Intensiv kurs


Ajratilgan bo‘lakli gaplar, ularda ohang va tinish belgilari


Download 0.59 Mb.
bet45/135
Sana31.01.2024
Hajmi0.59 Mb.
#1819698
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   135
Bog'liq
Intensiv kurs-hozir.org

Ajratilgan bo‘lakli gaplar, ularda ohang va tinish belgilari
1. Saraxon shuncha kundan beri yetolmagan niyatiga // Roziyani avvalgiday go‘zal, shod ko‘rish niyatiga // Sattor bir lahzada yetdi. Ushbu gapdagi ajratilgan bo‘lakdan oldin va keyin qanday tinish belgisi qo‘yiladi?
A) vergul, tire B) vergul C) tire, vergul D) tire
2. Ajratilgan izoh bo'lakli gapni toping.
A) Bektemir ko'zlarini ochganda, yomg'ir tez va shiddat bilan yog'moqda edi. B) Afsuski, yer yuzida urushsiz yashab bo‘lmayapti. C) Sa'va, mayna, bulbullar, qanot qoqib kelinglar. D) Qobiljon Umaraliyev, tasviriy san'at o'qituvchisi, to'garak ishini yo'lga qo'yib yubordi.
3. Ajratilgan bo‘lak haqida keltirilgan qaysi fikr noto‘g‘ri?
A) ajratilgan bo‘lak o‘zi izohlayotgan bo‘laklardan doimo keyin keladi B) ajratilgan bo‘lak birikmali bo‘lak holida kelishi mumkin C) ajratilgan bo‘lak o‘zi izohlayotgan bo‘lakdan yozuvda faqat tire yoki vergul bilan ajratiladi D) ajratilgan bo‘lak boshqa bo‘laklardan maxsus to‘xtam bilan ajralib, gap urg‘usini oladi
Ajratilgan hol, ajratilgan to‘ldiruvchi, ajratilgan aniqlovchi
1. Ajratilgan hol ishtirok etgan gapni toping.
A) Ularning biri, ko‘zoynakli keksa, hammadan keyin qolib uzoq suhbatlashdi. B) Dadam shu atrofdan – qishloqning chiqaverishidan – do‘kon qidirdi. C) Sizga, o‘rta bo‘yli qizga, atlas juda yarashibdi. D) Biz, sizlarning do‘stlaringiz, yo‘l qo‘yilgan xato halokatga olib borguncha indamay turarmidik.
2. Ajratilgan qaratqich aniqlovchi qo‘llangan qatorni toping.
A) Nasihatimni, otangning so‘zini, esingda tut. B) Qobil bobo, yalangbosh, yalangoyoq, teshik yonida dag‘-dag‘ titraydi. C) O‘g‘lim, qo‘zichog‘im, orom olib uxlayapti, – dedi ona. D) Bizning, o‘quvchi yoshlarning, o‘zimizga yarasha or-nomusimiz bor.
3. Ajratilgan vositali to‘ldiruvchi ishtirok etgan gap qaysi qatorda berilgan?
A) Bu xatni uning o‘ziga, Muqaddasga, bering. B) Orqada tikka turgan yoshgina yigit, Mamadali, o‘zini odamlarning orasiga oldi. C) Nasihatimni, otangning so‘zini, esingda tut. D) O’qituvchimizni, Malika Akromovani, barcha o‘quvchilar hurmat qiladi.
4. Qaysi qatorda ajratilgan izohlovchi qo‘llangan gap berilgan?
A) Dadam shu atrofdan – qishloqning chiqaverishidan – do‘kon qidirdi. B) Shu kuni kechqurun, daladan qaytishda, qori Siddiqjonga hamroh bo‘lib qoldi. C) Birozdan so‘ng Hasan aka, fizika o‘qituvchisi, kirib keldi. D) Siyrak daraxtli ikkinchi bir tepalikda bir necha kishilarning, ayol va erkaklarning, qorasi ko‘rindi.
5. Ajratilgan to‘ldiruvchi berilgan qatorni ko‘rsating.
A) Nasihatimni, otangning so‘zini, esingda tut. B) Bizning, o‘quvchi yoshlarning, o‘zimizga yarasha or-nomusimiz bor. C) Hu ana shu joyda, taxta ko‘prikning ostida, kichik bir buloq bor. D) O‘qituvchi – Pardayev darsga keldi.
7-DARS. GAP BO‘LAKLARI BILAN ALOQAGA KIRISHMAYDIGAN “BO‘LAKLAR”.
SODDA GAP YUZASIDAN O‘TILGANLARNI TAKRORLASH. ILOVA. (121-140-betlar)
Reja:

1. Kiritmalar.


2. Kiritma gaplar.
3. Undalma.
4. Undalmalarda tinish belgilarining qo‘llanishi.
5. Sodda gap tahlili.
6. Ilova. Asosiy atamalarning izohli lug‘ati.


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling