Intensiv kurs


Download 0.59 Mb.
bet35/135
Sana31.01.2024
Hajmi0.59 Mb.
#1819698
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   135
Bog'liq
Intensiv kurs-hozir.org

Atov gaplar
1. Qaysi qatorda atov gap berilgan?
A) Rahmat. Tuzukman. B) Bo‘pti, ma’qul. C) Hamon yodimdadir, gul chog‘i erdi. D) Albatta, Shuhrat keladi.
2. Atov gap haqidagi qaysi fikr noto‘g‘ri?
A) Atov gaplar faqat birgina so‘zdan iborat bo‘ladi. B) Atov gaplar aniqlovchilar bilan kengayib kelishi mumkin. C) Atov gap egasiz gapning bir ko‘rinishi hisoblanadi. D) Atov gaplar, asosan, aniqlik maylining hozirgi kelasi zamon shaklida bo‘ladi.
So‘z-gaplar
1. So‘z gaplar…
A) ko‘pincha bir so‘zdan iborat bo‘ladi B) so‘roq, inkor, tasdiq, taajjub kabi ma’nolarni ifodalaydi C) ko‘proq diologik va ba’zan monologik nutqqa xos bo‘ladi. D) barcha javoblar to‘g‘ri
2. So‘z gap qo‘llangan qatorni toping.
A) – Mayli, – dedi Fazliddin. B) – Assalomu alaykum, hormang, ota. C) – Rahmat. Tuzukman. D) A, B, C
3. Undov so‘z bilan ifodalangan so‘z gap berilgan qatorni toping.
A) – Bo‘pti. Ma’qul. B) Oh-o! Savollaringiz tugamaydi-ku. C) – Mayli, – dedi Fazliddin. D) Teshavoy, soy bo‘yida kutib turmoqchimisiz? – Ha.
4. Qaysi qatorda so‘z-gap qo‘llangan?
A) - Ulardan xat keladimi? Keladi, keladi. B) – Sening bundan xabaring bormi, Ali? – Yo‘q, ustod. C) Siz qayerdan, mehmon? – Toshkentdan. D) Shu voqeadan so‘ng kuyovingiz aniq kelganmi edi? – Kelgan edi, qizim.
5. Tasdiq so‘z-gaplar guruhiga mansub so‘zni toping.
A) aslo B) xo‘sh C) to‘g‘risi D) albatta
6. qani so‘zi so‘z-gaplarining qaysi turiga mansub?
A) tasdiq so‘z-gaplar B) taklif so‘z-gaplar C) undov so‘z -gaplar D) inkor so‘z-gaplar
Yoyiq atov va so‘z-gaplar
1. Qaysi qatorda yoyiq atov gap berilgan?
A) Yangi shahar ko‘chalari. Ilk bahor shabadasi yoqimli esadi. B) Subhidam. Quyosh yotog‘idan bosh ko‘tardi. C) Hovlimizda bir tup bodom bo’lardi. Erta bahorda qiyg’os gullardi-yu, hech meva tugmasdi. D) Urush … Oynisa ayvon ustuniga suyanganicha qotib qoldi.
2. Qaysi qatordagi hukm noto‘g‘ri?
A) Atov gaplar turli xildagi sodda va murakkab aniqlovchilar bilan bemalol kengayadi. B) So‘z gaplar takrorlanib qo‘llanishi mumkin. C) Atov gap kengaygan harakat nomi birikmalari bilan ham ifodalanishi mumkin. D) So‘z gaplar murakkab aniqlovchilar bilan kengayib kelishi mumkin.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling