Interfaol darslar va ularni samarali tashkil etish shartlari


Download 64.6 Kb.
bet1/7
Sana01.03.2023
Hajmi64.6 Kb.
#1243041
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Interfaol darslar va ularni samarali tashkil etish shartlari




INTERFAOL DARSLAR VA ULARNI SAMARALI TASHKIL ETISH SHARTLARI
Reja
I Kirish
II Asosiy qism
1.1 Konstruktivizm atamasi haqida
1.2 Interfaol metodlarning pedagogik va psixologik xususiyatlari
1.3 O’qituvchi – o’quvchi munosabatlarida Konstruktivizm nazariyasining o’rni va imkoniyatlari
Xulosa
Adabiyotlar ro’yhati

Kirish
Istiqlol yillarida ta’lim sohasi davlatimiz siyosatining ustuvor yo`nalishlaridan biriga aylandi.Bu borada amalga oshirilayotgan ishlar ko`lami va salmog`i bunga misoldir. Qisqa fursat ichida ta’lim rivoji yo`lida qo`lga kiritilayotgan yutuqlar, keng ko`lamli o`zgarishlar zamirida hukumatimizning mazkur sohaga nisbatan yuksak e’tibori mujassam. “Ta’lim to`g`risidagi” Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, uning mantiqiy davomi sifatida qabul qilingan “2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi” hamda qator ta’lim sohasiga tegishli prezident farmonlari, farmoyishlari va hukumat qarorlari qabul qilinib, yurtimizda keng miqyosda tadbiq qilinmoqda.


Davlat mustaqilligini mustahkamlashning eng asosiy shartlaridan biri – mustaqil shaxsni shakllantirishdir. Mustaqil fikrlash, ishlash va yashash madaniyatiga ega bo`lgan fuqarolar soni qancha ko`p bo`lsa, davlatimiz qudrati shuncha tez mustahkamlanadi.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «Erkin fuqaro ma’naviyatini, ozod shaxsni shakllantirish masalasi oldimizda turgan eng dolzarb vazifadir. Boshqacha aytganda, biz o`z haq-huquqlarini taniydigan, o`z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bo`layotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondoshadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg`un holda ko`radigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak»
Bunday umumdavlat, umumjamiyat ahamiyatiga ega bo`lgan murakkab vazifani uddalash eng avvalo ta’lim muassasalariga, shu jumladan umumiy o`rta ta’lim maktablari zimmasiga tushadi. Shunday sharoitda yoshlardagi iqtidor va qobiliyatni yanada o`stirish, ularda ilmiy izlanish ko`nikmalarini shakllantirish, ijodiy tafakkurlarini kengaytirish, mantiqiy fikrlashga o`rgatish muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagogika ilmi va amaliyotdan ma’lumki, nazariyadan yo‘naltirilgan ta’limga qarab borish o‘quvchining ijtimoiy hayotda o‘z bilimi va qobiliyatini namoyish etish imkoniyatini yaratadi.
Ta’limni isloh qilish va rivojlantirishga qaratilgan hukumat qarorlarining negizida barkamol avlod tarbiyasi asosiy vazifa sifatida qaralmoqda.Umumiy dunyoqarashni belgilab beruvchi faol hayotiy pozitsiya ko`nikmasi yetarli darajada shakllantirilmasa, mustaqil davlatning talab va ehtiyojlariga mos keladigan komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazish muammosi to`liq hal bo`lmaydi.
Yosh avlodni o`qitishning o`zak nuqtasini darslar tashkil qiladi.Ayni mana shu jarayonda o`qituvchi va o`quvchi muloqotlarining oliy nuqtasiga ko`z tashlanadi.Umumiy o`rta ta’lim maktablarida o`qitilayotgan fanlar bo`yicha darslarning mazmuni qanday bo`lishi kerak, mavzu maqsadini qo`yishda nimalarga e’tibor qaratish kerak, darsining samaradorligi nimalarga bog`liq kabi qator savollar tug`iladi.
XX asrda psixologiya-pedagogika fani bu savollarga o`zgacha yondashgan holda munosabat bildirdi.Oldingi qarashlarni tubdan o`zgartirdi. Bola shaxsini shakllantirishda turli ijtimoiy va psixologik omillarning roli aniqlandi.
O`sish va rivojlantirish jarayonida bola har xil ta’sir va munosabatlar ishtirokchisi (sub’yekti va ob’yekti)ga aylanadi. Shunga ko`ra , bugungi kunda pedagogika va metodikada darsga nisbatan ikki xil yondashuv mavjud.
Birinchi yondashuvga ko`ra , dars –bu o`qituvchining o`quvchilarga bilim berish va shu asosida ularda ko`nikma,malaka shakllantirish, ularni tarbiyalash jarayoni.O`qituvchining asosiy vazifasi – “o`quvchini chuqur va puxta bilim bilan qurollantirish, tushunib, o`zlashtirib borish orqali shaxsning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash”.
Ikkinchi yondashuvga ko`ra ,dars – chegaralangan vaqt ichida belgilangan mavzu va maqsad asosida o`qituvchi va o`quvchilarning teng huquqli hamkorligiga asoslangan bilim, ko`nikma,malaka hosil qilish jarayoni. O`qituvchining asosiy vazifasi-o`quvchilarda bilim olish ehtiyojini tarbiyalash.



Download 64.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling