Interaktiv davlat xizmatlari Zamonaviy, qulay, ishonchli


Download 1.78 Mb.
bet7/8
Sana19.02.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1214139
TuriКонкурс
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali: elektron murojaatlarni amaliyotda ishlab chiqish jarayoni
YIDXP bugungi kunda mamlakatimiz fuqarolari uchun turli jabhalarda bir qancha xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. YaIDXPning eng ommabop xizmatlarini ta’kidlab keltirishdan avval xizmat turlarining tavsiflanishini keltirib o‘tamiz. Ular uch xil ko‘rinishda bo‘lib, bular:
1. Ma’lumot xizmatlari (offlayn).
2. Yarim avtomat xizmatlar.
3. Avtomat xizmatlardir.
Ko‘rsatiluvchi har bir xizmat maxsus belgi bilan ko‘rsatilgan bo‘lib, belgiga kursor olib kelinsa, xizmat turining tavsif yozuvi paydo bo‘ladi. Portalgi ikki-uch marotaba tashrifdan so‘ng foydalanuvchi saytning barcha xususiyatlarini o‘rganib, xizmatlarning barcha turini tez va oson ajratib oladigan bo‘ladi. Portalda bugungi kunda 240 ta xizmat yo‘lga qo‘yilgan. Ma’lumot xizmatlari (oflayn). Ular xizmat ko‘rsatuvchi asosiy tashkilotdan taqdim etilgan bo‘lib, ushbu xizmat doirasida amalga oshiriladigan xizmatning amalga oshish jarayoni, ariza berish, mutaxassis maslahatini olish uchun bog‘lanish mumkin bo‘lgan manzil yoki telefon ko‘rsatiladi. Biroq ushbu xizmatdagi yuqorida keltirib o‘tilgan ishlar tegishli tashkilot bilan foydalanuvchining o‘zi bilangina amalga oshiriladi.
Ommabop ma’lumot xizmatlariga biometrik pasportlarni rasmiylashtirish, qimmatbaho qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi ma’lumotlar, tibbiyot, ta’lim tizimi muassasalari, DSQ, IIV, Adliya vazirligining ichki bo‘linmalari, bojxona omborlari taqdim etgan reyestrlar kiradi. Tadbirkorlarning talablariga ko‘ra mahalliy mahsulotlar va ularni eksport uchun chiqarish, yetkazish va to‘lov shartlari, shuningdek, eksport kontraktlarini olib berish mexanizmlari to‘g‘risidagi xabarlar eng talabgordir. Shuningdek, foydalanuvchilar tomonidan ishlatilayotgan eng ommabop xizmat bu mualliflik huquqini rasmiylashtirishga oid Intellektual mulk agentligi tomonidan taqdim etilgan xizmatdir. Fuqarolarni yana biror bir faoliyat jarayonini amalga oshirish uchun litsenziya va tegishli hujjatlarni olish, vaqtinchalik va doimiy konsullik ro‘yxatidan o‘tish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonining tartibi qiziqtiradi.
YIDXPdagi eng ko‘p foydalanilayotgan xizmatlar bu DSQning xabar xizmatlaridir. Bunga misol qilib soliq hisobotiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi xabardor bo‘lishni misol qilib keltirish mumkin. Jarimalar, qonunbuzarlik sanksiyalari, davlat tashkiloti ko‘rsatgan xizmatlar to‘lovi, kommunal narxlar har doim YIDXP foydalanuvchisini qiziqtirib kelgan. Shuningdek, foydalanuvchilar tomonidan ishlatilayotgan eng ommabop xizmat bu mualliflik huquqini rasmiylashtirishga oid Intellektual mulk agentligi tomonidan taqdim etilgan xizmatdir. Fuqarolarni yana biror bir faoliyat jarayonini amalga oshirish uchun litsenziya va tegishli hujjatlarni olish, vaqtinchalik va doimiy konsullik ro‘yxatidan o‘tish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonining tartibi qiziqtiradi.
 

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling