Intensiv kurs


Ergash gapli qo‘shma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi


Download 0.59 Mb.
bet93/135
Sana31.01.2024
Hajmi0.59 Mb.
#1819698
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   135
Bog'liq
Intensiv kurs-hozir.org

Ergash gapli qo‘shma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi
1. Ergashgan qo‘shma gap qismlari qaysi bog‘lovchilar orqali bog‘langanda vergul shu bog‘lovchilardan oldin qo‘yiladi?
A) -ki, shuning uchun bog‘lovchilari B) shuning uchun, chunki, go‘yo bog‘lovchilari C) chunki, negaki, bog‘lovchilari va deb so‘zi D) A, B, C
2. Ergash gaplar bosh gapga shuning uchun, chunki, go‘yo bog‘lovchilari orqali bog‘lansa vergul qay tarzda qo‘llanadi?
A) bog‘lovchilardan keyin qo‘yiladi B) vergul qo‘yilmaydi C) bog‘lovchilardan oldin qo‘yiladi D) shuning uchun, chunki bog‘lovchilaridan oldin, go‘yo bog‘lovchisidan keyin qo‘yiladi
3. Olimjon adabiy asarni ham, badiiy so‘zni ham yaxshi ko‘rardi, chunki u bilan kishi qalbida g‘ayrat o‘tini yoqish mumkin. Ushbu gap turini aniqlang.
A) bog‘lovchisiz qo‘shma gap B) bog‘langan qo‘shma gap C) ergash gapli qo‘shma gap D) aralash qo‘shma gap
4. Qaysi qatorda noto‘g‘ri fikr keltirilgan?
A) ergash gap bosh gapga -ki bog‘lovchisi orqali bog‘lansa, vergul shu bog‘lovchidan so‘ng qo‘yiladi B) ergash gap bosh gapga bog‘lovchi sifatida qo‘llangan deb so‘zi orqali bog‘lansa, vergul shu so‘zdan keyin qo‘yiladi C) agar ergash gapning kesimi ravishdosh yoki shart fe’li orqali ifodalansa, vergul kesim vazifasidagi ana shu fe’l shakllaridan so‘ng qo‘yiladi D) keltirilgan barcha fikrlar to‘g‘ri
5. Ergash gap kesimi ravishdosh orqali ifodalangan ergash gapli qo‘shma gapni ko‘rsating.
A) Bu xonaga shunday jimlik chukkanki, go‘yo unda hayot butunlay yo‘q. B) Yormat supa atrofiga suvni qalin sepgach, supaga o‘tishdi. C) Gulnor bu yerga kelsa, Nuri darhol biron yumush qildirar edi. D) Hammamiz dalaga yo‘l olgan chog‘da, katta to‘y tusini oladi qishloq.
6. Bir necha ergash gapli qo‘shma gap berilgan qatorni ko‘rsating.
A) Agar siniq shisha bo‘lsa ham, birovning mulki bo‘lsa, xiyonat qilma. B) Martabang ko‘k qadar ulug‘ bo‘lsa-yu, lekin yor-u do‘stlaring bo‘lmasa, bundan nima foyda? C) berilganlarning barchasi to‘g‘ri D) Odamlar Saidaga luqmalar tashlab, so‘zga chiqib, majlisda shunday ruh hukm surdiki, Qalandarov majlisni tezroq tugatishni xohlab qoldi.
7. Orqada kelayotgan ayollar yetib kelsin deb, Tansiq mashinani ancha beriga to‘xtatdi. Ushbu qo‘shma gap qismlari o‘zaro qaysi vosita orqali bog‘langan?
A) bog‘lovchi orqali B) buyuriq mayli shaklidagi fe’l orqali C) yuklama orqali D) bog‘lovchi vazifasidagi vosita orqali
8. Ergash gapli qo‘shma gaplarda sifatdosh bilan ifodalangan ergash gap kesimi qaysi so‘zlar bilan birikib keladi? 1) uchun; 2) sari; 3) ko‘ra; 4) sayin; 5) payt; 6) chog‘; 7) qarab
A) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 B) 1, 2, 4, 5, 6 C) 2, 3, 4, 5, 6 D) 4, 5, 6
9. Ergash gapli qo‘shma gaplarda uchun, sari, sayin, chog‘, payt kabi so‘zlar qanday shakldagi ergash gap kesimi bilan birikib kelishi mumkin?
A) ravishdosh B) sifatdosh C) shart mayli D) harakat nomi
10. Hammamiz dalaga yo‘l olgan chog‘da, katta to‘y tusini oladi qishloq. Ushbu gap turini aniqlang.
A) ergash gapli qo‘shma gap B) bog‘lovchisiz qo‘shma gap C) bog‘langan qo‘shma gap D) uyushiq bo‘lakli gap
11. Ergash gap kesimi kelishik qo‘shimchasini olgan sifatdosh bilan ifodalangan ergash gapli qo‘shma gapni ko‘rsating.
A) Yormat supa atrofiga suvni qalin sepgach, supaga o‘tishdi. B) Vodiylarni yayov kezganda, Bir ajib his bor edi menda. C) Nuri gapga e’tibor qilmaganidan, Yormat endi qiziga qarab so‘zlay boshladi. D) B va C
12. Aql berdim, yov bosganda, Yengishga yo‘l bersin deb. Ushbu gap turini aniqlang.
A) bir necha ergash gapli qo‘shma gap B) aralash qo‘shma gap C) uyushiq bolakli gap D) ergash gapli qo‘shma gap
13. Qaysi qatorda ergashgan qo‘sha gap berilgan?
A) Mashina shu joydan chapga qarab ketadigan bo‘lgani uchun, Manzura hamrohlariga minnatdorchilik bildirib tushib qoldi. B) Chirildoqlarning mayin musiqasi hamma yoqni to‘ldirgan, go‘yo kechaning o‘zi kuylaydi. C) Yashil bo‘yoq bilan bo‘yalgan, ust tomoni o‘ymakor panjarali, katta va og‘itr darvozaga yetganda, yigitning yuragi biroz o‘ynab ketdi. D) Barchasi ergash gapli qo‘shma gap hisoblanadi.
14. Chirildoqlarning mayin musiqasi hamma yoqni to‘ldirgan, go‘yo kechaning o‘zi kuylaydi. Ushbu gap qo‘shma gapning qaysi turiga mansub?
A) bog‘langan qo‘shma gap B) ergash gapli qo‘shma gap C) bog‘lovchisiz qo‘shma gap D) uyushiq bo‘lakli gap
15. Qaysi qatorda ergash gap bosh gap o‘rtasida kelgan?
A) Aql berdim, yov bosganda, Yengishga yo‘l bersin deb. B) Agar siniq shisha bo‘lsa ham, birovning mulki bo‘lsa, xiyonat qilma. C) Yo‘lchi, qancha aqchasi bo‘lsa ham, berishga tayyor edi. D) Chol undan balandroq keldi: brigadirlikdan tushmayman, deb chiqib ketdi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling