Intensiv kurs
Ravishdosh va sifatdosh boshqargan sodda gaplar bilan ergash gapli qo‘shma gaplar sinonimiyasi
Download 0.59 Mb.
|
Intensiv kurs-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘chirma va o‘zlashtirma gaplar sinonimiyasi
Ravishdosh va sifatdosh boshqargan sodda gaplar bilan ergash gapli qo‘shma gaplar sinonimiyasi
1. Qalovini topsang, qor yonar. Keltirilgan gap qo‘shma gapning qaysi turiga misol bo‘la oladi? A) bog‘langan qo‘shma gap B) murakkab qo‘shma gap C) bog‘lovchisiz qo‘shma gap D) ergash gapli qo‘shma gap 2. Ravishdosh birikmali sodda gapni aniqlang. A) Toshkentdan bir rassomni olib kelib, Hamidulla bir oydan ortiq ishlatdi. B) Mexanik – haydovchilar mashinalardan unumli foydalanib, agregatning ish unumini oshirdilar. C) Usta o‘qimishli odamning aqli to‘liq bo‘lishi, dunyoning bordi-keldisidan xabardor bo‘lib turishini aytdi. D) A, B 3. Qo’shma gap berilgan qatorni toping. A) Sudya signal berib, o’yinni boshladi. B) Orzulardan qanot yasab, sen bir kun oydin ufqlarga uchib ketasan. C) Sudya signal berib, o’yin boshlandi. D) Ona eshikni ochib, xonaga kirib keldi. 4. Qo’shma gap berilmagan qatorni toping. A) Otang mirob bo’lsa ham, suv boshida tur. B) Ona eshikni ochib, xonaga kirib keldi. C) Shamol bo’lmasa, terakning uchi qimirlamaydi. D) Sudya signal berib, o’yin boshlandi. Ko‘chirma va o‘zlashtirma gaplar sinonimiyasi 1. Ma’lum bir matndagi so‘zlovchi yoki hikoya qiluvchining o‘z gapi… A) ko‘chirma gap B) muallif gapi C) obraz tili D) o‘zlashma gap 2. Muallif gapi va ko‘chirma gap qay tarzda joylashadi? A) ko‘chirma gap + muallif gapi B) muallif gapi + ko‘chirma gap C) ko‘chirma gap + muallif gapi + ko’chirma gap D) A, B, C 3. Undov va atov gap shaklidagi ko’chirma gaplar qay tarzda o’zlashtirma gapga aylantiriladi? A) undov gap tarkibidagi undov so’zlar tushiriladi B) atov gaplar to’g’ridan-to’g’ri o’zlashtiriladi C) atov gaplar o’zidan keyingi gap bilan birga o’zlashtiriladi D) undov va atov gaplarni o‘zlashtirma gapga aylantirib bo‘lmaydi 4. Ko‘chirma va o‘zlashtirma gaplar haqidagi qaysi hukm noto‘g‘ri? A) ko‘chirma gap boshqalarning gapini aynan ifodalash bo‘lsa, muallif gapi ma’lum bir matndagi so‘zlovchi yoki hikoya qiluvchining o‘z gapidir B) o‘zlashtirma gapda esa o‘zgalarning gapini muallif o‘z gapi bilan ifodalaydi C) muallif va ko‘chirma gap joylashishi erkindir D) ko‘chirma gap o‘zlashtirma gapga aylantirilganda, ko’chirma gap tarkibidagi undalma tushirib qoldiriladi 5. Tinish belgisi noto‘g‘ri qo‘llangan gap berilgan qatorni toping. A) “Bu qanday bo‘hton!..” – zarda bilan qichqirdi Yo‘lchi. B) Gulnor dadil gapirdi: “Shu yetim, shu g‘arib qizning ko‘z yoshlariga achinmaysizmi?” C) Uning orqasidan Unsin chiqdi, entikib-entikib dedi: “Akamni shuncha yil ishlatib, haqini bermadingiz. Endi qamoqda chiritmoqchimisiz?” D) barcha javoblarda to‘g‘ri qo‘llangan 6. Ko‘chirma gap berilgan qatorni aniqlang. A) Rais birinchi terimni olgan kunlari kampirlarga bitta semiz qo‘y berilishini aytdi. B) “Onalar, birinchi terimni olgan kunlaring bitta semiz qo‘y sizlarniki”, - dedi rais. C) ko‘chirma gap berilmagan D) Bitta semiz qo‘y, rais birinchi terimni olgan kunlari kampirlarga berilishini aytdi. 7. Ko‘chirma gap o‘zlashtirma gapga aylantirilganda, ko‘chirma gap tarkibidagi yuklamalar, undov so‘zlar va taqlidiy so‘zlar … A) to’g’ridan-to’g’ri ko’chiriladi B) tushirib qoldiriladi C) faqat yuklamalar saqlanib qoladi D) tushiriladi yoki mazmuni beriladi 8. Ko‘chirma gap o‘zlashtirma gapga aylantirilganda, ko‘chirma gap tarkibidagi undalma qaysi bo’lakka aylantiriladi? A) to‘ldiruvchi B) aniqlovchi C) hol D) kesim 9. O’zlashtirma gap berilgan qatorni ko’rsating. A) “To’pqayrag’ochga yaqin qoldimi?” – deb o’tkinchilardan so’rardi u. B) Bilamizki, kitobsiz bilim bo’lmaydi. C) Sakkiz-to’qqizida butun-butun asarlarni – ilmiy, falsafiy, she’riy – zavqqa berilib mutolaa etgan. D) Rais qizishib, aybni yashirmoq nodonlar ishi ekanligini aytdi. 6- DARS. TIL HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT. O‘TILGANLARNI TAKRORLASH. (106-140-betlar) Reja: 1. Tilning jamiyat hayotidagi o‘rni. 2. O‘zbek tilining taraqqiyoti haqida. 3. O‘zbek adabiy tili va o‘zbek shevalari. 4. O‘tilganlarni takrorlash. 5. Tilshunoslik atamalarining qisqacha izohli lug‘ati. Fonetika. 6. Leksikologiya. 7. Morfologiya. 8. Sintaksis. 9. Matnga oid tarixiy so‘zlarning qisqacha lug‘ati. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling