Intensiv kurs


Bog‘lovchili va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar sinonimiyasi


Download 0.59 Mb.
bet116/135
Sana31.01.2024
Hajmi0.59 Mb.
#1819698
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   135
Bog'liq
Intensiv kurs-hozir.org

Bog‘lovchili va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar sinonimiyasi
1. Bog‘lovchili va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar sinonim bo‘lgan qatorni belgilang.
A) Jahl kelsa, aql ketadi. – Jahl kelganda aql ketadi. B) Jahl kelsa, aql ketadi. – Jahl keladi – aql ketadi. C) Jahl kelgach aql ketadi. – Jahl kelganda aql ketadi. D) barcha gaplar bog‘lovchili qo‘shma gap
2. Yoshlikda adashish bo‘ladi, lekin uni qarilikda ham hamroh qilib yurish yaramaydi. Ushbu gap haqida qaysi hukm to‘g‘ri?
A) bog‘lovchili qo‘shma gap B) bog‘lovchisiz qo‘shma gap C) ergash gap D) sodda gap
3. Bog‘lovchili va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar haqidagi qaysi fikr noto‘g‘ri?
A) bog’lovchisiz qo’shma gaplar og’zaki nutqqa yaqin bo’ladi B) bog‘lovchili qo‘shma gaplarda fikr aniq, yaxlit va ixcham ifodalanadi C) bog‘lovchili qurilmalar ko‘proq yozma uslubga xos bo‘ladi D) barcha javoblar to‘g‘ri
Bog‘langan qo‘shma gaplar sinonimiyasi
1. Ko‘nglimni zavq asir etdi-yu, yosh boladay har yon yugurdim. Ushbu gapdagi yuklamani bog‘lovchi vosita bilan almashtirish mumkin?
A) ko’makchi B) biriktiruv bog’lovchisi C) zidlov bog’lovchisi D) ayiruv bog’lovchisi
2. Zidlov bog‘lovchilari vazifasini yana qaysi vositalar bajarishi mumkin?
A) -u (-yu), -da yuklamalari B) esa, bo‘lsa fe’llari C) faqat, hatto yuklamalari D) A, B, C
3. -u (-yu) yuklamalar bilan kelgan sodda gaplar orasida asosiy mazmundan tashqari yana qanday ma’nolar bo’ladi?
A) tezlik B) sabab, natija C) kutilmaganlik D) A, B, C
4. Dunyo yorug‘ edi va hatto yaltirardi soyda qora suv. Ushbu gapda hatto yuklamasi qanday qo’shimcha mazmun ifodalagan?
A) chegaralash B) kuchaytirish C) sanash D) sabab
Ergash gaplar sinonimiyasi
1. Payt ergash gap qaysi qatorda berilgan?
A) Kozimbek haydovchiga aytgani ko‘chaga chiqib ketayotganda, yana to‘xtadi. B) Lekin siz yaxshi ishlaganingiz uchun, boshqalar olib ketmasa deb qo‘rqaman. C) Sovuqqa chidamli Yo‘lchi ham, egni yupun bo‘lganidan, oyoqlarining holsizlanganini, gavdasining bujmayganini sezdi. D) payt ergash gap berilmagan
2. Sabab ergash gapli qo‘shma gapni toping.
A) Rahmatullayev go‘shakni qo‘yayotgan damda, shoshilib agronom kirib keldi. B) Bu hol madrasa dunyosida juda oddiy va tabiiy bo‘lgani uchun ularning asabiy shovqiniga atrofdagilardan hech kim e’tibor qilmas edi. C) Ular shu xayol bilan kitobni mendan olib yo‘qotishdi va men o‘qishdan mahrum bo‘ldim. D) Sizdan tashqi qiyofada shu bilan farq qiladi.
3. Odamga andisha kerak, lekin undan ham ilgariroq insof kerak. Ushbu gap…
A) payt ergash gap B) shart ergash gap C) sabab ergash gap D) bog‘langan qo‘shma gap
4. Kim ishlasa, u tishlaydi. Mazkur gap ergash gapli qo‘shma gapning qaysi turiga mansub?
A) payt ergash gap B) ega ergash gap C) sabab ergash gap D) maqsad ergash gap
5. O‘rin ergash gapli qo‘shma gapni toping.
A) Sovuqqa chidamli Yo’lchi ham, egni yupun bo’lganidan, oyoqlarining holsizlanganini, gavdasining bujmayganini sezdi. B) Yeri bo’lsa, ulovi yo’q. C) Katta kema qayoqqa suzsa, kichik kema ham shu yoqqa suzadi. D) barchasi to‘g‘ri

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling