmun-mohiyatini ochib beruvchi ta’limiy, tarbiviy va rivojlantiruvchi vazifalar hamda kompetensiyalar to’g’ri belgilandimi?

  • Tashkiliy ishlar tahlili. Darsni uyushtirish.

Mashg’ulot o’tkaziladigan xonaning darsga tayyorligi, o’quvchilarning kayfiyati va sog’ligi, o’quv xonasi va stolining tozaligi, bo’r va namlangan lattaning borligi, ayrim sabablarga ko’ra darsda qatnashmayotgan o’quvchilarning ismi va shariflari yozilgan varaqchaning o’qituvchi stoliga, shuningdek o’qituvchining hozirligiga va uning tashqi qiyofasiga ham e’tibor beriladi.

  • Didaktik (yoki ta’limiy) tahlil

Tahlilning bu turida mavzuning ilmiyligi va izchilligi, oddiydan murakkabga tomon yo’nalishi, ko’rgazmaliligi va berilayotgan bilim, yangi axborotlaning hayotiyligi, ularning jonli va ravon tilda ochib berilishi nazarda tutildi. Ilmiy xatoga yo’l qo’ygan o’qituvchining darsi baholanmaydi.

  • Uslubiy tahlil

Bunda o’qituvchi faoliyatining ikki tomoni: birinchidan, o’rganilayotgan mavzuga dasturda mo’ljallangan soatda, uni qanday usullar yordamida o’quvchilarning yoshi va shaxsiy-psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda yetkazib bera olishi, talaba o’quvchilarni o’ylashiga, izlanishga majbur etishi va unga sharoit yaratishi; ikkinchidan, o’qituvchi sifatidagi tajribalari qay darajada ekanligi namoyish eta olishi nazarda tutiladi. O’qituvchining ikkinchi tomoni tahlil etilayotganda, uning ijodkorligi, uslubiy mahorati ko’zga tashlanishi lozim. O’qituvchining ilg’or pedagogik va novatorlik tajribalari mana shu yerdan boshlanadi.
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling