Intensiv kurs


Download 0.59 Mb.
bet40/135
Sana31.01.2024
Hajmi0.59 Mb.
#1819698
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   135
Bog'liq
Intensiv kurs-hozir.org

Qaratqichli aniqlovchi
1. Otlashgan sifatdosh bilan ifodalangan qaratqich aniqlovchi berilgan qatorni toping.
A) Birining ko‘zi qora, ikkinchisining ko‘zi ko‘k edi. B) Bizning eshon – kabobpazlarning piri. C) Yaxshining yaxshiligi tegar har yerda, yomonning yomonligi tegar har joyda. D) So‘raganning bir yuzi qora, berganning ikki yuzi qora.
2. Qaysi qatordagi gapda qaratqich aniqlovchi qo‘llangan?
A) Ko‘chalardagi yangroq qo‘shiq va do‘mbira sadolari bizni erta tongda uyg‘otib yubordi. B) Mana bu albomni o‘quvchilar tayyorlagan. C) Vokzal bayroqlar, rasmlar, gullar bilan bezatilgan. D) Bir xonada Dadaxonni keksaroq oriqqina, xushchaqchaq odam kutib oldi.
3. Belgisiz qo‘llangan qaratqich aniqlovchi mavjud gapni toping.
A) Birining ko‘zi qora, ikkinchisining ko‘zi ko‘k edi. B) Ko‘m-ko‘k g‘ozalar hosilga kirib, nishonasi gulga, guli ko‘sakka aylanmoqda. C) Osmondagi umid yulduziga boqib, hayot chashmasini qidiraman. D) Uning ziyrak, qo‘ng‘ir ko‘zlarida horg‘inlik bor edi.
Izohlovchi
1. Izohlovchi ko‘proq qaysi so‘z turtkumlari bilan ifodalanadi?
A) ot B) ot, olmosh C) sifat, ot D) ot, ravish, sifat
2. Qaysi qatorda izohlovchi mavjud emas?
A) professor Nosirov, generalsiz armiya B) Usta Qodir, professorona tashxis C) kosibning hunari, gulchi Nizom D) kosib yigit, professorning nevarasi
3. Unvon, amalni ifodalagan izohlovchi berilgan qatorni toping.
A) Nizom va duradgor Vahobjonlar yetib kelishdi. B) Anjumanda direktor Xoliqov ham qatnashdi. C) O‘sha kuni Mavjuda xola bilan Sobir amaki foydali nasihatlar qildilar. D) Jalil sovuq, Juman pishiqlarning askiyalarini eshitdik.
4.

Gap bo‘laklari tartibi
1. ­Gapning odatdagi tartibi qaysi qatorda berilgan?
A) Menga tanish bu yo‘llar. B) Bu yo‘llar menga tanish. C) Tanish bu yo‘llar menga. D) Tanish menga bu yo‘llar.
2. O‘zbek tilida gap bo‘laklarining joylashish tartibi asosan erkin bo‘lsada, ular gapda qanday qoidalar asosida o‘rinlashadi?
A) fonetik B) leksik C) semantik D) grammatik
3. Gapning odatdagi tartibi qaysi uslub uchun xos?
A) ilmiy uslub B) so’zlashuv uslubi C) badiiy uslub D) she’riy nutq uslubi
4. Gap bo'laklari odatdagicha joylashgan gapni belgilang.
A) Menga ko'p narsani o'rgatdingiz siz. B) Menga siz ko'p narsani o'rgatdingiz. C) Menga ko'p narsani siz o'rgatdingiz. D) Siz menga ko'p narsani o'rgatdingiz.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling