Darsi kuzatilayotgan o’qituvchi haqida ma’lumot


Download 92 Kb.
bet2/3
Sana11.03.2023
Hajmi92 Kb.
#1260549
1   2   3
Bog'liq
Dars tahlili lotincha

Metodologik tahlil

Ushbu tahlil mobaynida ta’lim yo’nalishidagi xukumat qarorlari, talablar, davlat tili milliy ruh, madaniyatning go’zal durdonalari, shu soxa bo’yicha buyuk alloma va olimlarning qilgan ishlari, fikrlari, respublikadagi oxirgi o’zgarishlarning mashg’ulot davomida foydalanilishi asos qilib olinishi mumkin.

  • Psixologik tahlil

Bu tahlilda, avvalo o’quvchilarning kayfiyati, ularning sog’ligi, jamoadagi sog’lom muhit, o’quvchilarning xushyorligi, fanga bo’lgan qiziqishlari, dars berayotgan o’qituvchisiga munosabati, o’quvchilarning hozirjavobligi, sezgir va topqirligi, idroki, yangi va avvalgi materiallarni esda saqlashlari, obrazli va mantiqiy tafakkurlari, o’quvchilar fantaziyasi, oldida turgan mas’uliyatlariga nisbatan o’quvchilarning irodali yoki irodasizligi, ulardagi qobiliyat, bilim, ko’nikma va malakalar ko’lami kabi tomonlar kiradi. O’qituvchining favqulotda yuzaga kelgan vaziyatdan o’z obro’sini saqlagan xolda chiqa olishi va o’zini boshqara olishi xam inobatga olinadi.

  • Pedagogik tahlil

Tahlilning bu turi ancha murakkab va mas’uliyatli bo’lib, o’qituvchining tashqi qiyofasi, o’quvchilar bilan til topa olish mahorati, madaniyati, odobi bilan birgalikda dars jarayonida umuminsoniy tarbiyaning tarkibiy qismlarini o’quvchilarga bera olishi va uning nutq madaniyati ham nazarda tutiladi.
Mashg’ulot mobaynida hozirgi kunda dolzarb bo’lib turgan milliy tarbiya (ekologik, iqtisodiy, axloqiy, jinsiy, mehnat, nafosat va milliy istiqlol g’oyasini singdirish) elementlari qanday amalga oshirildi?
Bu tarbiya turlaridan qay biriga aynan shu darsda ko’proq e’tibor berildi?
Dars tarbiyaviy ta’sirining samarasi qanday bo’ldi?
Bu masalalar pedagogik tahlilnang asosini tashkil etadi. SHuni ta’kidlash kerakki, o’qituvchining ma’noli nutqini hech qachon boshqa narsaga qiyoslash (yoki almashtirish) mumkin emas.
Mashg’ulot olib borishda sinfni o’ziga qaratib, boshqara olish katta bir san’at. Bu jarayon o’qituvchidan chuqur bilim va o’ziga xos mahorat talab etadi. O’qituvchining bu boradagi faoliyatini baholash esa yanada murakkab bo’lib, kuzatuvchi tomonidan berilayotgan xulosalar, fikr-mulohazalar obektiv va asosli bo’lishi kerak. Darsning muhokamasida bildirilgan fikr-mulohazalar o’qituvchining kasbiy mahoratini takomillashtirishga va mashg’ulotlar samaradorligini oshirishga ko’maklashishi zarur.
Dars mashg’ulotlari ta’lim jarayonida muhim o’rin tutadi va darslarning har birida quyidagi vazifalar o’z ifodasini topishi va ijrosi ta’minlangan bo’lishi zarur. Buning uchun quyidagi

  • mavzu dasturga mos to’g’ri berilishi;

  • o’quvchilarning mashg’ulotdagi ishtirokini faollashtirish;

  • mashg’ulot davomida o’qituvchiga va berilayotgan ma’lumotlarga e’tibor, qiziqish, xayrixohlik va emotsional-hissiy kayfiyat hosil qilish;

  • pedagogikaning “Oltin qoidasi” - ko’rgazmalilikdan va uning turli ko’rinishlaridan keng foydalanish;

  • barcha ma’lumot va dalillarning ishonchli bo’lishi, aniq va ravon til bilan yetkazilishi, paydo bo’lgan savollarga mazmunli va aniq javob qaytarish;

  • doskadan (sinf taxtasidan) unumli foydalana olish zarur.

Yuqorida ta’kidlanganlarning barchasi darslarga bo’lgan boshqa, keng qamrovli talablarni inkor etmaydi.
Xulosa: _O’qituvchi dars mobaynida xozirgi kunda dolzarb bo’lib turgan milliy tarbiya elementlaridan foydalandi.______________________________________________

Download 92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling