Intensiv kurs
Gapning ajratilgan bo‘laklari va ularda tinish belgilarining qo‘llanishi
Download 0.59 Mb.
|
Intensiv kurs-hozir.org
Gapning ajratilgan bo‘laklari va ularda tinish belgilarining qo‘llanishi
1. Gapning qaysi bo‘laklari ajratilishi mumkin? A) ega, kesim B) ega, kesim, aniqlovchi, to‘ldiruvchi C) kesim, aniqlovchi, hol D) gapning barcha bo‘laklari ajratilishi mumkin 2. Gapning ajratilgan bo‘laklari haqidagi qaysi fikr noto‘g‘ri? A) gap bo‘laklarini ajratish orqali sodda fikr murakkab va ta’sirli ifodalanadi B) ajratilgan bo‘lak o‘zidan oldingi mavhum ma’nodagi bo‘lakning ma’nosini izohlaydi va diqqatni ana shu bo‘lakka jalb etadi C) ajratilgan bo‘lak ifodalangan mazmunning ma’nosini ajratadi, diqqatni shu bo‘lakka qaratadi D) ajratilgan bo‘lak boshqa gap bo‘laklaridan o‘ziga xos ohang bilan ajralib turadi 3. Ajratilgan ega qatnashgan gapni toping. A) O‘sha otga mana bu bolaning, Qudayberdining ishqi tushib qolgan ekan. B) Kechqurun osh suzsak, bir nasiba kam, Qo‘msayman birovni – allakimimni. C) Men, Salimov To‘lqin, Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida 1968-yili tug‘ildim. D) Uyda ko‘p ish qildi – supurdi, kir yuvdi, tozaladi. 4. Qaysi qatordagi gap tarkibida ajratilgan to‘ldiruvchi qo‘llangan? A) Sayohatga chiqishdan oldin hamma narsani tayyorlab qo‘ydik: oziq-ovqat, kiyimlar, sovun va tish cho‘tkalarigacha. B) Kechqurun osh suzsak, bir nasiba kam, Qo‘msayman birovni – allakimimni. C) Yillar mana shu xilda, osoyishta o‘tar edi. D) Uyda ko‘p ish qildi – supurdi, kir yuvdi, tozaladi. 5. Ajratilgan kesim berilgan javobni toping. A) Yoshlar kelar uzoqdan, G‘arbdan, Sharqdan – har yoqdan. B) Yillar mana shu xilda, osoyishta o‘tar edi. C) Kechqurun osh suzsak, bir nasiba kam, Qo‘msayman birovni – allakimimni. D) Uyda ko‘p ish qildi – supurdi, kir yuvdi, tozaladi. 6. Uyda ko‘p ish qildi – supurdi, kir yuvdi, tozaladi. Ushbu gapdagi tirening qo‘llanish sababini aniqlang. A) gap tarkibida ajratilgan bo‘lak mavjudligi uchun B) gap tarkibida umumlashtiruvchi so‘z mavjudligi uchun C) qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar bir-birini izohlagani uchun D) ushbu gapda tire emas, ikki nuqta qo‘llanishi kerak 7. Ajratilgan bo‘lak ishtirok etgan gap berilgan qatorni toping. A) Bosh turmushim to‘ri, ko‘nglimning jo‘ri – Bularning hammasi sen, Vatanim – onam. B) Gullagan vodiy, kishnagan toying go‘zal. C) Borlig‘imla farzandingman, sodiq, mehribon, Ozarbayjon, Ozarbayjon! D) Keng, mehribon, iliq quchog‘ing, Hamisha mazlumlar panohi bo‘lgan. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling