Intellektual o‘lchash sistema­SI, uning strukturasi va vazifalari


Download 48.98 Kb.
Sana12.10.2023
Hajmi48.98 Kb.
#1699612
Bog'liq
4 maruza IUA


4-Ma’ruza
INTELLEKTUAL O‘LCHASH SISTEMA­SI, UNING STRUKTURASI VA VAZIFALARI.
Тexnologik jarayonlarni nazorat qilish, ularni sozlash va boshqarish, shuningdek, mashina va agregatlarning parametrlarini tadqiq qilish, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik va parrandachilik mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, qayta ishlash texnologik jarayonlarida, gidromeliorativ tizimlarni avtomatlashtirishda ko‘pgina noelektrik kattaliklarni yuqori aniqlikda o‘lchash talab qilinadi. Bu kattaliklarga mexanik siljish, tezlik, kuch, tezlanish, deformatsiya, suv va suyuqliklar sathi hamda sarfi, bosim, harorat, namlik, mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlari va boshqa yuzdan ortiq parametrlar kiradi. Bu kattaliklarni uzoq masofadan turib kam xatoliklar bilan o‘lchash va uzatish katta afzalliklarga ega bo‘lgan elektrik usullar hamda elektr o‘lchash vositalari yordamida bajariladi.
Noelektrik kattaliklarni o‘lchashda qo‘llaniladigan vositalar xilma-xil bo‘lishiga qaramay, o‘lchash usuli va vositalarining umumiy xususiyatlari ham mavjud. Umumiylik shundan iboratki, o‘lchanayotgan har qanday noelektrik kattalik avval unga proporsional bo‘lgan elektr (tok, kuchlanish, qarshilik, chastota va boshqalar) kattaligiga aylantiriladi, keyin esa elektr o‘lchash asbobi yordamida o‘lchanadi (4.1- va 4.2- rasmlar).

4.1- rasm. Noelektrik kattaliklarni o‘lchash zanjirining umumlashgan
struktura sxemasi.
Noelektrik kattaliklarni o‘lchashda ishlatiladigan o‘zgartkichlarga qo‘yiladigan asosiy talab o‘lchash ma’lumotining aniqligi va jarayonni to‘g‘ri aks ettirishdir.
O‘lchanayotgan kattalikni o‘zgartirish usuli (bevosita, bilvosita yoki muvozanatlash) ga ko‘ra u yoki bu turdagi xatoliklar yuzaga keladi.

4.2- rasm. Muvozanatlashgan usulga asoslangan noelektrik kattalikni
o‘lchashning umumlashgan struktura sxemasi.
O‘LCHASH O‘ZGARTKICHLARINING ASOSIY METROLOGIK XARAKTERISTIKALARI
Ma’lum fizik qonunlar asosida ishlovchi va birorta o‘lchash o‘zgartirishini bajaruvchi texnik qurilma o‘lchash o‘zgartkichi deb ataladi.
Demak, o‘lchash o‘zgartkichi bir fizik kattalikni u bilan funksional bog‘langan boshqa bir fizik kattalik orqali aks ettiradi.
Тuzilishi va ishlash asosiga ko‘ra, o‘lchash o‘zgartkich (O‘O‘) lari xilma-xil bo‘lsa-da, ular o‘zgartirish funksiyasi, graduirovka xarakteristikasi, xatoligi, o‘lchash diapazoni kabi umumiy xarakteristikalar bilan xarakterlanadi.
ГОСТ 8009–84 ga ko‘ra, o‘zgartirish funksiyasi – O‘O‘ chiqish signali informativ parametrining kirish signali informativ parametri bilan funksional bog‘liqligi analitik, jadval va grafik ko‘rinishida ifodalanadi.
Darajalash natijasida olingan chiqish va kirish qiymatlarining o‘zaro bog‘liqligi O‘O‘ning graduirovka xarakteristikasi deyiladi. U formula, jadval va grafik ko‘rinishlarida berilishi mumkin.
O‘O‘ning xatoligi haqiqiy va nominal (o‘lchangan) o‘zgartirish funksiyalari orasidagi farq bo‘lib, o‘lchash vositalari xatoliklari singari topiladi.
O‘O‘ning o‘lchash diapazoni deb, o‘lchash xatoligi normallashtirilgan o‘lchash kattaligining qiymatlar sohasiga aytiladi.
O‘O‘ning yuqorida keltirilgan xarakteristikalaridan tashqari parametrlarning mo‘tadilligi, ishonchliligi, massasi, narxi, gabarit o‘lchamlari va boshqa parametrlari ham o‘rganiladi.
O‘lchash o‘zgartkichlarining klassifikatsiyasi
O‘O‘ vazifasi va ishlash prinsipiga ko‘ra klassifikatsiyalanadi. Ular vazifasiga ko‘ra mexanik, gidravlik, issiqlik, kimyoviy, biologik, pnevmatik va boshqa kattaliklar O‘O‘ga bo‘linadi. Generator O‘O‘ da o‘lchanayotgan noelektrik kattalik unga proporsional bo‘lgan E.Yu.K. yoki tokka o‘zgartiriladi.
Ularga elektromagnit, induksion, termoelektrik (termojuftliklar) pyezoelektrik va galvanomagnit O‘O‘ kiradi. Parametrik O‘O‘da o‘lchanayotgan kattalik qarshilik, induktivlik, o‘zaro induktivlik va sig‘im kabi elektr zanjirining parametrlariga o‘zgartiriladi. Ularga elektromagnit (induksion, transformator va magnit qisiluvchi), termorezistor, optoelektrik (fotorezistorlar, fotodiodlar va fototranzistorlar), elektrokimyoviy (elektrolitik), rezistiv va elektrostatik O‘O‘ kiradi.
Nazorat savollari:

  1. O`lchash o`zgartirgichlari haqida nima bilasiz?

  2. O`lchash o`zgartirgichining o`lchash diapazoni nima?

  3. O`lchash o`zgartirgichlari vazifasiga ko`ra turlari qanday?

Download 48.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling