Intensiv kurs


Download 0.59 Mb.
bet115/135
Sana31.01.2024
Hajmi0.59 Mb.
#1819698
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   135
Bog'liq
Intensiv kurs-hozir.org

Sintaktik sinonimiya

Ayrim gap turlari orasidagi sinonimiya
1. Uslubiy vositalarga, xilma-xil bo‘yoqlarni ifodalashga boy bo‘lgan soha …
A) uslubiyat B) morfologiya C) sintaksis D) leksikologiya
2. Ergashgan qo‘shma gap berilgan qatorni belgilang.
A) Bolaligim tutib ketdi va yotdim buloq uzra yastanib. B) Bolaligim tutib ketdi - yotdim buloq uzra yastanib. C) Bolaligim tutib ketgach, yotdim buloq uzra yastanib. D) Bolaligim tutib ketdi, yotdim buloq uzra yastanib.
3. Bo‘lishsizlik shakli orqali bo‘lishli ma’no ifodalagan fe’l qatnashgan gapni aniqlang.
A) Shu ham doklatmi? B) Yaxshi o’qimasam bo’lmaydi. C) Yer o’rik emaski, o’zi gullab, o’zi pishsa. D) Yaxshi o’qishga to’g’ri keladi.
4. Ritorik so‘roq gap berilmagan qatorni toping.
A) Haqiqatan, ko’zdan o’ta nozik, haddan tashqari omonat bo’lgan a’zo bo’ladimi? B) Nega bunchalar go‘zal bugun olam? Nega yongan yuragimga yana sen ham zahar solasan? D) Nega kech qolding, Safar?
5. Quyidagi ritorik so‘roq gaplarning qaysi birida yashirin inkor ma’nosi mavjud?
A) Ne-ne umidlar bilan yig‘ilgan xaloyiqqa nima berdingiz? B) Dunyoda odamlarni yaxshi ko‘rishdan ham buyukroq baxt bo‘ladimi? C) Darhaqiqat, olam jamolini tomosha qilishdan ham go’zal narsa bormi? D) A, B, C
Gap bo‘laklari sinonimiyasi
1. U qidirgan metall topilgan edi. Ushbu gapning egasini aniqlang.
A) u B) metall C) qidirgan metall D) u qidirgan
2. Gap bo‘laklari sinonimiyasini yuzaga keltiruvchi omil…
A) gap qurilishining o‘zgarishi B) ohang C) gap bo‘laklari sinonim bo‘lmaydi D) gapda ma’nodosh so’zlarning mavjudligi
3. Bu yerda qo’li gul odamlar yashaydi. Berilgan gap qaysi qatorda gap bo’laklariga to’g’ri ajratilgan?
A) hol, aniqlovchi, ega, kesim B) aniqlovchi, hol, ega, aniqlovchi, kesim C) aniqlovchi, hol, aniqlovchi, ega, kesim D) hol, ega, aniqlovchi, kesim
4. Sifatlovchi – aniqlovchi va qaratqichli aniqlovchi sinonim bo‘lib kelgan qatorni toping.
A) ular o’zaro sinonim bo‘la olmaydi B) U qidirgan metall topilgan edi. – U o‘zi qidirgan metallni topgan edi. C) Qahramonning kelishi hammani quvontirdi. – Qahramon keldi. D) Namanganlik bu dongdor to‘quvchining ovozasi. – Namanganning bu dongdor to‘quvchisining ovozasi.
5. Karvon kun bo‘yi dashtni kezib yurdi. Ushbu gapda ajratib ko‘rsatilgan so‘z qanday sintaktik vazifa bajargan?
A) ega B) to’ldiruvchi C) hol D) kesim
6. Bizga bahor qiyofasida ko’rinadi buyuk kelajak. Ushbu gapning sintaktik tahlili qaysi qatorda to’g’ri berilgan?
A) to’ldiruvchi, ega, to’ldiruvchi, kesim, aniqlovchi B) to’ldiruvchi, aniqlovchi, to’ldiruvchi, kesim, aniqlovchi, ega C) to’ldiruvchi, hol, kesim, aniqlovchi, ega D) to’ldiruvchi, aniqlovchi, kesim, aniqlovchi, ega

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling