Intellekt va kreativlik
Download 361.73 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqpsixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reja: ◦ ◦ Intellekt va kreativlik haqida tushuncha. ◦ Intellekt va kreativlikning o‘zaro aloqasi
- Intellektning rivojlanishidagi jinsiy farqlar.
- Ma’lumki, ba’zi insonlar aniq fanlar yuzasidan ba’zi insonlar gumanitar fanlar yuzasidan qobiliyatga ega bo‘lishadi. Yana yuqori darajadagi talantga ega
NIZOMIY TDPU FIZIKA VA MATEMATIKA FAKULTETI MI 103-GURUX TALABASI ABDURAXMANOVA DIYORANING Psixologiya fanidan tayyorlagan mustaqil ishi ◦ INTELLEKT VA KREATIVLIK. ◦ ◦ Reja: ◦ ◦ Intellekt va kreativlik haqida tushuncha. ◦ Intellekt va kreativlikning o‘zaro aloqasi ◦ Intellektni o‘lchashda zamonaviy testlar tarixi. ◦ Intellektning shaklllanishida atrof- muhim va irsiyatning roli. ◦ Intellektning rivojlanishidagi jinsiy farqlar. ◦ ◦ Ma’lumki, ba’zi insonlar aniq fanlar yuzasidan ba’zi insonlar gumanitar fanlar yuzasidan qobiliyatga ega bo‘lishadi. Yana yuqori darajadagi talantga ega bo‘lagan rassomning oddiy matematik misollar oldida esankirab qolishini va ajoyib matematikni ozroq badiiy qobiliyatga ega bo‘lishini kuzatganmiz. Bunday insonlarni aqilli deb aytishimiz mumkinmi. ◦ Spirmenning fikricha malakaning umumiy yig‘indisi, bizning aqliy hulq-atvorimizga bog‘liqdir deb tushuntirgan. Shu kungacha Spirmenning umumiy intellekt nazariyasi, ya’ni intellektni bir taraflama baholash nazariyasi ko‘plab noroziliklarga sabab bo‘lgan. Spirmendan farqli o‘laroq Terstoun aqliy qobiliyatlarning 56 xil testlar, 7 ta klaster orqali baholashni joriy etdi. Terstoun insonlarni yagona shkala orqali baholamadi. U agar shaxs 7ta klasterdagi barcha masalani muvaffaqiyatli echsa, u qolgan barcha sohalarda ham xuddi shunday mavaffaqiyatga erishadi deb bilgan. Ular aqliy qobiliyatni jismoniy qobiliyat bilan taqqoslashgan. Uning fikricha, shtanga ko‘tarish bo‘yicha jahon chempioni yaxshigina figuristtik sport turi bilash ham shug‘ullanishi mumkin. Chunki undagi jismoniy tayyorgarlik shunga imkon beradi. ◦ Satosi Kanadzava (2004 y.) umumiy intellektni intellektning bir turi sifatida ko‘radi. Umumiy intellekt bizga kundalik hayotda mavjud muammoalarni hal qilishda yordam beradi. ◦ Spirmenning fikricha, insonlarda umumiy intellekt mavjud. Uning fikricha insonlarni bir- biridan ajratib turuvchi o‘ziga xos qobiliyatlari bor.Spirmen faktorli analiz, statistik protsedurani ishlab chiqdi. U bog‘liq elementlarning muvaqqat bog‘lanishlarini tushuntirib bergan. ◦ Kreativlikning ajratilishiga aqlning an’anaviy testlari va muammoni yechishning muvvafaqiyati o’rtasida bog’lanish yo’qligi haqidagi ma’lumot turtki bo’lgan. Bu sifat mohiyatan aql orqali berilgan ma’lumotlarni, qo’yilgan vazifalarni hal qilishda tezkor usul va har xil yo’sindan foydalanish qobiliyatiga bog’liqligini ifodalaydi. ◦ 1962 yilda J.W.Getzels va P.W.Jackson [10] aqliy ijodiylikning ko’rsatkichlari orasida bog’liqlik yo’q, degan ma’lumotni matbuotda e’lon qilishgan. Ular ijodiylikni o’lchash uchun o’zlarining (Sr) koeffitsentini kiritishgan, xolos. Aqliy iste’dod esa bolaning guvohnomasidagi yoshiga nisbati qo’lga kiritgan muvaffaqiyatlarining miqdori bilan o’lchanib, IQ koeffitsenti bilan belgilanadi. IQ va Cr koeffitsentlarini ajratish qobiliyat bilan mantiqni aqliy ijodiylikka qarama-qarshi qo’yishga omil bo’lgan. Xuddi shu bois ham XX asrning 60-yillariga kelib, ijodiylikning 60 dan ortiq ta’rifi ishlab chiqildi. Ijodiylik ta’riflarini tahlil qilish orqali ularni 6 turga ajratish mumkin: geshtaltik ta’rif (ijodiy jarayonni mavjud geshtaltlarni buzib, yaxshirog’ini tuzish sifatida ta’riflanadi), innovatsion (yangi) ta’rif (so’nggi natijaning yangiligi bo’yicha ijodiylikni baholashga yo’naltirilgan), estetik yoki ekspressiv (ijod qiluvchining o’zini-o’zi ifodalashga ahamiyat beruvchi), psixoanalitik (ijodiylikni “U”, “Men” va “Ideal – Men” o’rtasidagi o’zaro munosabat deb ta’riflovchi); muammoli (ijodiylikni masalalar yechish jarayoni deb aniqlaydigan. Bunga J.P. Guilfordning “Ijodiylik – divergent qobiliyat jarayonidir”, degan ta’rifini ham mujassamlashtirish mumkin), oltinchi tipga yuqorida ta’riflangan tiplarning birortasiga ham kirmaydigan har xil ta’riflarni kiritish mumkin (masalan, “umuminsoniy” bilimlar zaxirasini to’ldirish) ◦ Hozirgi davrda to’plangan ijodiylik atamasiga taalluqli ta’riflar mazmuni, mohiyati va tuzilmasini baholash qiyin. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, “ijodiylikning nimaligini tushunishning o’zi ijodiy harakatni talab qiladi. So’nggi yillardagi tadqiqotlar mualliflaridan biri ijodiylikni qandaydir ahamiyatli va yangi narsaga erishish deb, ya’ni “boshqacha aytganda, bu insonlarning dunyoni o’zgartirish uchun qilgan harakatlari” sifatida ta’riflaydilar ◦ Gardner o‘z tadqiqotini bosh miyasi ba’zi qismlari fiziologik jihatdan shikasitlangan sinaluvchilarda o‘tkazgan. Ular ko‘pincha intellekt testlaridan quyi ballarni egallashgan. Bu sindrom vakillarining ba’zilarida nutq rivojlanmagan. Lekin qo‘shib ayirishni xuddi elektron hisoblagichday tezda hisoblay olish qobiliyatiga ega bo‘lishgan. Ba’zilari, biror tarixiy kun bilan bog‘liq sanalarni yoddan bilishgan. Bunday sindrom egalari hattoki baddiy ijodda ham muvaffaqiyatlarga erisha olishgan. Yuqoridagi faktlardan foydalanib, Gardner shaxsda intellekt emas, balki bir necha xil ong mavjud degan fikrga kelgan. Umuman olganda shaxsda 8 xil ko‘rinishdagi qobiliyat borligini aytib o‘tadi. Agar shaxs biror sohada muvaffaqiyatga erishsa, demak u qolgan sohalarda ham yaxshi natijalarga erishadi deb aytib bo‘tgan. ◦ 1980 yillarga kelib Spiremennig yagona intellekt nazariyasini va Terstounning akedemik qobiliyatlar nazariyalarini taqqoslash jarayoni kuzatilgan. Ularning fikricha, shaxs biror kognitiv sohada muvaffaqiyatga erishayotgan bo‘lsa, demak u boshqa sohalarda ham xuddi shunday zafarlarga erishadi. Hayotga moslashishning asosiy omili shaxsdagi umumiy intellekt emas, balki vaqt o‘tib, qobiliyatlar bir-biriga ta’sir eta boshlao‘idir. X.Gardner intellekntni bir necha qobiliyatlar yig‘indisi deb qaragan. U o‘z tadqiqotlarini past qobiliyatli odamlarda o‘tkazgan. Miyaning shikastlanishi bir qobiliyatni so‘ndirishi mumkin lekin qolgan qobiliyatlarni qoldirishi mumkin deb hisoblagan. ◦ Download 361.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling