Interfaol doska bu
Download 0.79 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektron interfaol doska turlari.
2.4.1.3-rasm. Interfaol doska bilan ishlash.
Elektron interfaol doska (EID)- maxsus elektron qalam (stilus,marker) orqali,shuningdek qo’l barmoqlari bilan ham boshqarilishi mumkin (bu interfaol doskaning qaysi texnologiyalardan foydalanib ishlab chiqilganligiga bog’liq bo’ladi). Bunda, interfaol doska va kompyuter o’rtasida ikki tomonlama aloqa o’rnatiladi, maxsus qalam (stilus, marker) yoki qo’l barmoqlari esa sichqoncha kabi ishlaydi. EID darslarni yanada qiziqarli va ko’rgazmali tarzda o’tishga keng imkoniyatlar yaratadi. Mazkur doska yordamida o’qituvchi interfaol talim resurslarni namoyish etishi, mustaqil ravishda dars ishlanmalarini tayyorlashi va o’quvchilarni doska bilan ishlashga faol jalb etish orqali darslarni yanada mazmunli va qiziqarli tashkil etishi mumkin. Interfaol doska yordamida bajarilayotgan barcha amallar tegishli fayllarda xotiraga olinishi va o’tilayotgan darsga tayyor elektron material sifatida o’quvchilarga tarqatib berilishi mumkin.Interfaol doskalarning dasturiy taminoti o’quchilarni dars jarayoniga yanada faolroq jalb etadigan va yangi mavzu bo’yicha bilimlarni tezroq o’zlashtirishga yordam beradigan noyob uslubiy materiallarni yaratish imoniyatini beradi. Elektron interfaol doska turlari. EID - (Elektron interfaol doska)lar proyektorning o’rnatilishiga qarab to’g’ri proyeksiyali va teskari proyeksiyali doskalarga ajratiladi. To’g’ri proyeksiyali EIDda proyektor doskaning oldi tarafida bo’ladi, teskari poyeksiyali EIDlarda esa — doskaning orqa tarafida bo’ladi.Aksariyat EIDlar – to’g’ri proyeksiyali doskalardir. Dars jarayonida proyektor nurlari o’qituvchi va o’quvchilarga xalaqit bermasliklari uchun, bunday EIDlar bilan ishlashda, maxsus mustaxkamlovchi vositalar yordamida bevosita doska oldiga (tepasiga) o’rnatiladigan ultraqisqafokusli proyektorlardan foydalanish tavsiya etiladi. Ulanish usuliga qarab EIDlar simli (faol) va simsiz (passiv) interfaol doskalarga ajratiladi. Faol interfaol doskalar kompyuter va ozuqa manbaalariga simlar orqali ulanadi. Passiv interfaol doskalarda esa xech qanday simlar bo’lmaydi va ularni ozuqa manbaalariga, kompyuterga va poroyektorga ulash talab etilmaydi. Ishlash prinsipiga ko’ra EIDlar “yumshoq” va “qattiq” elektron doskalarga ajratiladi: — “yumshoq” EIDlarda maxsus stilus yoki qo’l barmoqlari yordamida ishlash mumkin; — “qattiq” EIDlar esa faqatgina elektron stiluslar yordamida ishlaydi. Ishlab chiqarish (tayyorlanish) texnolgiyalariga ko’ra EIDlar quyidagi turlarga ajratiladi: sensorli, ultratovushli, infraqizil, elektromagnitli, mikronuqtali. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling