Intensiv kurs


To‘ldiruvchi haqida umumiy ma’lumot


Download 0.59 Mb.
bet38/135
Sana31.01.2024
Hajmi0.59 Mb.
#1819698
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   135
Bog'liq
Intensiv kurs-hozir.org

To‘ldiruvchi haqida umumiy ma’lumot
1. Qaysi qatorda otlashgan sifat bilan ifodalangan to‘ldiruvchi berilgan?
A) Mansurov odamlar bilan xayrlashdi. B) Bilmagandan bilgan yaxshi, to‘g‘ri ishni qilgan yaxshi. C) Yaxshiga qora yuqmas, yomonga el boqmas. D) Beshni beshga qo‘shsak, o‘n bo‘ladi.
2. To‘ldiruvchi modal so‘z bilan ifodalangan gapni toping.
A) Oh-o, savollaringiz tugamaydi-ku. B) Xo‘p, qani, Malika, masalani Akromga tushuntirib bering. C) Qani aytchi, darsni tinglamay, nimani o‘ylayotgan eding? D) Yo‘qni yo‘q deydi, borni bor deydi.
3. Qaysi bo‘lak kesimga boshqaruv yo‘li bilan birikadi?
A) aniqlovchi B) to‘ldiruvchi C) hol D) izohlovchi
4. Gapda to‘ldiruvchi vazifasida kelgan so‘z qanday shakllarda bo‘lishi mumkin?
A) tushum, chiqish, jo‘nalish, o‘rin-payt kelishigi shaklida yoki ko‘makchi bilan shakllangan holda B) qaratqich, tushum, jo‘nalish, chiqish, o‘rin-payt kelishigini olgan holda C) vositasiz to‘ldiruvchi ko‘makchilar bilan shakllangan bo‘lishi mumkin D) faqat tushum kelishigi shaklida yoki ko‘makchilarni olgan holda
Vositasiz to‘ldiruvchi
1. Birikmali holda ifodalangan to‘ldiruvchini aniqlang.
A) Birni birov beradi, ko‘pni – mehnat. B) Men uning go‘zal siymosida qalbim ko‘zgusini, visol orzusini, umidim gulshanini ko‘rardim. C) Hammani kuldirish uchun ataylab shunday antiqa kiyindi. D) Vodiylarni, tog‘larni oshib, dalalarda yolg‘iz adashib, kelib qoldi yurtingga Omon.
2. Vositasiz to'ldiruvchi qatnashgan gap qaysi qatorda berilgan?
A) Undan allaqanday tiniq bir go'zallik barq urib turardi. B) To'satdan onamning jahli chiqib ketdi. C) Shu ondayoq ot kishnagani, tuyoqlarning asfaltga taraqlab urilgani eshitildi. D) Faridaning onasi billur savatchada shokolad, kumush taqsimchada asal, mayiz keltirib qo'ydi.
3. Qaysi qatordagi gapda vositasiz to‘ldiruvchi ishtirok etgan?
A) So‘rashdan uyalma, bilmaslikdan uyal. B) Qarilari kutadi mehmon, pazandasi yopadi shirmon. C) Chaqmoqning yalt-yultidan bola qo‘rqdi. D) Qishloqqa avtobusda ketadigan bo‘ldim.
4. Qanday to‘ldiruvchilar vositasiz to‘ldiruvchi sanaladi?
A) faqat belgisiz tushum kelishigi shakli bilan ifodalangan to‘ldiruvchilar B) faqat belgili tushum kelishigi shakli bilan ifodalangan to‘ldiruvchilar C) belgili va belgisiz tushum kelishigi shakllari bilan ifodalangan to‘ldiruvchilar D) jo‘nalish, o‘rin-payt va chiqish kelishigi shakli bilan ifodalangan to‘ldiruvchilar
5. Vositasiz to‘ldiruvchi haqidagi qaysi hukm noto‘g‘ri?
A) vositasiz to‘ldiruvchi kimni, nimani so‘roqlariga javob bo‘ladi B) vositasiz to‘ldiruvchi belgili va belgisiz qo‘llanishi mumkin C) vositasiz to‘ldiruvchi bilan birikma hosil qilgan fe’l o‘timsiz fe’l hisoblanadi D) vositasiz to‘ldiruvchi faqat tushum kelishigidagi so‘z bilan ifodalanadi

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling