Intelektual boshqaruv va kompyuter tizimlari


Download 30.14 Kb.
bet6/8
Sana20.10.2023
Hajmi30.14 Kb.
#1713053
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Intelektual boshqaruv va kompyuter tizimlari-fayllar.org

Nosozlik turi
Foizlarda Soni 
O‘tkazgichlarda qisqa tutashuv
34
O‘tkazgich va tashqi qutblarda uzilishlar
27
Tarkib komponentlarining noto‘g‘ri ishlashi
15
Tarkib komponentlarining nosozligi
5
Boshqa nosozliklar
2
Juda ko‘p xollarda uchraydigan nosozliklar modeli – bu konstanta
buzilishlaridir. Qisqa tutashuv nosozligi raqamli qurilma montaj o‘tkazgichlarida
paydo bo‘ladi. Raqamli qurilmalarni loyixalashni keyingi bosqichi texnik taklif
xisoblanadi. Bu yerda texnik vazifani analizi o‘tkaziladi, ya’ni loyixalanayotgan va
xozirda mavjud bo‘lgan maxsulotni taqqoslash, ko‘ndalang qo‘yilgan masalani
mavjud bo‘lgan turli yechim variantlarini baxolash o‘tkaziladi.
Keyingi bosqich – eskiz loyixa dokumentatsiyasini (xujjatlarini) loyixalash.
Ushbu bosqichda maxsulotni ishlab chiqarish optimal bo‘lgan varianti, uning
struktura sxemasini va konstruktiv ish bajarish prinsipi tanlanadi. Buning uchun
maxsus xisob kitoblar o‘tkaziladi, sxema loyixalanadi, eskizlar loyixalanadi,
maxsulotni yaxlit xolicha yoki maxsulotni aloxida qismlarini maketlari tayyorlanadi
va sinovdan o‘tkaziladi, maxsulot sxemasi qurilishi lozim bo‘lgan asosiy elementlar
bazasi tanlanadi. Buyurtmachi tomonidan ko‘rib chiqilgan va tasdiqlangan eskiz
loyixa texnik loyixani bajarish uchun asos xisoblanadi. Texnik loyixani maqsadi –
ishchi xujjatlar komplektini bajarishga tushish uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi
konstruksiya va sxema bo‘yicha yakuniy texnik echishni ishlab chiqishdir. Buning
uchun texnik loyixa bosqichida prinsipial sxemaning to‘liq xisob kitobi, maxsulotni
bloklarga va subbloklarga ajratilishi o‘tkaziladi, chizmalar tayyorlanadi va ular
asosida konstruktiv maketlar tayyorlanadi, bu esa bo‘lajak maxsulotni qiyofadoshi
xisoblanadi. Texnik loyixa buyurtmachi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng tajriba
namunasining raqamli qurilmalarini loyixalash boshlanadi.
Raqamli qurilmalarni tayyorlash, nazorat qilish, ishlatish va ta’mirlash uchun
kerak bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z tarkibiga olgan matnli yoki grafik xujjatlar
tayyorlanadi.
Raqamli sxemaning testli diagnozlash muammosi, ularni ularni ishlab chiqish
va qo‘llashning har xil bosqichlarida paydo bo‘ladi va bir-biriga bog‘langan
masalalardan iborat. Ulardan birinchisi izlanayotgan sxema qanday xolatda
turganligini aniqlashdan iboratdir.



12
Raqamli sxemaning asosiy xolati bu sozlikdir - bu sxemaning shunday texnik


xolatiki, unda sxema texnik xujjatlarda qo‘yilgan, barcha talablarga javob beradi.
Bo‘lak xollarda esa sxema nosozlik xolatlarning birida bo‘ladi. Agar raqamli
sxemada nosozlik aniqlangan bo‘lsa u holda ikkinchi masala echiladi: sxemadagi
nosozlik (defekt)ni izlash amalga oshiriladi, uning maksadi - nosozlikning joyi va
turini aniqlashdir.
Raqamli sxemaning nosozligi - bu sxemani noto‘g‘ri ishilashiga sababchi, bir
yoki bir necha elementlarni - sxemani tashkil etuvchilarning fizik kamchiligidir.
Paydo bo‘luvchi nosozliklarning fizik tabiati har turli harakterga ega.
Nosoz komponentlarni qo‘llash natijasida, komponentlararo bog‘lanishlarda
uzilish yoki qisqa tutashuvlar paydo bo‘lishi, qurilmalarni ishlatish koidalariga rioya
qilmaslik, loyixadagi va ishlab chiqarishdagi xatolarni va boshqa shunga
o‘xshashlarni borligi natijasida, raqamli qurilmalarda nosozlik paydo bo‘ladi.
Nosozlikning aniq turini vujudga kelish extimoli ko‘p jixatlarda bir qator
omillarga, ya’ni raqamli qurilmaning (RQ) turiga, ularni tayyorlash texnologiyasiga,
komponentlarning tarkibiy to‘plamiga va sho‘nga o‘xshashlarga bog‘liq. Misol
sifatida 1.2 jadvalda RQ bosma uzellarini tekshirishda aniqlangan nosozliklarning
tarkibiy taqsimoti foizlarda keltirilgan. Bu jadvaldan ko‘rinadiki, o‘tkazgichlarning
qisqa tutashuvi va uzilishlar tez-tez uchrab turadi.
RQ nosozliklarini tavsiflash uchun ko‘p xollarda: konstant nosozliklar, qisqa
tutashuv nosozliklari, invers va boshqa turdagi nosozliklarning matematik modellari
qo‘llaniladi. Ko‘pincha ishlatiladigan nosozliklar modeli bo‘lib, konstant
nosozliklar qo‘llaniladi: konstanta no‘l = 0, yoki no‘llar va konstanta bir=1 yoki
birlar.



Download 30.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling