Tuzuvchi: Pardayeva. B
Download 13.53 Kb.
|
5 adabiyot test
5-sinf adabiyot savollari Tuzuvchi: Pardayeva.B Takror- bilimning onasidir 1.Badiiy adabiyotning asosiy quroli nima? So’z. B. Yozuv. C. Ijod. D. Fikr. 2.Qaysi javobda maqolga to’g’ri ta’rif berilgan? Maqolda fikr aniq,xulosa tugal,ifoda lo’nda bo’lishi va albatta,ibratli fikr aytilishi talab etiladi. Topmacha,jumboq,matal,chiston deb atalgan janr. Payg’ambar (s.a.v.)aytgan so’zlari,qilib ko’rsatgan amallari. Xalq qo’shiq ,laparlari maqol janri sanaladi. 3.Badiiy adabiyotning asosiy quroli nima? So’z. B. Yozuv. C. Ijod. D. Fikr. 4.Xalq og’zaki ijodi nodir namunalari qaysi javobda? Hikoya,qissa,roman. B.Maqol,topishmoq,ertak,afsona,doston. C .She’r,balada,povest. D. Drama,komediya,tragediya. 5.Qaysi javobda maqolga to’g’ri ta’rif berilgan? A.Maqolda fikr aniq,xulosa tugal,ifoda lo’nda bo’lishi va albatta,ibratli fikr aytilishi talab etiladi. B.Topmacha,jumboq,matal,chiston deb atalgan janr. C.Payg’ambar (s.a.v.)aytgan so’zlari,qilib ko’rsatgan amallari. D.Xalq qo’shiq ,laparlari maqol janri sanaladi. 6.Boshingga qilich kelsa ham to’g’ri so’zla. Janrini aniqlang. A. Topishmoq. B. Hadis. C. Maqol. D. Latifa. 7. Xalq og’zaki ijodining sevimli,qiziqarli turi,unda inson va uni o’rab olgan olam o’xshatishlar,taqqoslashlar,savollar vositasida ifodalanadi… Qaysi janr haqida fikr aytildi? Afsona. B. Lof. C. Maqol. D. Topishmoq. 8. Bir parcha patir, Olamga tatir. Janrini aniqlang. Maqol. B. Topishmoq. C. Hadis D. Latifa. 9.Imom Ismoil al-Buxoriy kim? A. Mashhur muhaddis olim. B. Yozuvchi. C. Shoir. D. Dramaturg. 10. Imom Ismoil al-Buxoriyning qanday asarini bilasiz? A. ,,Tib qonunlari “ asari B. ,,Al –jome’ as-sahih “(Ishonchli to’plam) C. ,,Topganlarim va yo’qotganlarim “ asari. D. ,,Mahbub- ul qulub “ asari. 11.Kenja botir qaysi ertakning qahramoni,u nega zindonga solindi? A. ,,Uch og’a-ini botirlar “ertagini.Podshoni o’ldirishda gumon qilingani uchun. B. ,,Susambil “ertagini. O’g’riligi uchun. C. ,,Ur to’qmoq “ertagi. Cholni narsasini olib qo’ygani uchun. D. ,,No’xatpolvon “ertagi. Podshoga qarshi gapirgani uchun. 12. Tanlangan asarlari 20 jilddan iborat ijodkor haqidagi to'g'ri ma'lumotni belgilang? A. Lermontovning "Maskarad" asarini tarjima qilgan B. "Shu'la" nomli she'riy to'plam yozgan C. "Jinoyat" nomli drama yozgan D. Shoir ijodining bosh mavzusi yurtga, tabiatga oshiqlik, bolalik xotiralariga sadoqat edi 13.Quyidagi parcha qaysi asardan olingan? Senday qonxo’r zolimdan Bosh ko’tardik zulmdan, Qolmasin deb biror zot . Bo’lmoqchi edik ozod. A. ,,Uch og’a-ini botirlar “ertagidan. B. ,,Oygul bilan Baxtiyor “ertak-dostonidan. C.,,Susambil “ertagidan. D. ,,Hadislardan “ 14. Hadis nima? A. Hadis-hikmatlar majmuasi. B.Hikoyalarda aks etgan pandlar. C.Muqaddas kitoblar tasnifi. D.Muhammad payg’ambar hikmatlari. 15.Hadisda fazilatlarning eng ulug’I qaysi hisoblanadi? A. Topib olingan narsani egasiga berish. B.Vijdoniy vazifasini ado etish. C.Suvga tushib ketgan bolani qutqarish. D. Dushmaniga yaxshilik qila olish. 16. Qaysi masalda yaxshilikni bilmay yomonlik qilgan va ovchi qo’liga tushgan hayvon taqdiri hikoya qilinadi? A.,,Bo’ri bilan laylak “ B. ,,Kiyik bilan tokzor “ C.Eshak bilan baqalar “ D. ,,Ustiga tuz yuklangan “ 17. Adabiyot qanday turlardan iborat? A.She’riyat,nasr,dramaturgiya. B. Roman,she’riyat,doston. C.Doston,hikoya,qissa. D.Drama,hajviyot,afsona. 18. Oygulni zindondan kim qutqardi? A. Baliqchi chol. B. Baxtiyor. C.Otasi D. Qul Tarlon. 19.Ushbu masallarning qay birida farosatsizligi tufayli suvga cho’kkan hayvon haqida hikoya qilinadi? ,,Ustiga tuz yuklangan eshak “ B.,,Yovvoyi echkilar “ C.,,Bo’ri bilan laylak “ D.,,Eshak bilan baqalar “. 20. Xalq og’zaki ijodining sevimli,qiziqarli turi,unda inson va uni o’rab olgan olam o’xshatishlar,taqqoslashlar,savollar vositasida ifodalanadi… Qaysi janr haqida fikr aytildi? Afsona. B. Lof. C. Maqol. D. Topishmoq 21.Qaysi asarda ‘’bog’dorlar qaygadir qochib ketgani uchun bog’larda mevalar pishib, sasib-chirib’’ ketgan edi?A.Sayohatnoma B.Bolalik C.Fanorchi ota D.Zulmat ichra nur 22.Nuqtalar o’rniga so’z qo’ying………ning paydo bo’lishiga qadimiy urf-odatlar, marosim,tabiat hodisalari,jonivorlar muhim o’rin tutgan. A.xalq qo’shiqlari B.ertak C.topishmoq D.maqol 23.Ko’cha-ko’yda bolalar bilan yurib, tojik tilini o’rganib olgan personaj kim? A.Alisher ‘’Zulmat ichra nur’’ B.Musa’’Bolalik’’ C.O’rtancha botir’’Uch og’a-ini botirlar’’ D. t.j.y 24.Z.M.Boburning qaysi ruboiysi o’zining fojialaridan so’z ochadi, ya’ni o’z yurtiga qaytishga qanchalik urinmasin, unga erisha olmaydi.Minglab odamlarning behuda nobut bo’lishini istamaydi. A.Ko’ngli tilagani murodig’a yetsa kishi B.Beqaydmen-u xarobi siym ermasmen C.Tole’ yo’qe jonima balolig’ bo’ldi D.Hajringda but un 25.Muqimiyning ‘’Sayohatnoma’’sida: Xayr-u saxo vajhiga kar, Bir pulni yuz yerdin tugar Kelsa gadoy nogah agar Bir non chiqish dushvor Bo’lgan joy qayer? A.Do’rmancha B.O’ltarma C.Oltiariq D.Rafqon 26.Quyidagi parcha qaysi asardan olingan? Dehqon eshagini talab ketsa yov, Nechuk soliq solar Sulton beayov G’animlar talasa, shohi olsa boj, Ne iqbol ko’radi unday taxt-u toj A.Hayrat ul-abror B.Guliston C.Bo’ston D.Sayohatnoma 27.Qayerda seshanba kun bozor ekan? A.Yakkatut B.Oltiariq C.Do’rmancha D.Bo’rbaliq 28.Quyidagi qaysi ma’lumot Mirtemirning hayoti va ijodiga bog’liq emas? A.Dastlab bobosining qo’lida tahsil olgan B.Shoirning ijodiy merosi 20 jilddan iborat C.Shoir ijodining bosh mavzusi yurtga,tabiatga oshiqlik,bolalik xotiralariga sadoqat,o’z xalqidan faxrlanish D.Dastlabki she’riy to’plami ‘’Shu’lalar qo’ynida’’deb ataladi 29.Ezop masallaridan qaysi birida har qanday qiyinchilikni bardosh bilan yengib o’tishga harakat qilgan odam, albatta, maqsadiga yetadi. Kurashlar bilan amalga oshgan ish qadrli va mustahkam bo’ladi, degan g’oya yotadi? A. Eshak bilan baqalar B. Burgut, zag’cha va cho’pon C.Bo’ri bilan laylak D.Ustiga tuz ortilgan eshak 30.” Oygul bilan Baxtiyor’’ asarida qaysi personajning ‘’aqli shoshib, o’t ichida tutoshib, har tomonga yugurib,dam o’tirib, dam turib’’ qoldi? A. Baxtiyorning otasi B.Jambil shohi C.Jurjon podshosi D.Qul Tarlon 31.’’ Kambag’alman desang ko’chib boq’’ maqoli uchraydigan asar muallifining dastlabki asarining janri? A. roman B. she’r C.qissa D.hikoya 32. O’tkir Hoshimovning aytishicha uning nachta asari bor? A.2 B.3 C.4 D.6 33. Yaratilganidan beri olti-yetti asr davomida o’zbek tiliga bir necha marta tarjima qilingan asar qaysi? A.Guliston B.Faust C.Hellados D.Abadiyat qonuni 34.Ezopning qaysi masalida ayrim odamlar ishlatgan hiyla-nayrang ularning o’z boshiga yetishi mumkinligi tasvirlangan? A.Kiyik bilan tokzor B. Ustiga tuz ortilgan eshak C. Burgut , zag’cha va cho’pon D.Bo’ri bilan laylak 35. Uzoq yillar davomida o’zbek teatri sahnasidan tushmay kelgan asar? A. Kelinlar qo’zg’aloni B.Oltin devor C.Zulmat ichra nur D.Abadiyat qonuni 36.Quyidagi ijodkorlarni tarjima qilgan asari bilan moslashtiring? 1)Mirtemir 2)N.Komil 3)Oybek a)Manas b)Sosunli dovud c)Qirq qiz d)Oq bayroqlar A. 1-c 2-a,d 3-b B. 1-a,c 2-d 3-b C.1-a,d 2-b 3-c D.1-a,c 2-b 3-d 37.E.Vohidovning ilk dostoni haqida noto’g’ri hukmni toping? A.Ikkinchi jahon urushi qalamga olingan B.Bugun shoirga o’tib ketgan yillar azob berayotligini aytadi C.Asarda muallif bolaligini qaro zanjiga o’xshatadi D.Shoirning bu asari qisman aftobiografik xarakterga ega 38.Topishmoq haqida berilgan to’g’ri hukmlarni toping 1)barcha xalqlar og’zaki ijodining eng sevimli qiziqarli va o’ziga xos turi hisoblanadi 2)yashirin ma’no ko’pincha majoziy ma’noda keltiriladi 3)kishining tafakkuri va tasavvurini o’stiradi 4)ko’ngilochar o’yin hisoblanadi 5)nasriy va she’riy shaklda beriladi 6)ertak yoki doston qahramonlari bir-birlarining aqlini topishmoq orqali sinaydilar A.1,2,3,6 B.2,3,5 C.1,2,3,4,5,6 D.1,2,3 39.Hayotda gohida qiyinchilikni yengib o’tishdan ko’ra uni aylanib o’tish yoki hiyla nayrang ishlatib o’z maqsadlariga erishishni maqsad qiluvchi kimsalar bo’ladi. Bunday toifadagi kishilarga qarata Ezopning qaysi masali aytilgan? A.Burgut , zag’cha va cho’pon B.Ustiga tuz ortilgan eshak C.Eshak bilan baqalar D.Ezopning safarga chiqqani haqida masal 40.”Hellados” hikoyasidagi Poseydon kemasiga qaysi qatorda to’g’ri ta’rif berilgan? A. Sadafdek oppoq B.kumushdek oppoq C.Nuqradek oppoq D.oppoq qayindek Download 13.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling