Qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gaplar
1. Avliyolar alqagan el emish a’lo,
So‘zi butun, tizzasi tik, ko‘ksi samo,
Muzaffarlik ko‘rib o‘tgan bir avliyo –
O‘zingizsiz, Sohibqiron Temur bobo. Ushbu she’riy parchada murakkab qo‘shma gapning qaysi turi qo‘llangan?
A) qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gap B) bir necha bosh gapli qo‘shma gap C) aralash murakkab qo‘shma gap D) bir necha ergash gapli qo‘shma gap
2. Qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gap berilgan qatorni toping.
A) Agar kishi o‘zi hirslaridan ustun tura olsa, u o‘zidagi bor nuqsonlarni yo‘q qiladi va ular yaxshi sifatlarga aylanadi. B) Kimki ota-onasini hurmat qilsa, u boshqalardan izzat topadi, el orasida yaxshi deb nom qozonadi. C) O‘sha yillar…mashoq terar edik, mol boqardik, g‘o‘za jo‘yakka kultivatsiya yurgizardik. D) Kimki umid bilan daraxt o‘tqazsa, bir kun kelib u daraxt shig‘il meva beradi, uni ekkan egasiga olqish-u rahmatlar yog‘diradi.
3. Bir turdagi uch va undan ortiq gaplardan tashkil topgan gaplar…
A) bir necha ergash gapli murakkab qo‘shma gap B) aralash murakkab qo‘shma gap C) bir necha bosh gapli murakkab qo‘shma gap D) qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gap deyiladi
5-DARS. KO‘CHIRMA GAPLI QO‘SHMA GAPLAR. NUTQ USLUBLARI. (79-96-betlar)
Reja:
1. Ko‘chirma gapli qo‘shma gap haqida ma’lumot.
2. Ko‘chirma gapli qo‘shma gapning tuzilishi.
3. Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarda tinish belgilarining qo‘llanilishi.
4. Ko‘chirma va o‘zlashtirma gaplar.
5. Ko‘chirma gaplarni o‘zlashtirma gapga aylantirish.
6. Mustahkamlash.
7. Nutq uslublari haqida ma’lumot.
8. So‘zlashuv uslubi.
9. Publitsistik uslub.
Ko‘chirma gapli qo‘shma gap haqida ma’lumot
1. Muallif gapi va ko‘chirma gapdan tashkil topgan gap…
A) bog‘langan qo‘shma gap B) bog‘lovchisiz qo‘shma gap C) murakkab qo‘shma gap D) ko‘chirma gapli qo‘shma gap
2. Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplardagi ko‘chirma gap…
A) so‘zlovchining gapi B) mazmuni saqlanib, shakli o‘zgartirilgan gap C) birovning aynan keltirilgan gapi D) tinglovchining gapi
Do'stlaringiz bilan baham: |