Intellektual mulk agentligi Bosh direktori A. Fayzullaevning 2018 yil 23 noyabr kuni o'tkazilgan matbuot anjumanidagi ma'ruzasi
Download 37 Kb.
|
Бош директор маърузаси (Матбуот анжумани)
Intellektual mulk agentligi Bosh direktori A.Fayzullaevning 2018 yil 23 noyabr kuni o'tkazilgan matbuot anjumanidagi ma'ruzasi "Plagiat bilan kurashish va internetda mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilishning o'ziga xosligi" va "Respublikaning Oliy o'quv yurtlari va FA ilmiy-tekshirish institutlarida Texnologiyalar va innovasiyalarni qo'llab quvvatlash Markazlarini tashkil etish borasida Intellektual mulk agentligi "IP-CENTER" o'quv markazi tomonidan olib borilayotgan ishlar" mavzularidagi matbuot anjumanidagi ma'ruza Assalomu aleykum hurmatli jurnalistlar!
Ma'lumki, O'zbekistonda mualliflik huquqi va turdosh huquqlar sohasidagi munosabatlarO'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida"gi va "Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma'lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to'g'risida"gi Qonun va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining bir qator qaror va farmonlari bilan tartibga solinadi. Albatta Hukumatimiz tomonidan yuqoridagi masalalar yechimiga qaratilgan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 maydagi "O'zbekiston Respublikasi va Amerika Qo'shma Shtatlari o'rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-3739-son Qarori bilan tasdiqlangan "Yo'l xaritasi" hamda boshqa tegishli hujjatlarga asosan "O'zbekiston Respublikasining Fonogramma tayyorlovchilarning manfaatlarini ularning fonogrammalarini noqonuniy takrorlanishidan muhofaza qilish to'g'risida"gi konvensiyaga, Butunjahon intellektual mulk tashkilotining (BIMT) Mualliflik huquqi bo'yicha Shartnomasiga va BIMTning "Ijrolar va fonogrammalar bo'yicha Shartnomasiga qo'shilishi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi, shuningdek, huquq egalarining intellektual mulk ob'ektlariga bo'lgan mutlaq huquqlarini himoya qilinishini mustahkamlash hamda intellektual mulk ob'ektlaridan noqonuniy ravishda foydalanganlik uchun javobgarlik choralarini aniq mexanizmlarini belgilash maqsadida "O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni loyihalari ishlab chiqildi. Intellektual mulk agentligi o'z navbatida mazkur yo'nalishda vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlikda mualliflik huquqi sohasidagi qonunchilik normalarini qo'llash bo'yicha bir qator tadbirlar o'tkazib kelmoqda. Xususan, joriy yilning 21 iyun kuni Yozuvchilar uyushmasida tegishli vazirlik va idoralar mutasaddi vakillari hamda uyushma a'zolari ishtirokida "Ijodkorlarning mualliflik huquqlarini himoya qilish, ommaviy axborot vositalari, jumladan, elektron OAV, nashriyotlar tomonidan mualliflik haqi to'lashning qonuniy asoslari" mavzusida davra suhbati, 9 noyabrda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha inspeksiyasi bilan hamkorlikda "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar ob'ektlarining huquqiy muhofazasi" mavzusida videokonferensiya, 21-22 noyabr kunlari BIMT bilan hamkorlikda "Mualliflik huquqiga hurmatni shakllantirish, raqamli muhitda kontrafakt va qaroqchilikka qarshi kurash bo'yicha" mintaqaviy seminar o'tkazilganini ham ta'kidlab o'tishimiz lozim. Ma'lumki, hukumatimiz tomonidan mamlakatimiz innovasion salohiyatini oshirish va ilmiy-texnikaviy faoliyatni takomillashtirish maqsadida bir qator qarorlar qabul qilindi. Jumladan, "Ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovasion faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" (2017 yil 1 noyabrdagi PQ-3365-son), "Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovasiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" (2018 yil 7 maydagi PQ-3698-son), "Ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" (2018 yil 14 iyuldagi 3855 -son) va "Ilmiy va innovasion faoliyatni integrasiya qilish tizimi samaradorligini oshirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida"gi (2018 yil 6 avgustdagi PQ-3899-sonli) qarorlarini misol qilish mumkin. Xususan, respublikamiz oliy o'quv yurtlarida va ilmiy-tadqiqot muassasalarida ixtirochilik faoliyatini takomillashtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ya'ni viloyatlarda faoliyat yuritayotgan ixtirochi olimlarni o'z ishlanmalariga huquqiy muhofaza olish, ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish masalalarida uslubiy yordam ko'rsatish maqsadida Agentlik va BIMT o'rtasida "O'zbekiston Respublikasida Texnologiyalar va innovasiyalarni qo'llab-quvvatlash markazlari tashkil etish to'g'risida memorandum" (6 oktyabr 2016 yil) tasdiqlanganligini ham ta'kidlab o'tishimiz maqsadga muvofiqdir. Ushbu Memorandumga muvofiq 2017-2018 yillar davomida Agentlikning Intellektual mulk sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish o'quv markazi "IP-CENTER" DUK tomonidan respublikamiz Oliy o'quv yurtlari va Fanlar Akademiyasi ilmiy-tekshirish nstitutlarida Texnologiyalar va innovasiyalarni qo'llab-quvvatlash markazlari (Markaz) tashkil qilib kelmoqda. Markazlar o'z navbatida ilmiy-texnikaviy ma'lumotlar, xususan intellektual mulk sohasida maxsuslashtirilgan ma'lumotlar bazalari, patent va nopatent axborot manbalaridan ixtirochilar va xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning samarali foydalanishi orqali mamlakatimizning innovasion rivojlanishiga ko'maklashish, intellektual faoliyat natijalarini yaratish va ulardan samarali foydalanishni rag'batlantirish, masofaviy o'qitish orqali joylardagi foydalanuvchilarni tayyorlash, ma'lumot va o'quv materiallarini taqdim etish kabi vazifalar va xizmatlarni amalga oshiradi. Hozirgi kunga kelib respublikamizda jami 9 ta, jumladan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Akademik S.Yu. Yunusov nomidagi O'simlik moddalari kimyosi instituti, Berdaq nomidagi Qoraqalpog'iston Davlat universiteti, Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti, Farg'ona davlat universiteti, "Fizika-quyosh" ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi Fizika texnika instituti, Jizzax politexnika instituti, Namangan muhandislik texnologiya instituti va Andijon davlat universiteti qoshlarida Texnologiyalar va innovasiyalarni qo'llab-quvvatlash markazlari tashkil etildi. Shuningdek Markazlarning 17 mutaxassisi bugungi kunda "IP-CENTER" o'quv markazida "Intellektual mulk asoslari" kurslarini va 10 ta mutaxassisi Rossiya davlat intellektual mulk akademiyasining masofaviy kurslarini tugatdilar. Download 37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling