Intensiv kurs
Download 0.59 Mb.
|
Intensiv kurs-hozir.org
Fe’l kesim va ot kesim
1. Sof fe’l kesim qatnashgan gapni aniqlang. A) Po‘lat xatni kecha yuborgan. B) Men bugun maktabga boraman. C) It hurar – karvon o‘tar. D) Sizdan umidim ko‘p edi. 2. Sifatdosh bilan ifodalangan kesimni toping. A) It hurar – karvon o‘tar. B) Usti yaltiroq, ichi qaltiroq. C) Po‘lat xatni kecha yuborgan. D) A va C 3. Ravishdosh bilan ifodalangan kesim qatnashgan gapni aniqlang. A) Usti yaltiroq, ichi qaltiroq. B) Motor gurillab, mashina oldinga intildi. C) Sizdan umidim ko‘p. D) Dehqonning gaplari Luqmonga qattiq ta’sir qildi. 4. Son bilan ifodalangan kesim qatnashgan gapni aniqlang. A) It hurar – karvon o‘tar. B) Birniki – mingga, mingniki – tumanga. C) Luqmoni hakimning jahli chiqibdi. D) Nima eksang, shuni o‘rasan. 5. Qanday kesim ot kesim hisoblanadi? A) ot, sifat, son, olmosh, ravish, taqlid, modal so‘z bilan ifodalangan kesim B) ot, va olmosh bilan ifodalangan kesim C) ot va fe’lning harakat nomi shakli bilan ifodalangan kesim D) ot, sifat, son bilan ifodalangan kesim 6. Ot bilan ifodalangan kesim ishtirok etgan gapni aniqlang. A) Teshaboy ashaddiy dushman-u, siz xizmatini qilayotgan depo xo‘jayini do‘stmi? B) Usti yaltiroq, ichi qaltiroq. C) Ikki marta ikki – to‘rt. D) Hojam, tariq ekayapman, xudodan tilaymanki, bug‘doy unsin, – deb javob beribdi dehqon. 7. Sifat bilan ifodalangan kesim mavjud gapni toping. A) Luqmoni hakimning jahli chiqdi. B) Usti yaltiroq, ichi qaltiroq. C) Mo‘tabar eshikni sekin yopib, chiqib ketdi. D) Men yaltiroq ruchka sotib oldim. 8. Son bilan ifodalanmagan kesim ishtirok etgan gapni aniqlang. A) Sanasangiz-sanamasangiz ham hammasi qirqta. B) Ikkalasi ham chiqib ketishdi. C) Birniki – mingga, mingniki – tumanga. D) Barcha gaplarning kesimi son bilan ifodalangan. 9. Qaysi gapda kesim olmosh bilan ifodalangan? A) Maqsadim – shu. B) Oltita bolani bag‘riga olgan mahkam taqachi – shu. C) A va B D) Dehqonning gaplari Luqmonga qattiq ta’sir qilibdi. 10. Qaysi gapda kesim ravish bilan ifodalangan? A) Sizdan umidim ko‘p. B) Maqsadim – shu. C) Yaxshi ro‘zg‘or – jannat, yomon ro‘zg‘or – do‘zax. D) Sanasangiz – sanamasangiz ham hammasi qirqta. 11. Modal so‘z bilan ifodalangan kesim qatnashgan gapni toping. A) Men gapirganda karmiding? B) Yo‘qoling, siz bilan adi-badi aytishishga vaqtim yo‘q! C) Uning Vohid Mirobidov haqidagi gaplari ham qiziq. D) Bolalar yo‘g‘on archa yonida to‘xtadilar. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling