Intelektual boshqaruv va komoyuter tizimlari


Signalizatsiya shlyuzi (SG)


Download 200.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/18
Sana10.11.2023
Hajmi200.3 Kb.
#1762840
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Signalizatsiya shlyuzi (SG) signalizatsiyani o‘zgartirish uchun xizmat qiladi 
va uni kommutatsiyalanadigan paketli tarmoq o‘rtasida tiniq uzatishni 
ta’minlaydi. U signalizatsiyani terminallashtiradi va xabarni media-shlyuz 
kontrolleriga yoki signalizatsiyaning boshqa shlyuzlariga IP orqali uzatadi. 
Media-shlyuz kontrolleri (MGC) ro‘yxatga oladi va mediashlyuzning 
o‘tkazish qobiliyatini boshqaradi. Mediashlyuz orqali xabarlar bilan telefon 
stansiyalari bilan almashinadi. 
N.323 shlyuzlari - paketli va kommutatsiyalanadigan tarmoqlar tomonida 
N.323 oxirgi nuqtalar o‘rtasida o‘zgarishlarning funksionalligini ta’minlaydigan 
qurilmadir. O‘z ichiga uzatish formatlarini o‘zgartirish, kommunikatsiya 
protseduralari, audio/video kodeklarni oladi va bog‘lanishlarni o‘rnatadi va uzib 
qo‘yadi. 
N.323 geytgipperi – paketli va kommutatsiyalanadigan tarmoqlarda 
foydalaniladigan adreslar (IP, telefon nomerlari) o‘zgartirishini ta’minlaydigan 
qurilmadir.
13 
RADIUS serveri foydalanuvchilarning autentifikatsiyasi va xizmatlar 
doirasida o‘tuvchi tovush va ma’lumotlarni uzatish seanslari to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar qayd etilishini ta’minlaydi. 
1.2. Infokommunikatsiya xizmatlariga bo‘lgan talablar 
Hozirgi kunda infokommunikatsiya tarmoqlarining rivojlanishi, xizmatlarga 
ulanish, asosan odatdagi aloqa tarmoqlari orqali o‘tuvchi kompyuter tarmoqlari 
ramkasida amalga oshadi. Xuddi shu vaqtda bir qator hollarda Internet xizmatlari, 
ularni transport infrotuzilmasida cheklangan imkoniyatlarini hisobga olgan holda, 
axborot jamiyatining xizmatlariga bo‘lgan zamonaviy talablariga javob bermaydi. 
SHunga bog‘liq holda infokommunikatsiya xizmatlarini rivojlantirish, aloqa 
tarmoqlarining fuksionalligini bir vaqtda kengaytirish bilan birgalikda axborot 
resurslarini samarali boshqarish masalarini samarali hal etishni talab qiladi. O‘z 


navbatida bu Internetning va aloqa tarmoqlarining integratsiyalash jarayonini 
jadallashtiradi. 
Odatdagi aloqa tarmoqlari xizmatlaridan infokommunikatsiya xizmatlarining 
farq qiluvchi asosiy texnologik xususiyatlariga quyidagilar kiradi: 
- infokommunikatsiya xizmatlari tarmoqni boshqarish modelining eng 
yuqorisida joylashadi; 
- ko‘pgina infokommunikatsiya xizmatlari mijoz va server qismlarni 
mavjudligini taxmin qilishadi: mijoz qismi foydalanuvchi qurilmalarida 
qo‘llaniladi, server qismi esa xizmat tugani deb ataladigan maxsus ajratilgan 
aloqa tugunida qo‘llaniladi; 
- infokommunikatsiya xizmatlari, yuqori uzatish tezligi, kiruvchi va chiquvchi 
axborot oqimlarini nosimmetrikligi bilan xarakterlanuvchi multimediali 
axborotlarni uzatishni taxmin qiladi; 
- infokommunikatsiya xizmatlarini etkazish uchun, ulanishning murakkab ko‘p 
nuqtali konfiguratsiyasi zarur; 
- abonentlarga xizmat qiluvchi infokommunikatsiya xizmatlari, xizmat 
chegarasida qo‘shimcha manzillardan foydalanishi mumkin. 
Infokommunikatsiya xizmatlari quyidagi talablarga javob berishi kerak: 
1. Xizmat mobilligi; 
2. YAngi xizmatlarni tez va moslashgan holda uzatish; 
3. Kafolatlangan sifatli xizmat. 
Infokommunikatsiya xizmatlarining talablariga konvergensiya jarayoni katta 
ta’sir qiladi. Konvergensiya holatida barcha xizmatlar ulanish usulidan qat’iy nazar 
foydalanuvchi uchun ochiq hisoblanadi.
14 
Infokommunikatsiya xizmatlarining yuqoridagi xususiyatlarini inobatga olgan 
holda kelgusidagi aloqa tarmoqlariga quyidagi talablar qo‘yiladi: 
1. Multiservislik ya’ni transport texnologiyalari etkazadigan 
xizmatlarga texnologiyalarning bog‘liq emasligi; 
2. Keng polasalik ya’ni mijozlarning talabidan kelib chiqqan holda 
moslashuvchan va dinamik o‘zgaruvchan keng polasali axborotlarni uzatish 
tezligi; 
3. Multimedialik ya’ni tarmoqning ko‘p koponentli axborotlarini uzatish 
qobiliyati (ovoz, video ma’lumotlari, audio). Bunda real vaqtda shu 
komponentlar uchun lozim bo‘lgan sinxronizatsiya murakkab 
konfiguratsiyali ulanishni qo‘llash amalga oshadi; 
4. Intelektuallik ya’ni xizmatlarni, chaqiriqlarni va foydalanuvchi yoki 
xizmatlarni yaratuvchilar tomonidan boshqarish imkoniyatlari; 
5. Invariantlik ya’ni xizmatlarga ulanish qo‘llaniladigan texnologiyalarga 
bog‘liq bo‘lmagan holda amalga oshadi; 
6. Ko‘p operatorlik ya’ni xizmatlarni etkazish jarayonida kshp 
operatorlarning qatnashishi va faoliyat sohasiga mos holda ularning 
javobgarligini ajratish. 
Bundan tashqari kelajakdagi aloqa tarmoqlarini talablarini shakllantirish 


uchun xizmatlarni ishlab chiqaruvchilarning faoliyat xususiyatlarini hisobga olish 
zarur. Bunda tarmoq xizmatlarini ishlab chiqaruvchilariga bo‘lgan asosiy 
talablarga quyidagilar kiradi: 
- “Multioperator” muhitida qurilmalar ishini ta’minlash imkoni ya’ni 
tarmoqqa ulanish uchun bir necha aloqa operatorlariga darxol ulanish, shu 
jumladan ulanuvchi satxga ham; 
- hamkorlikda xizmatlarni etkazish uchun, xizmatlarni ishlab chiqaruvchilar 
tugunlarning o‘zaro bog‘lanishini ta’minlash. 
Kanallar kommutatsiyasiga va paketlar kommutatsiyaga ega bo‘lgan, mavjud 
umumiy foydalanuvchilar tarmog‘i hozirgi paytda yuqorida takidlab o‘tilgan 
talablarga javob bermaydi. Odatdagi tarmoqlarning chegaralangan imkoniyatlari, 
yangi infokommunikatsiya xizmatlarini takomillashtirish yo‘lida saqlanadigan 
faktorlardan biridir. Boshqa tomondan etkaziladigan xizmatlarning hajmini oshishi, 
mavjud aloqa tarmoqlarining bazaviy xizmatlarini chaqiruvchi sifatli xizmat 
ko‘rsatkichlariga yomon ta’sir qilishi mumkin. Bularning barchasi keyingi avlod 
aloqa tarmoqlarini yaratish yo‘nalishida, odatdagi aloqa tarmoqlarini rivojlantirish 
rejalarida infokommunikatsiya xizmatlarini mavjudligini hisobga olishga majbur 
qiladi. 

Download 200.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling