Intellektual tizimlar haqida umumiy ma’lumot. Informatsion Intelektual tizimning iqtisodiyotdagi vazifalari. Ekspert tizimlari tarkibi. Bilimlar bazasi


Download 67.79 Kb.
bet6/13
Sana24.12.2022
Hajmi67.79 Kb.
#1057392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Intellektual tizimlar haqida umumiy ma’lumot. Informatsion Intel

ET terminologiyasi.
ETda ishlatiladigan asosiy atamalarni ko‘rib chiqamiz: Algoritm - bu optimal yechim olishni ta’minlaydigan formal protsedura. Bilimlar bazasi - bu ETning soxa bilimidan iborat qismi. Dispetcher - bu bilimlar bazasidan qachon va qay tartibda qoidalarni qabul qilishni boshqarib turadigan mexanizm qismi. Bilim - bu dasturda ishlatiladigan intellektual axborot. Interpretator - bu soxa bilimini qaysi shaklda qabul qilishni boshqaradigan mexanizm qismi. Qaror mexanizmi - bu masalalarni yechish jarayonlarini umumiy sxemasini o‘zida mujassamlashtirgan ETning qismi. Ishonchlilik koyeffitsiyenti - bu berilgan faktlar va qoidalarni aniq hisoblash ehtimoli yoki ishonchlilik darajasi belgilaydigan son. Qoida - bu bilimni quyidagi formal shaklda berilishi: AGAR , U HOLDA . Ekspert tizim - bu oldindan mo‘ljallab qo‘yilgan va boshqa bilimlardan ajratilgan soxa bilimlariga asoslangan dastur. Evristika - fan soxasidagi yechim izlashni cheklaydi yoki soddalashtiradigan qoida. Semantik tarmoq - bu bilimlarni graf shaklida ko‘rsatuvchi metod, unda uch qismlari ob'yektlarni, yoylar esa uning xususiyatlarini bildiradi. Slot - bu ob'yekt xususiyati atributi tavsifi. ETni tashkillashtirilgan strukturasi. ET asosida BB yotadi. Bu yerda bilim faktlar va qoidalarning o‘zaro bog‘liq shaklda qabul qilinadi, xoh ular to‘g‘ri bo‘lsin, xoh noto‘g‘ri yoki qaysidir darajada ishonchlilikka ega bo‘lsin. ETda ko‘p qoidalar, masalan, empirik yoki tajribali qoidalar yoki soddalashtirish, evristika bo‘ladi. 16 ET evristikani ishlatishga majbur, chunki bu yerda yechiladigan masalalar odatda qiyin bo‘ladi va oxirigacha tushunib bo‘lmasligi, matematik yozuvga tushmasligi mumkin. Fan soxasi haqida saralab olingan bilimlar bazaviy bilimlar, masalani yechishda qaror qabul qilishda ishlatiladiganlari esa umumiy bilimlar deyiladi. Shunday qilib, ETdagi BB faktlar va qoidalardan iborat bo‘ladi, qaror qabul qilish mexanizmida esa yangi bilimlar uchun qoidani qanday shaklda qabul qilishni aniqlashtiruvchi interpretator va bu qoidalarni qanday tartibda qabul qilishni o‘rnatuvchi dispetcher bo‘ladi. ETning tashkillashtirilgan sxemasini quyidagi shaklda tasvirlash mumkin: BB (fan soxasidagi bilimlar) faktlar qoidalar interpretator dispetcher Chiqarish mexanizmi (masala yechilishidagi umumiy bilimlar) Oddiy axborotni qayta ishlovchi dasturlardan ETning farqli tomonlari: 1. An’anaviy komp’yuter dasturlari - ixtiyoriy qo‘yilgan masalaga ular doim bir xil jarayonlar ketma-ketligida yondashishadi; ET har bir qo‘yilgan masalaga xususiy yechim daraxtini quradi. 2. ET ixtiyoriy simvolli ifodani (masalan, kontseptual, makon va zamon munosabatlari) qayta ishlaydi. Agar oddiy dasturlarda maqsad - sonli qiymatlarni hisoblash, o‘zgarmaslarni to‘plash va xotiradan chiqarish bo‘lsa, ET uchun maqsad - ob'yektlar va hodisalar oqimini kuzatishda oldindan asosli ko‘rsatmalar va tavsiyalar berishdan iborat. 3. Agar an’anaviy dasturlar matematik qoidalardan kelib chiqsa, ET ishlashi esa belgilarni qayta ishlashga va evristik mulohazalarga asoslanadi. ET inson tafakkurini, aniqlangan muammolarning faraz qilingan yechimlarini imitatsiya qiladi, keyin ulardan eng mos, to‘g‘ri keladiganini tanlaydi. Bunda eng 17 oldin keraksiz yechimlarni tashlab yuboriladi. Bundanda ko‘proq, u egallangan sub'yektiv bilimlarga bog‘liq bo‘lmagan tarkibiy tuzilishidan foydalanadi, tadqiq qilingan inson tizimini hayotiy muammolar yechimiga ekspertiza o‘tkazilishini qabul qilinadi. Muammolarni turli tomondan qarashni tizimli tahlili tufayli, u shundaygina to‘g‘ri keladigan emas, balki eng yaxshi yechimni beradi. ET butunlay insoniy ekspertizaga bog‘liq. 1.8. Ekspert tizimlarni sinflash “Ekspert tizimlar” sinfi hozirda bir necha minglab dasturiy to’plamlarni o‘z ichiga olib, ularni turli kritetiyalar asosida sinflash mumkin. Masalani yechishiga qarab sinflash Ma’lumotlarni interpretatsiyalash. Bu ekspert tizimlari uchun ananaviy vazifalardan biridir. Interpretasiya ostida ma’lumotlar ma’nosini aniqlash tushuniladi, uning natijasi o’laroq to’g‘rilanadi va moslashitiriladi. Odatda ko‘pvariantli tahlil nazarda tutiladi. Diagnostika. Bu ma’lum bir tizimdagi xatolikni aniqlash tushuniladi. Xatolik - bu normal holatdan og‘ish. Bunday tavsif umumiy nazariy jihatdan texnik tizimlarda jihozlarning buzuqligidan tortib tirik organizmlarning kasalligi va turli tabiat anomaliyalarini qurish imkonini beradi. Asosiy xususiyati bu diagnostika qilinayotgan tizimni funksional strukturasini (“anotamiyasi”) tushunish zarurati hisoblanadi. Monitoring. Monitoringni asosiy vazifasi - real vaqtda ma’lumotlarni uzluksiz interpretatsiyasi va ma’lum parametrlarni belgilangan chegaradan chiqishi haqida signal berish. Asosiy muammo - xavfli holatni "o‘tkazib yuborish" va "yolg‘on" xavfli holat haqida signal berish. Bu muammolarning murakkabligi xavfli holatlarning belgilarini aniq emasligi va vaqtni e’tiborga olish zarurati. Loyihalash. Loyihalash oldindan aniqlangan xususiyatli “ob’ekt lar”ni yaratishga tayyorlash. Tayyorlash asboblari sifatida barcha chizmalar, tushuntirish hujjatlari misol bo’la oladi. Bunda asosiy muammo ob’ekt ni aniq strukturolovchi bilimlar olishda va “is” muammosi. Unumli loyihalashni tashkillashtirish uchun va qayta loyihalshda faqat loyihalash yechimlarini shakklantiribgina qolmasdan, balki ularni qabul qilish sabablarni shakllantirish zarur. Loyihalash masalalarida ekspert tizimi doirasida bajariluvchi ikki asosiy jarayon bog‘lanadi: yechimni chiqarish jarayoni va tushuntirish jarayoni. Bashorat qilish. Bashorat qiluvchi tizimlar mantiqan joriy holatlardan kelib chiquvchi oqibatlarni keltirib chiqaradi. Bashorat qiluvchi tizimda odatda parametrik dinamik model qo’llanilib, parametrlar qiymati berilgan holatga moslashtiriladi. Bu modeldan kelib chiquvchi oqibatlar, ehtimolliklar asosida bashoratlarni tuzadi. 18 Misol: ob-havoni bashorat qilish - WILLARD tizimi; kelajak hosilini baholash - PI.ANT; iqtisodiyotda bashorat - YeSON va boshqalar. Rejalashtirish. Rejalshtirish deganda ma’lum funksiyalarni bajaruvchi obe’ktga daxldor harakatlar rejasini topish tushuniladi. Bunday ekspert tizimlarda real ob’ekt larning hatti harakati modelidan foydalanilib, rejalashtirilgan faoliyat oqibatlarini natija sifatida ko’rsatadi. Misol: robot faoliyatini rejalashtirish - STRIPS, ishlab chiqarish buyurtmalarini rejalashtirish - 1SIS, tajribani rejalshtirish - MOLGEN va boshqalar. O‘qitish. O‘qitish tizimlari biror fandan o‘quv jarayoni davomida xatoliklarni aniqlaydi va to‘g‘ri yechimlarni ko’rsatadi. Ular o‘quvchi va uning xatolari haqida bilimlar yig‘iladi, so’ng ish davomida o‘quvchilarning bilimini diagnostika qilib, ularni yuqotish uchun zaruriy vositalarni taklif qiladi. Shuningdek ular o‘quvchi bilan uning muvaffaqayatiga qarab muloqotini rejalashtiradi. Misol: dasturlash tili Lisp o’rgatish tizimi "Uchitel Lispa"; PROUST tizimi - Paskal tilini o’rgatish va boshqalar. Real vaqtga bog‘langanligiga qarab sinflash. Statik ET vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmaydigan bilimlar bazasi va interpretasiya ma’lumotlarga ega predmet sohalari uchun ishlab chiqariladi. Ular stabil. Salom. Avtomobildagi xatoliklarni diagnostikasi. Kvazidinamik ET vaqt intervallarida o‘zgaruvchi holatlarni interpretasiyalaydi. Misol. Mikrobiologik ET - texnologik jarayondan bir olingandan 4-5 marta tajribaliy o‘lchovlar olinadi va olingan ko’rsatkichlar oldingi o’lchash ko’rsatkichlarga nisbatan dinamikasi tahlil qilinadi. Dinamik ET real vaqt tizimida ob’ekt datchiklari kelayotgan ma’lumotlarni interpretasiyasini amalga oshiradi. 19 Misol. Moslashuvchan ishlab chiqarish komplekslari boshqaruvida, reanimasion palatalar monitoringida va boshqalar. Masalan, G2 dinamik tizimni ishlab chiqish uchun instrumentariy. Boshqa dasturlar bilan integrasiya darajasiga qarab sinflash. Avtonom ET maxsus “ekspert” masalalarni foydalanuvchi bilan bevosita maslahatlashib ishlaydi, yechim uchun ananaviy ma’lumotlarni qayta ishlash usullari qo’llanilmaydi. Gibrid ET dasturiy kompleks bo’lib , ilova dasturlar standart paketlari yig‘ib, bilimlarni manipulyatsiya qilish uskunasi. Bu ilova dasturlar paketi uchun intellektual sozlash yoki ekspert bilimlar elementiga ega qiyin masalalarni yechishga qaratilgan yaxlit muhit. Gibrid tizim tashqi qulay ko’rinsada, avtonom ETlarni ishlab chiqarishga qaraganda murakkabroq vazifani qo’yadi. Nafaqat turli paketlarni balki turli metodologiyalarni birlashtirish butun bir nazariy va amaliy qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Takrorlash uchun savollar: 1. Sun’iy intellektni ta’riflang. 2. Ekspert tizimi nima? 3. Bilimlar muhandisining vazifalari. 4. ET loyihalanishining instrumental muhitiga nimalar kiradi? 5. Ekspert tizimlarining oddiy dasturlardan farqlari.


Download 67.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling