Mavzu: San’at va ma’naviyat ravnaqi Reja: Baxshichilik san’ati
Download 22.96 Kb.
|
San’at va ma’naviyat ravnaqi
Mavzu: San’at va ma’naviyat ravnaqi Reja: Baxshichilik san’ati. Hozirgi kunda san’at va ma’naviyat ravnaqi. San’at – ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib , manaviy madaniyatning tarkibiy qismi , dunyoni manaviy anglashning maxsus turidir . San’atning turli ko’rinishlari voqelikning , undagi hodisa , narsa va holatlarni o’zlariga hos usullar yordamida aks ettiradi ( masalan , musiqada – tovushlar ularning o’zaro bog’lanishi , uyg’unligi orqali , badiiy adabiyotda – so’z , obrazlar orqali ) . Lekin shu bilan birga , ular o’rtasida ma’lum umumiylik mavjud . Bu umumiylik shundan iboratki , ularing hammasida voqelik badiiy – badiiy obrazlik tarzda aks ettiriladi . San’atni tushunish , uning kishilar hayotidagi ro’lini aniqlash masalasi butun madaniyat tarixi davomida keskin baxs , tortishuvlarga sabab bo’lib kelgan . Masalan , ba’zi san’atkor va san’atshunoslar uni “ tabiayning taqlidi “ yo “ voqelikning aks ettirilishi “ deb hisoblashsalar , boshqalari san’atni “ san’atkorning sof shaxsiy ijodiy mahsuli “ , “ o’z – o’zini ishor etishi “ dir, deb bilganlar . Bu san’at predmetning murakkabligi , uning hususiyatlari va shakllari , mujassamlashtirish usullarining xilma – xilligi hamda turli davrda san’at nazariyatchilarining sinfiy va g’oyaviy fikrlari o’rtasidagi tafovutlar bilan izohlanadi . San’atda go’zallik kategoriyasi muhim ahamiyat kasb etadi . Estetika fani – go’zallik san’atning zarur sharti ekanligini , go’zalliksiz san’atning yo’qligi va bo’lishi muhim emasligini uqtiradi . San’atning o’ziga hos hususiyati uning voqelikni ilg’or g’oyaviy nuqtai nazardan turib badiiy obrazlarda aks ettirishdir . San’atning badiiy shakli til , uslub , obraz kabilar bo’lib , ular mazmunini ifodalash uchun hizmat qiladi . Insonni badiiy – ijodiy faoliyati rang – barang bo’lib , u san’at turlari yoki janrlarda namoyon bo’ladi . Ular o’z navbatida qator ko’rinishlarga ega bo’lishi mumkin . Umuman olganda san’at dunyoni badiiy – obrazli anglashning turli , ya’ni umumiy va o’ziga hos hususiyatiga ega bo’lgan usullar majmuasidan iborat tarixiy tizimdir . San’at juda qadimiy tarixga ega . U jamiyat taraqqioytining ilk bosqichlarida mehnat jarayoni bilan , kishilar ijtimoiy faoliyatining rivojlanishi bilan bog’liq holda vujudga kela boshlagan . San’atshunoslik – keng ma’noda jamiyatning badiiy madaniyatini , umuman , san’atni o’rganish , tatqiq etish bilan shug’ullanuvchi ijtimoiy fanlar majmuidir . Bu majmuaga kiruvchi adabiyotshunoslik ( filologiya fanlari sirasiga ham kiradi ) , musiqashunoslik , teatrshunoslik , kinoshunoslik va tor ma’nodagi san’atshunoslikdan iborat . Tor ma’nodagi san’atshunoslik tasviriy san’at , amaliy bezak san’ati va me’morchilikni tatqiq etish bilan shug’ullanadigan ijtimoiy fan bo’lib , san’atshunoslik deganda , ko’pincha uning shu ma’nosi ko’zda tutiladi va keng ishlatiladi . Shu ma’nodagi san’at bir – biri bilan uzviy bog’liq bo’lgan uch tarmoq : a)san’at nazariyasi ; b) san’at tarixi ; d) badiiy tanqitdan iborat . San’atshunoslik , umuman , ana shu tarmoqlar doirasida san’atning borliqga munosabati , uning tarixiy taraqqiyoti , ijtimoiy roli , jamiyat tarixiy taraqqiyoti obyektiv qonunlari bilan bog’liqligi , ujtimoiy tizim va ishlab chiqarish kuchlari darajasining san’at va me’morchilikka ta’siri , san’atning mazmuni va shakllari bilan bog’liq masalalarni o’rganadi . San’atkorning ijodiy yo’llarini tavsiflaydi , san’at asarlarini tahlil etadi , ommalashtiradi va tag’rib qiladi San’at va mafkura. Milliy istiqlol mafkurasini yoshlar ongiga singdirish jarayonida san’at alohida o’rin tutadi . Shuningdek san’at inson manaviy dunyoqarashini kengaytiruvchi , uni shaxs sifatida tarbiyalovchi vositlardan biridir . san’at insoniyatning ezgulik tomon harakati uchun zarur bo’lgan o’zaro muloqatlar vositasi bo’lib turli qit’alar va davlatlarni o’zaro bog’laydi . San’at odamlarning his – tuyg’ularini tafakkurini mavhum tarzda emas , balki jonli badiiy qiyofalarda aks ettiradi , chunki u o’ziga hos his – tuyg’ular hazinasidir . San’at badiiy qiyofa obraz vositasida to’la namoyon bo’ladi . Badiiy qiyofa san’atkor o’zlashtirib olgan tashqi dunyo bilan uning ichki dunyosi birligida ko’rinadi . Iste’dodli aktyorlar haqqoniy hayot manzarasini yaratib o’z his – tuyg’ulari va kechinmalari bilan zavqlantirib o’zligini to’la namioyon qila olishi mumkin . San’atkorning ichki kechinmalari bilan sug’orilgan badiiy qiyofaga hech narsa teng kela olmaydi . Teatr , musiqa , kino “ oynai jahon “ kabi talqiniy san’at turlarida badiiy qiyofa o’sha qiyofa timsolini talqin qilish jarayoniga bog’liq . Bu yerda yozuvchi yoki bastakor ijodi mahsuli ular yaratgan badiiy qiyofalar talqini san’atkor mahorati tufayli yuzaga chiqadi . Masalan : Abror Hidoyatov , Sora Eshoto’rayeva , Hamza Umarov , Razoq Hamroyev , Olim Xo’jayev , Zaynab Sadriyeva , Nabi Rahimox kabi ijodkorlar ijrosida “Navoiy” , “Jaloliddin Manguberdi” , “Atello“ , “Hamlet” , “Qirol Lir” , “Nurxon” , “ Qaynona “ , “ Ota “ kabi asarlardagi badiiy qiyofalar bunga misol bo’ladi . San’atkorni dunyoqarashi qanchalik keng va aqliy tajribasi qanchalik boy bo’lsa uning ijodi ham shunchalik samarali va mazmundor bo’ladi . San’atni idrok etish insonga hamma vaqt o’zini yaxshi anglashga imkoniyat yaratadi , badiiy asar individual ijod mahuslidir . San’at asarlari yaratilishi ikki narsani , ya’ni badiiy obrazli tafakkur qilshni hamda uni amalda ifoda eta olish malakasini o’z ichiga oladi . San’at ilohiyatning tuhfasi , ijodiy mehnat mahsulidir . Agar badiiy obrazli fikr yuritish voqelikni badiiy o’zlashitirish badiiy imkonni tug’dir bo’sa faqat ijodiy mehnatgina uning voqelikka aylanishiga asos bo’la oladi . Hayotni kuzatish san’atkorga ham , olimga ham juda zarur . San’atda voqelik badiiy to’qimasiz , to’qima esa voqea narsalarsiz aks etmaydi . Voqelik hayol tasavvur hosil qiladi . San’at voqelikni obrazli aks ettiruvchi shaklidir . Badiiy qiyofa mazmuni uning shakli yaratishlish jarayonida o’zgarib ketishi ba’zan uni qayta mushoxada qilish sodir bo’lishi mumkin San’atda badiiy qiyofa uni mazmuni va shakli tushunchalari orqali yorqinroq anglashiladi . San’at mazmuni va shakl masalasi estetik nazariyada muhim o’qin tutadi . San’atda mazmun va shakl asarni badiiy idrok hususiyatlari mahorat masalalari kabi badiiy madaniyat nazariyasi hamda amaliyotning asosiy masalalari bilan chambarchas bog’lanib ketgandir . San’at mazmun va shakl bir – birini izohlaydi . Shakl muayyan bir mazmunni ifodalasa , mazmun ham muayyan shakllda namoyon bo’ladi Har bir narsaning o’zgarishi avvalo mazmun o’zfarishdan boshlanadi . Mazmunga bo’y sunadigan shakl , birligda mazmun yetakchilik qiladi . Mazmunga bo’y sunadigan shakl ham nisbiy mustaqillikka egadir . San’atning barcha turlari badiiy shakllarga ega bo’lib u ko’proq asar tuzilishi ( kompozitsiya) bilan bog’liq . Asar tuzilishi tomoshabin yoki o’quvchi diqqat et’iborini g’oyaviy muddaoga qaratish imkoni beradi . San’at turlarida qo’llaniladigan ijodiy uslub yoki san’at uslubi ham jiddiy ahamiyatga egadir . San’at mahorati faqat texnika bilan o’lchanmasa ham , uni egallamay turib mohir usta bo’lib yetishish mumkin emas . Barcha san’at turlari yuksak ifodalik qonuniga bo’y sunadi . Demak san’at turlarida badiiy tuzilma (kompozitsiya) vazn , tasviriy ifodaviy va moddiy vositalar majmuiy san’at shaklini tashkil etadi . Shakl hamma vaqt muayyan mazmunini ifodalaydi . San’at asarlarida mavzu , syujet yordamida oydinlashadi . Syujet asarda ko’rsatilmoqchi bo’lgan hodisa yoki hodisalar yig’indisi bo’lib , u o’z navbatida asar personajlarini bir – biriga bog’lab turadi . G’oya asar mazmuni asosini tashkil qiladi . Asarning g’oyaviyligi uning mazmundorligidan darak beradi . Shunday qilib san’at asarlarini mazmunini badiiy g’oya asar mavzusi , asar syujeti hamda san’atkor tomonidan hayot hodisalarini yig’indisini tashkil qiladi Badiiy shakl tarkibiy qismlarning asosini kompozitsiya tashkil qiladi . Kompozitsiya o’zi anglatgan ma’noga ko’ra , syujetga yaqin turadi . Agar badiiy asarni syujeti voqealar rivoji bo’lsa kompozitsiya ularni bir – biri bilan bog’laydi . U asar mazmunini ifodolvchi qismlarning yaxlitligini ta’minlaydi . Ko’rinib turibdiki san’at asarlarining shakli , tuzilishi jihatdan xilma – hildir , mazmun va shakl elementlarining uzviy bog’liqligi san’at asarlarida badiiy usul deb ham yuritiladi . Demak , mazmub birlamchi va belgilovchi , shakl esa ikkilamchi . Shakl mazmuniga bo’y sunadi San’at turlari – san’at mavjudligini tarixan tarkib topgan barqaror shakllaridir . Biz endi san’at voqelikni inson tomonidan aks ettirishning alohida shakli ijtimoiy ongning alohida shakli ekanligi bilib oldik . San’atning umumiy qonunlari va hususiyatlari bilan tanishdik . Uning voqelikni badiiy obrazlarda aks ettirishni bildik . San’atning ijtimoiy vazifasi , uning boshqa hususiyatlari o’ziga hosligi haqida tasavvur qildik . Endi san’atning o’z ichida mavjud bo’lgan hilma – hilliklarni qarab chiqaylik . San’at badiiy adabiyot , me’morchilik , haykaltoroshlik , tasviriy san’at , grafika , musiqa , teatr , kinomatagrafiya , horeografiya (raqs san’ati) dekarativ amaliy san’at va boshqa turlarga bo’linadi . San’atning turlari ko’pligiga sabab , insonning san’at qondirishi lozim bo’lgan estetik ehtiyojlari har – xil ekanligida tashqi dunyoning ko’p qirraliligida inson idrokining o’ziga hos hususiyatlariga ega ekanligida voqelikni o’zi hilma – hil va rang baranglikdadir . Ulardan har bir hayotning biron muayyan tomoninigina bir – biriga nisbatan yaxshiroq aks ettira olishi mumkin . Ba’zan hayotdagi ayni bir hodisa san’atning har – hil turlarida aks ettiriladigan bo’lishi mumkin . Ammo bu bir – birini takrorolash emas chunki san’atning har bir turi ayni bir hodisani o’ziga hosligidan kelib chiqib aks ettiradi . Masalan , ikkinchi jahon urishi haqida ko’plab roman va she’rlar yozildi , drama va kinofilmlar yaratildi , rasmlar chizildi , haykallar qad ko’tardi . Lekin har bir san’at turi o’zini takrorlanmas hususiyatlari bilan ajralib turadi. V.G Belinskiy aytganidek : “ Har qanday san’atning mazmuni , voqelikdir , binobarin u huddi voqealikning o’zidek tuganmasdir “ demakki uning voqelik singari rang – barang va turli – tuman bo’lishi tabiiydir . Chunki ularning har biri aloiha san’at turiga munosibdir . San’at turlari esa bir – biridan doimo farqlanib turadi . Masalan musiqada tovush , tasviriy san’atda rang va chizig’ , adabiyotda so’z , musiqa eshitish vositasida , kinofilm va spektaklni esa ayni vaqtda ham eshitish ham ko’rish yo’li bilan idrok etiladi . Bundan tashqari san’atning turlariga bo’linishning sababi ulardan voqelikni badiiy aks ettirish usuli va soitalarinig har hilligi idrok etish usuli va badiiy obraz yaratishda foydalanilgan materiallarning rang – barangligidadir , shuningdek har bir san’atning o’ziga hos obrazlar tizimi o’zini ifodali vositalari bor . Download 22.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling