Interfaol metodlar boshlang’ich sinf o’quvchilarini tanqidiy fikrlashini rivojlantiruvchi omil sifatida
Download 26.66 Kb.
|
Jumayeva Nargiza maqola
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya
Interfaol metodlar boshlang’ich sinf o’quvchilarini tanqidiy fikrlashini rivojlantiruvchi omil sifatida. DTPI Ta’lim tarbiya nazaryasi va metodikasi (boshlang’ich ta’lim) 1-kurs magistranti Jumayeva Nargiza Ochildiyevna Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarini tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, yangi ta`lim innovatsiyalar to’g’rida ma`motlar berilgan. Metodlarning nazariy asoslari keltirilgan. Kalit so’zlar: Innovatsiya, metodlar, ta’lim ,o’qituvchi,o’quvchi. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko'lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo'ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, jahon talablari darajasida ta’lim olishi va kasb egallashi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019-yil 23-avgust kuni xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. “Maktab bu hayot-mamot masalasi, kelajak masalasi. Uni davlat, hukumat va hokimlarning o‘zi hal qilolmaydi. Bu butun jamiyatning ishi, burchiga aylanishi kerak1", dedi Shavkat Mirziyoyev. Hozirgi vaqtda “Innovatsiya tushunchasi” juda keng qo'llanilmoqda. Innovatsiya so'zi inglizcha so'z bo'lib -“innovatsion” yangilik kiritish degan ma'noni bildiradi, ya'ni tizim ichki tuzilishini o'zgartirish, deb ta'riflanadi. Innovatsiya amaliyot va nazariyaning muhim qismi bo'lib, ijtimoiy- madaniy ob'ekt sifatlarini yaxshilashga yo'naltirilgan ijtimoiy sub'ektlarning harakat tizimidir. Innovatsiyalar dolzarb, muhim ahamiyatga ega bo'lib, bir tizimda shakllangan yangicha yondashuvlardir. Ular tashabbuslar va yangiliklar asosida tug’ilib, ta’lim mazmunini rivojlantirish uchun istiqbolli bo'ladi. Shuningdek, umuman ta'lim tizimi rivojiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Innovatsiya – ma’lum bir faoliyat maydonidagi yoki ishlab chiqarishdagi texnologiya, shakl va metodlar, muammoni yechish uchun yangicha yondashuv yoki yangi texnologik jarayonni qo'llash, oldingidan ancha muvaffaqiyatga erishishiga olib kelishi ma'lum bo'lgan oxirgi natijadir. Bugun ta’lim tizimidagi innovatsiyalarni quyidagicha tasniflash mumkin: - faoliyat yo'nalishiga qarab (pedagogik jarayondagi, boshqaruvdagi) - kiritilgan o'zgarishlarning tavsifiga ko'ra (lokal, modulli, tizimli) - kelib chiqish manbaiga ko'ra (shu jamoa uchun ichki yoki tashqaridan olingan). Innovatsiyalar odatda bir necha muammo kesishgan paytda vujudga keladi va umuman yangi masalalarni hal qiladi, pedagogik jarayonning uzluksiz yangilanib borishga olib keladi. “Yangiliklarni joriy qilish” tushunchasi bizningcha, yangilik, ham ana shu yangilikni amaliyotga joriy etish jarayonidir. Yangilik - bu alohida olingan shaxs uchun yangi bo'lgan g’oyadir, bu g’oya ob'ektiv ravishda yangi yoki yangi emasligi ahamiyat kasb etmaydi, biz uni vaqt bo'yicha - yangilik ochilgan payt yoki undan birinchi marta foydalanilgan paytda aniqlaymiz. Yangilikni joriy qilish predmet mazmuniga ko'ra uchta asosiy guruhga bo'linadi: 1) texnik- texnologik; 2) mahsuliy; 3) ijtimoiy. Innovatsion faoliyat davrida yangiliklar, innovatsiyalar, tom ma’noda ta’lim jarayoniga kirib keladi. Shu sababli ta'lim tizimidagi innovatsiyalarni pedagogik jarayonga kiritish 4 bosqichda amalga oshiriladi: 1. Muammoli tahlil asosida aniqlash. 2. Mo'ljallanayotgan ta'lim tizimini loyihalash. 3. O'zgarishlar va yangiliklarni rejalashtirish. 4. O'zgarishlarni amalga oshirish. Innovatsion faoliyatga tayyorlashdan maqsad - o'qituvchining yangilikka intiluvchanligini, mustaqil o'z ustida ishlash ko'nikmasi va malakasini shakllantirish, yangi pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlardan foydalanib, dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarni o'tkazish malakasini takomillashtirishdan iborat2. Metod – inglizcha “metodos” so‘zidan olingan bo‘lib, izlanish yoki bilish yo‘li, nazariya, ta’limot ma’nosini anglatadi. Ta’lim metodini(usulini) - ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchining ma’lum maqsadga qaratilgan, birgalikdagi faoliyatini tashkil qilishning muayyan tizimga va tartibga solingan yo‘l-yo‘rig‘i sifatida ta’riflash mumkin. Ta`lim metodi ta`limjarayonida o`qituvchi va o`quvchilarning aniq maqsadga erishishiga qaratilgan birgalikdagi faoliyatlarining usulidir. Ta’lim modelini, esa bir yoki bir nechta ta’lim metodlari yordamida amalga oshiriladigan ta’lim jarayoni amalga oshirish tuzilmasi, deb qarashimiz mumkin. Ta`lim metodlari o`qitishning o`z oldiga qo`ygan maqsadlariga erishish usullari hamda o`quv materialini nazariy va amaliy jihatdan yo`naltirish yo`llarini anglatadi3. O`qitish metodlari ta`lim jarayonida o`qituvchi va o`quvchi faoliyatining qanday bo`lishi, o`qitish jarayonini qanday tashkil etish va olib borish kerakligini hamda shu jarayonda o`quvchilar qanday ish-harakatlarni bajarishlari kerakligini belgilab beradi4 Ta`lim metodlarini tasniflashni ko`plab olimlar turlicha bayon etib, o`z tasniflarini bayon etishgan. Quyida bu tasniflarni ko`rib chiqamiz. I.Y.Lerner va M.N.Skatkin o`qitish metodlarini quyidagilarga ajratadilar: - tushuntirish; - reproduktiv metod; - muammoli bayon qilish metodi; - qisman izlanish metodi; - tadqiqot metodi. S.I.Perovskiy vaY.Y.Golant tasnifi: - faol; - passiv. Y.K.Babanskiyning tasnifi: - o`quv-tarbiya ishlarini tashkil etish va amalga oshirish; - nazorat va o`zini-o`zi nazorat qilish metodlari; - bilishga doir o`yinlar, o`quv munozaralari, qiziq vaziyatlarni vujudga keltirish, rag`batlantirish, tanbeh berish va nazorat metodlari. M.A.Danilov va B.P.Yesipning tasnifi ma`lum turdagi darslarda qo`yiladigan vazifalarga bog`liqdir: 1. Bilimlarni bayon qilishda: hikoya tushuntirish, ma`ruza, suhbatlar, ko`rsatmali qo`llanmalarni namoyish etish. 2. O`quvchilarda ko`nikma va malakalarni shakllantirish: mashqlarni shakllantirish va amaliy ishlar. 3. Bilim, ko`nikma va malakalarni tekshirish - joriy kuzatishlar, og`zaki so`rash, yozma va amaliy nazorat ishlari5. Yuqoridagi olimlarning tasniflashlarini o`rganib chiqib, umumlashtirgan holda quyidagicha tasniflashni taklif etamiz. Metodlar bir qancha asosiy guruhlardan iborat bo`lib, ularning har biri o`z navbatida kichik guruhlar va ularga kiruvchi alohida metodlarga bo`linadi. O`quv-bilish faoliyatining tashkil etilishi, o`quv axborotlarining uzatilishi, qabul qilinishi, anglab olinishi, yodda saqlanishi, o`zlashtirilgan bilimlarning amaliyotda qo`llanilishini ta`minlash, amaliy ko`nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qilishiga ko`ra ta`lim metodlarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: Verbal (o`quv axborotlarni so`z orqali uzatish va eshitish orqali qabul qilish metodlari yoki og`zaki metodlar – hikoya, ma`ruza, suhbat va boshqalar); O`quv axborotini ko`rgazmali uzatish va ko`rish orqali qabul qilish metodlari (ko`rgazmali metodlar – tasviriy, namoyish qilish vaboshqalar); O`quv amaliyotini amaliy mehnat harakatlari orqali berish (amaliy metodlar- mashqlar, laboratoriya tajribalari, mehnat harakatlari va boshqalar)6 Xulosa qilib aytganda, innovatsion faoliyat - yangi ijtimoiy talablar bilan an'anaviy me'yorlarning mos kelmasligi yoxud amaliyotning yangi shakllanayotgan me'yorining yuzaga kelgan me'yor bilan to'qnashuvchi natijasida vujudga kelgan qator muammolarni yechishga qaratiladi. O`qitish metodlari ta`lim jarayonida o`qituvchi va o`quvchi faoliyatining qanday bo`lishi, o`qitish jarayonini qanday tashkil etish va olib borish kerakligini hamda shu jarayonda o`quvchilar qanday ish-harakatlarni bajarishlari kerak ekanligini belgilab beradi Metodlar bir qancha asosiy guruhlardan iborat bo`lib, ularning har biri o`z navbatida kichik guruhlar va ularga kiruvchi alohida metodlarga bo`linadi. O`quv-bilish faoliyatining tashkil etilishi, o`quv axborotlarining uzatilishi, qabul qilinishi, anglab olinishi, yodda saqlanishi, o`zlashtirilgan bilimlarning amaliyotda qo`llanilishini ta`minlash, amaliy ko`nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qiladi.Metodlar boshlang’ich sinf o’quvchilar tanqidiy fikirlashiga katta yordam beradi Download 26.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling