Intensiv kurs
Teng bog‘lanish va tobe bog‘lanish
Download 0.59 Mb.
|
Intensiv kurs-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Matn mavzusi
Teng bog‘lanish va tobe bog‘lanish
1. So‘zning o‘zaro bog‘lanishi necha xil bo‘ladi? A) 2 B) 3 C) 4 D) 2 va undan ortiq 2. Tobe so‘zning hokim so‘zga o‘zaro teng, biri ikkinchisiga bo‘ysunmay bog‘lanishi… A) teng bog‘lanish B) tobe bog‘lanish C) bunday bog‘lanish mavjud emas D) bitishuvli birikma 3. Qaysi turdagi bog‘lanish ikki va undan ortiq so‘zdan iborat bo‘lishiga qaramay, bitta tushunchani ifodalaydi? A) ko‘makchilar orqali bog‘lanish B) teng bog‘lanish C) moslashuvli birikma D) tobe bog‘lanish 4. Kecha opam va men hayvonot bog‘ida filni ko‘rdik. Ushbu gapda nechta so‘z qo‘shilmasi mavjud? A) 3 ta B) 1 ta C) 4 ta D) 2 ta 5. So‘z qo‘shilmalari yozuvda o‘zaro qaysi vositalar orqali birikadi? A) sanash ohangi B) ohang va vergul C) vergul D) teng bog‘lovchilar va sanash ohangi Matn mavzusi 1. Quyidagi insho mavzularini qiyoslang. Ularning qaysi biri voqeani kengroq tasvirlashi mumkin? A) Yozgi ta'tilda B) Ta'til kunlarining birida C) Yozgi ta'tilning so'nggi kunlari D) A, B, C So‘z birikmasi va so‘z 1. Qaysi qatordagi fikr noto‘g‘ri? A) so‘z leksik hodisa B) so‘z birikmasi grammatik hodisa C) so‘z birikmasida ma’no, tushuncha ancha aniq va ravshan bo‘ladi D) so‘z grammatik hodisa 2. Qaysi qatorda so‘zning so‘z birikmasiga nisbatan muqobili noto‘g‘ri berilgan? A) olqor – yovvoyi tog‘ echkisi B) g‘o‘nan – uch yashar ot C) pilla – kumush tola D) nor – erkak tuya 3. “Qanotli do‘stlar” haqida film yaratildi. Berilgan gapdagi ajratilgan so‘z birikmasi qaysi so‘zga teng keladi? A) samolyotlar B) qaldirg‘ochlar C) qushlar D) pillakorlar 4. Yurtimiz zangori olov, qora oltin zahiralariga juda boy. Berilgan gapdagi ajratilgan so‘z birikmalarini ma’nosiga ko‘ra unga teng keladigan so‘z bilan almashtiring. A) neft, toshko‘mir B) paxta, gaz C) gaz, neft D) gaz, oltingugurt 5. So‘z birikmalarida ma’no … A) mavhum bo‘ladi B) ancha umumlashgan bo‘ladi C) so‘z birikmalarida ma’no, tushuncha ancha aniq va ravshan bo‘ladi D) to‘g‘ri ta’rif keltirilmagan 6. Ko‘rgazmada atoqli mo‘yqalam ustalari yaratgan rasmlarni tomosha qildik. Keltirilgan gapdagi ajratilgan so‘z birikmasining ma’nosiga teng keladigan so‘zni belgilang. A) yozuvchilar B) suratkashlar C) shoirlar D) rassomlar 7. Echkining bolasi atrofida sakrab o‘ynaydi. Berilgan gapdagi ajratilgan so‘z birikmasining qaysi so‘zga teng kelishini aniqlang. A) toy B) uloqcha C) qo‘zichoq D) ayg‘ir 8. Maktabimizda taniqli so‘z san’atkorlari bilan uchrashuv bo‘ldi. Berilgan gapdagi ajratilgan so‘z birikmasi qaysi so‘zga teng keladi? A) rassomlar B) qiziqchilar, yozuvchilar C) notiqlar, qiziqchilar D) yozuvchilar 9. Maktabimizda juda ko‘p kumush tola yetishtiriladi. Berilgan gapdagi ajratilgan so‘z birikmasini ma’nosiga ko‘ra unga teng keladigan so‘z bilan almashtiring. A) pilla B) paxta, pilla C) kumush, metall D) paxta 10. Vatanimizda ishlab chiqarilgan havo kemalari dunyo bo‘ylab parvoz qilmoqda. Ushbu gapdagi ostiga chizilgan so‘z birikmasining qaysi so‘zga teng kelishini aniqlang. A) samolyot B) vertolyot C) parashut D) raketa 11. Bu yil bahor elchilari erta uchib keldilar. Gapdagi ajratilgan so‘z birikmasining so‘zga nisbatan muqobilini ko‘rsating. A) qaldirg‘och B) turna C) laylak D) kabutar 12. Lug‘atlarda so‘zning ma’nosini ochib berish uchun nimalardan foydalaniladi? A) qo‘shma so‘z B) so‘z birikmasi C) tasviriy ifoda D) ibora 13. Qaysi qatorda so‘zlarning so‘z birikmalari bilan ifodalangan ma’nolari to‘g‘ri berilmagan? A) ayg‘ir – uch-to‘rt yosh orasidagi erkak ot B) nor – erkak tuya C) olqor – yovvoyi tog‘ bug‘usi D) g‘o‘nan – ikki yashar ot Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling