Intellektual tizimlar haqida umumiy ma’lumot. Informatsion Intelektual tizimning iqtisodiyotdagi vazifalari. Ekspert tizimlari tarkibi. Bilimlar bazasi
Download 67.79 Kb.
|
Intellektual tizimlar haqida umumiy ma’lumot. Informatsion Intel
IIT arxitekturasi.
MO - ma’lumotlar omborida ob'yektga taaluqli formatlangan ma’lumotlar, ya’ni konkret faktlar va o‘zgarmas konstantalar saqlanadi. IIT larda ma’lumotlarni saqlash uchun relyatsion yoki ob'yektga yo‘naltirilgan ma’lumotlar ombori ishlatiladi. Bilimni interpretatsiya tizimi ya’ni mashina orqali chiqarish tizimi asosan natija olish uchun kerakli darajada bilimni qo‘llash hisoblanadi. Bilimni olish tizimi ekspertni va bilim muxandisining takliflari asosida bilim bazasini (omborini) to‘lg‘azib boradi va o‘rganadi. Tabiiy til interfeys tizimi (TTIT) foydalanuvchining so‘rovini va masala javobini tabiiy tilda berish mexanizmi hisoblanadi. Javobini tushuntirib beradigan tizim bilimni interpretatsiya tizimidan kelayotgan ma’lumotlarni protokollashtirib, foydalanuvchiga mantiqiy asosda hulosalar chiqarib beradi. 1.5. Sun’iy intellekt Suniy intellektni yaratish to‘g‘risidagi nazariy izlanishlar XIII asrda yashagan ispan faylasufi, matematiki va shoir bo‘lgan Raymond Lulliy har xil masalalarni yechadigan mexanik mashina yaratishga xarakat qilgan. XVIII asrda yashagan Leybnits va Dekart bir - biridan alohida universal til taklif etishgan. Lekin, asosan sun’iy intellekt ilmining yo‘nalishi sifatida rasmiy kelib chiqishi XX asrning 40 yillariga to‘g‘ri keladi, ya’ni EHM yaratila boshlagandan so‘ng. Shu paytda Norbert Viner kibernetika faniga asos soladi. 1969 yilda Vashingtonning Dartsmut kolledjida sun’iy intellekt bo‘yicha 1- Xalqaro birlashgan konferentsiya bo‘lib o‘tadi va “sun’iy intellekt” termini qonunlashtiriladi. Sun’iy intellektning asosiy yo‘nalishlari: - Neyrokibernetika; - “Qora yashik (quti)” kibernetikasi. Neyrokibernetikaning asosi inson miyasi, ya’ni miyaga o‘xshab fikrlash qobiliyatiga ega bo‘ladi, chunki inson miyasi neyronlardan tashkil topgan. 12 Demak, fikrlay oladigan qurilma neyrokibernetika asosi hisoblanib, dasturiy va uskunaviy vositalardan iborat bo‘ladi. Neyronlarni birlashmasi esa neyron tarmoqlari deb ataladi. Bunday neyron tarmoqlarni 1956 - 1965 yillarda Frenk Rozenblat va Mak-Kallakom yaratishadi, ya’ni inson ko‘zini miya orqali bog‘lanish modelini ishlab chiqishadi (alfavitdagi harflarni ko‘rib o‘qiy oladigan modeli edi). Kibernetikaning “qora yashik” uchun esa qurilmaning fikrlash uskunasi qanday bo‘lishidan tashqari, har hil savollarga odam miyasiga o‘xshab javob bera oladigan edi. 1956 - 1963 yillarda insonning fikrlashiga o‘xshagan modellar, algoritmlar va dasturiy vositalar yaratilishi faollashgan. 1970 yillarda AQShda bilimga va ekspert tizimga asoslangan tijorat uchun mo‘ljallangan boshqarish tizimi yaratila boshlandi. 1965 - 1980 yillar ichida Pospelov D.A. boshchiligida yangi yo‘nalish - sitatsion boshqarish termini va tizimi yaratildi. 1988 yilda sun’iy intellekt assotsiatsiyasi tashkil etildi. Sun’iy intellekt asosan bu informatikaning bir yo‘nalishi hisoblanadi va uskunaviy - texnikaviy tizim vositalari asosida insonga o‘xshab fikrlaydigan va har xil masalalarni yechishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Intellektual informatsion tizimlarda bilim - bu ob'yektning amaliy faoliyati va professional tajriba asosida olingan qonuniyati hisoblanib, mutaxassislarni ushbu yo‘nalish sohasida masalalarni yechaolishligi, ya’ni strukturalangan ma’lumotlar yig‘indisi hisoblanadi va mantiqiy javob beraoladigan ma’lumotlardir. Bilimlar deklorativ va protsedurali (bajarishni aniqlaydigan) turlarga bo‘linadi. 1.6. Ekspert tizimlari (ET) Ekspert tizimlari (ET) bilimlarga asoslanadi, ya’ni bilimlar omboridagi ma’lumotlarga bog‘liq bo‘ladi. Bilimlar bazasini juda katta nazariy va amaliy tajribaga ega bo‘lgan ekspertlar deb ataladigan mutaxassislar yaratib va to‘lg‘azib boradi. Ekspert tizimlarning asosiy vazifasi bilimlar bazasi asosida juda qiyin bo‘lgan ekspert masalalarini yechishga mo‘ljallangan. Ularning yutug‘i aniq yechim algoritmi noma’lum bo‘lgan masalaning yechimini bilimlar bazasi yordamida qaror qabul qilishga asoslangan, ya’ni ekspert tizimidan tajribasi past bo‘lgan foydalanuvchilar uchun instrument (qurilma, uskuna, asbob) sifatida ishlatiladi. 13 Ekspert tizimlari ayniqsa biznesda, himiyada, kommunikatsiyada, kompyuter tizimlarida, ta’lim sohasida, elektronikada, axborotlarni boshqarishda, ishlab chiqarishda, meditsinada, armiyada, fanda, kosmik sohasida, transportda keng foydalaniladi. Ta’rif. Sun’iy intellekt (SI) - bu dasturiy muhitning shunday tizimiki, unda inson tafakkuri kompyuter jarayoniga imitatsiyalangan. Sun’iy intelekt atamasi 1956-yilda Stenford universiteti (AQSh) tomonidan taklif qilingan. Intellekt - bu maqsadga erishishda zarur bo‘ladigan faktlar va usullar to‘plamidan iborat. Maqsadga erishish - bu faktlarga zaruriy qoidalarni qo‘llashdan iborat. Misol. Fakt 1. Yonayotgan plita - issiq. Qoida 1. AGAR qo‘lni yonayotgan plitaga tekkizilsa, U HOLDA kuyish mumkin. Sun’iy intellekt tizimi rivojlanishining quyidagi bosqichlarini ko‘rib chiqishimiz mumkin: 1. XX asrning 70 yillari masalalarni yechish metodlarini izlash va ularni universal dasturlarni qurishda foydalanish bilan xarakterlanadi. 2. XX asrning 80 yillari axborotlarni tasavvur qilishning umumiy metodlarini izlashga va ularni maxsus dasturlarga qo‘llash usullarini qidirish bilan xarakterlanadi. 3. XX asrning 90 yillari bir qancha fan soxalari bo‘yicha maxsus dasturlarni yaratish uchun katta xajmli yuqori sifatli maxsus bilimlarni qo‘llanishi bilan xarakterlanadi. XX asrning 90-yillari boshlarida butunlay yangi kontseptsiya qabul qilindi. Intellektual dasturni tuzish uchun, izlanish fan soxasining yuqori sifatli maxsus bilimlari bilan ta’minlash kerak edi. Shuning uchun loyixalashtirilayotgan SI tizimi yuqori bosqisdagi bilimlari bazasiga ega bo‘lishi kerak. Hozirgi vaqtda eng ko‘p tarqalgan kontseptsiya bu ekspert tizimlarini (ET) loyixalashtirishdir. Ta’rif. Ma’lum fan soxasidagi sun’iy intelekt tizimi ekspert tizimi (ET) deb ataladi. ET - bu aniq fan soxasidagi mutaxassislarning bilimlarini to‘plovchi va kam ixtisoslashgan foydalanuvchilarga maslaxat berish uchun empirik tajribasini tirajlashtirvchi (nusxasini yozish) murakkab dasturlar kompleksi. ET uchun bilimlarni qabul qilishda shu fan soxasidagi ekspertlar xizmat qiladi. 14 Ularning asosiy xususiyatlari: 1. ET masalani yechish uchun yuqori sifatli tajriba va bilimni qabul qiladi; 2. ETdagi bilimlar doim to‘planib va yangilanib boriladi; 3. ET oldindan aytib berish qobilyatiga ega bo‘ladi. 4. ET ishchilarga va mutaxassislarga o‘quv qo‘llanmasi sifatida foydalanilishi mumkin. ETni loyixalashda va ishlab chiqish jarayonida quyidagi qatnashuvchilarni aytib o‘tish mumkin: 1. ETni loyixalash instrumental muxitini ishlab chiquvchilar; 2. ETni yaratishdagi instrumental muxit(IM); 3. ETning o‘zi; 4. Ekspert; 5. Bilimlar injeneri va bilimlar bazasi(BB) administratori; 6. Foydalanuvchi. Bilimlar injeneri - bu SI tizimini ishlab chiqishdagi ko‘nikmaga ega va ETni qanday tuzishni biladigan odam. U ekspertdan so‘raydi va BBdagi bilimlarni tashkillashtiradi. Instrumental muxitni loyixalashga ET dasturlash tili va qo‘llab quvvatlovchi muhit(u orqali foydalanuvchi ET bilan o‘zaro ta’sirlashadi)dan iborat. ET asosliligini qarab chiqamiz, inson tafakkurini va SI tizimini solishtirish. Download 67.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling