Intensiv kurs
Download 0.59 Mb.
|
Intensiv kurs-hozir.org
Undoshlar imlosi
1. 1) b; 2) l; 3) z; 4) r; 5) j; 6) g‘; 7) m. Berilgan undosh tovushlardan qaysilarining jarangsiz jufti yo‘q? A) 1, 2, 4, 7 B) 2, 3, 4, 6 C) 2, 4, 7 D) 1, 2, 5 2. Jurnal so‘zidagi j tovushining jarangsiz jufti qatnashgan so‘zni ko‘rsating. A) archa B) jo‘ja C) bu tovushning jarangsiz jufti mavjud emas D) qashshoq 3. Qaysi so‘z tarkibidagi ikki jarangsiz tovush bir biriga moyillashgan? A) ajdar B) paxta C) maqtov D) ostona 4. Qaysi so‘zni talaffuz qilganda undagi n tovushi m tarzida aytiladi? A) yanga B) yonbosh C) shabnam D) imon 5. Qaysi so‘z tarkibidagi v tovush f tarzida talaffuz qilinadi? A) avtobus B) avtomat C) tavallo D) A va B 6. z tovushining s tarzida talaffuz qilinishi qaysi so‘zda uchraydi? A) iztirob B) bo‘zchi C) izquvar D) A, B, C 7. Tutuq belgisi bilan bog‘liq xato mavjud so‘zni ko‘rsating. A) mo‘jiza B) ashob C) mo‘tabar D) ta’na 8. Qaysi so‘z tarkibidagi ketma ket kelgan unlilar orasida y tovushi qo‘shib talaffuz qilinadi? A) aerodrom B) shariat C) sohib D) A va B 9. Kilogramm, metall kabi so‘zlarga qo‘shimchalar qo‘shilganda u qay tarzda yoziladi? A) qo‘sh undoshdan biri tushirib qoldiriladi B) xuddi shu tovush bilan boshlanadigan qism qo‘shilsa, oxirgi undosh tushiriladi C) qo‘shimchalar to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘shiladi D) faqat so‘z yasovchi qo‘shimchalar qo‘shilganda oxirgi tovush tushirib qoldiriladi 10. Tutuq belgisi noo‘rin ishlatilgan so‘zni toping. A) ta’na B) mo‘’tabar C) nash’a D) is’hoq 11. Qaysi so‘zda qo‘sh undosh noto‘g‘ri qo‘llangan? A) taajjub B) mutassavvuf C) antenna D) muvaffaqiyat 12. Isi, sasi, so‘zlariga qaysi turdagi qo‘shimcha qo‘shilganda tovush ikkilanishi yuz beradi? A) sifat yasovchi B) zamon qo‘shimchasi C) shakl yasovchi D) fe’l yasovchi 13. Qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida tovush ikkilanishi yuz bergan so‘zni toping. A) issiq, chappa B) achchiq, g‘ussa C) sassiq, qattiq D) A va C Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling