Intensiv kurs
O‘zbek adabiy tili va o‘zbek shevalari
Download 0.59 Mb.
|
Intensiv kurs-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘tilganlarni takrorlash
O‘zbek adabiy tili va o‘zbek shevalari
1. Shevalarni o‘rganuvchi til bo‘limini ko‘rsating. A) leksikologiya B) dialektologiya C) punktuatsiya D) frazeologiya 2. Qaysi olimlar o‘z qarashlariga ko‘ra o‘zbek tili tarkibida uchta sheva guruhlari borligi haqida xulosaga kelganlar? A) F.Fozilov, P.Shamsiyev B) Y.Polvonov M.Mirzayev C) B.Reshetov, Sh. Shoabdurahmonov D) A.Hojiyev, R.Doniyorov 3. Tolli ingichka novdasini istey deyvuz. Keyin tokki ishkomga ko‘tarovuz. Ushbu jumlada qaysi hudud shevasi ifodalangan? A) Toshkent B) Farg‘ona C) Namangan D) Buxoro 4. Qaysi qatorda Xorazm shevasiga mansub gap keltirilgan? A) Kasalni duzalasi gasa, teyip o‘z ayaqila galadi. B) Akam hej qayerga ishlamayla. C) – Iloyo ayillaringizi baxtiga tuzu bolung, yetkanday o‘g‘lingizdan xat keluttimi? D) Mehmonla kelli choqi. O‘tilganlarni takrorlash 1. Abstrakt so‘zining ma’nosi qaysi qatorda berilgan? A) muvozanat B) pulga teng qilinadigan maxsus qog‘oz C) mavhum D) mol almashtirish 2. Mol almashtirish ma’nosini beruvchi so‘zni ko‘rsating. A) auksion B) biznes C) barter D) broker 3. Qaysi qatorda kommersiya so‘ziga to‘g‘ri izoh berilgan? A) mol almashtirish B) muvozanat C) moliyaviy rahbarlik tizimida birlashish D) savdo-sotiq ishlari, tijorat 4. Konkurensiya so‘zining ma’nosi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan? A) nazorat B) kelishish, muvofiqlashtish C) raqobat, o‘zaro kurashish D) tanlov 5. Shu bitta tayoq bilan oltita bolani boqdim. Ushbu gapda ma’no ko‘chishining qaysi turi qo‘llangan? A) sinekdoxa B) metafora C) metonimiya D) polisemiya 6. Qaysi qatorda so‘z so‘zi maslahat ma’nosida qo‘llangan? A) So‘zdan so‘zning farqi bor. B) Do‘st so‘zini tashlama. C) Boshliq bilan o‘rtasida so‘z o‘tgandir. D) Shu bilan o‘z so‘zimni tugataman. 7. Qaysi qatordagi gapda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xato mavjud? A) Ularning dasturning qaysi qismi bilan bog‘lab o‘rgatilishini ham ko‘rsatish kerak. B) Qorasuv guzari dam olish kunlari gavjum bo‘ladi. C) U shahar tashqarisidagi bahaybatli imoratda yashaydi. D) Cho‘l qovunlari shirin bo‘ladi. 8. Juftlashganda hamma ma’nosini bildiruvchi so‘zlar qatorini toping. A) katta, kichik B) bor, yo‘q C) qozon-tovoq D) mehr-shafqat Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling