Interfaol metodlardan foydalanish
Foydalanilgan adabiyotlar
Download 67.2 Kb.
|
Mustaqil ish Savodhonlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil ish-2 Bayon haqida ma’lumot. Bayon
- Mustaqil ish-3 Insho haqida ma’lumot.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Abduqodirov A.A.Masofali o’qitish modellari va ularning sinflari.2014-yil 2. Boshlang’ich ta’lim jurnali.2020-yil 3. Sh.Qurbonov,E.Seytxalilov.Ta’lim sifatini boshqarish.T.:”TuronIqbol”.2006- yil 4. Toshpo‘latovich, Y. O. (2022). INTERPRETATION OF SMART TECHNOLOGY IN TECHNOLOGY LESSONS. Open Access Repository, 9(11), 23-31. Mustaqil ish-2 Bayon haqida ma’lumot. Bayon ijodiy xarakterdagi yozma ishlarning asosiy turlaridan biri bo‘lib, o‘quvchining matn mazmunini o‘z so‘zi bilan yozma ravishda qayta bayon etishdan iborat ijodiy ishidir. Bayon bog‘lanishli nutqni o‘stirish vositasi bo‘lib, o‘quvchilarda o‘z fikrini keng va xilma-xil ravishda bayon qilish qobiliyatini rivojlantirishga, nutq malakalarini shakllantirishga yordam beradi. Bayon yozdirishda nutqni o‘stirish bilan birga matnning g‘oyaviy-siyosiy, tarbiyaviy tomoniga jiddiy ahamiyat beriladi. O‘quvchilarning dunyoqarashini o‘stiradigan, ularda insoniy fazilatlarni shakllantirishga, rivojlantirishga yordam beradigan, axloqi, ma’naviyatini tarbiyalashga qaratilgan matnlar to‘planadi. Bayon uchun turli badiiy asarlar, publitsistik, ilmiy va ilmiy-ommabop materiallardan tanlab olinadi hamda uning mazmuni, tuzilishi (kompozitsiyasi), turli obrazli, tushunarli bo‘lishi, o‘quvchi bilim darajasiga mos bo‘lishi, aktualligi hisobga olinadi. Matn ham, rivoyat ham, tasvir ham dialog xarakterida bo‘lishi mumkin. Eng qulayi hikoya bo‘lib, matnning syujetli bo‘lishi, epizodlari ko‘p emasligi, xotirada oson qolishihisobgaolinadi. Bayon turlari 1.Ta’limiy bayon. 2.Yozma bayon. 3.Nazorat bayon. Og‘zaki bayonning asosiy maqsadi matn mazmunini puxta o‘zlashtirish va og‘zaki nutqni hamda yozma nutqni o‘stirishga zamin tayyorlashdan iborat. Yozma bayonning bir turi bo‘lgan nazorat (kontrol) bayon olingan bilim va malakalarni sinash maqsadida o‘tkaziladi. Ta’limiy bayonning asosiy maqsadi esa o‘quvchi-talabalarning matn ustida ko‘proq mustaqil ishlash malakasini rivojlantirish, lug‘at boyligini kengaytirish, matnning asosiy g‘oyasi va til xususiyatlarini tahlil qilish, bayon rejasini tuzishga o‘rgatish, savodxonlikni yaxshilash hamda stilistik ko‘nikmalarni takomillashtirish orqali yozma nutq madaniyatini yuksaltirishga xizmatqilishdir.Ta’limiy bayonni mashq qilish davomida talabalar zarur badiiy matnlar, darsliklar va lug‘atlardan foydalanadilar, reja tuzishni amaliy o‘rganadilar, natijada ularning bog‘lanishli yozma nutq tuzish malakalari o‘sib boradi. Bu esa nazorat bayonini muvaffaqiyatli yozishga olib keladi. Bunday bayon yozish jarayonida matn mazmuni qisqartirilmasdan to‘la, erkin bayon etiladi. Matnga yaqinlashtirilgan bayon deyilishga sabab shuki, bunda tanlagan badiiy asar qurilishidan, uslubidan foydalanib, nutq shakli idrok etiladi, matnning lug‘at boyligi o‘zlashtiriladi. Qo‘shimcha (grammatik) topshiriqli bayon Nutq o‘stirishning asosiy vositalaridan biri bo‘lgan bu bayon turi badiiy matn misolida grammatik qoidani ongli o‘zlashtirish va olingan bilimni mustahkamlash hamda amaliyotga tatbiq etishga yordam beradi. Matn asosida grammatik topshiriqlar turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan: 1.Matn mazmunidan foydalanib, darak, so‘roq, buyruq gaplar tuzib bayon yozish. 2.Sodda gaplarni qo‘shma gaplarga aylantirib bayon yozish. 3.Matndagi va boshqa mazmunga mos iboralardan foydalanib bayon yozish. to`liq bayon ijodiy bayon qo`shim(grammatik ) topshiriqli bayon qisqartirilgan bayon saylanma bayon Qisqartirilgan bayon.Bu bayon turi to‘liq bayonga nisbatan murakkabroq. Bunda matndagi eng muhim masalalar ikkinchi darajali masalalardan ajratib olinadi va badiiy asarning o‘ziga xos xususiyati (koloriti) saqlangan holda asar syujeti qisqartirilib, umumlashtirilgan tarzda yoziladi. Bu jihatdan u tafakkur va nutq o‘stirishga ko‘proq ta’sir qiladi. Ijodiy va faol fikr yuritishga undaydi. Qisqartirilgan bayonda muallifning asosiy fikri, voqealarning mantiqi, izchilligi, qahramonlar xarakteriga jiddiy e’tibor beriladi. So‘z va iboralar tanlash erkin bo‘ladi. Bunday bayonning keng hajmli rivoyat xarakteridagi matn asosida o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Bayon yozishdan avval asar o‘qilib, uning mavzu va g‘oyasi aniqlanadi, so‘ngra reja asosida tezis tayyorlanib, bayon yoziladi. Saylanma bayon Saylanma bayonda matnning mazmuni to‘liq bayon etilmay, balki berilgan mavzu yuzasidangina material saylab olinadi. Matnni o‘qish jarayonida mavzuga aloqador materiallarga alohida e’tibor berish talab etiladi. Hajmi kengroq matn olinib, uni o‘qish jarayonida mavzuga aloqador materiallarga ayrim belgilar qo‘yish mumkin. Shu materiallar asosida murakkab reja tuziladi va sitatalar olinadi.Bu bayon insho uchun asosiy manbalardan biridir. U ba’zan tematik bayon deb ham yuritiladi. Ijodiy bayon Ijodiy bayonda matn hajmi kengaytiriladi, matn mazmuniga munosabat bildiriladi, munozarali masalalar bo‘yicha shaxsiy fikr-mulohazalar ham bayon etiladi. Bayon yanada murakkablashtirilganda biror asar yuzasidan berilgan taqrizlar o‘qilgach, asar haqidagi tanqidiy fikrlar va berilgan baho tahlil qilinadi. Munosabat bildiriladi. Bu ijodiy inshoga yaqinlashtirilgan bayon hisoblanadi. O‘qituvchi o‘quvchilarga bayon yozdirishda didaktik prinsipga asoslanadi va ma’lum sistema asosida ish olib boradi. Bunda o‘qituvchi mavzuni ochishdagi izchillikka, o‘quvchilarga tanish mavzudan notanishga, oddiydan murakkabga o‘tish prinsiplarini ko‘zda tutadi. Bayon yozdirishda o‘qituvchi rejali va rejasiz yozish, shaxsini o‘zgartirib bayon yozish, dialoglarni rivoyat-hikoyaga aylantirib yozish… kabi qator zarur maslahatlarni beradi. O‘qituvchi bayon yozdirganda matndagi so‘zlar ma’nosiga ahamiyat berishi lozim. Matnda notanish so‘zlar bo‘lsa, uning ma’nosini o‘quvchilarga tushuntirishi zarur. Bu esa yozuvda xatolar kelib chiqishining oldini oladi. Bayon matnlari o‘tilgan, o‘rganilgan grammatika va orfografiya qoidalariga mos bo‘lishi kerak. Bayonni tekshirish jarayonida orfografik, tinish belgilariga doir, uslubiy xatolar hisobga olinib, mazmuniga jiddiy e’tibor beriladi va imlosiga alohida, mazmuniga alohida baho qo‘yiladi. Keyingi darsda xatolar ustida ishlanadi, bayonlar sifati izohlanadi. Bayon yozdirishdan oldin o‘quvchilarga quyidagi eslatmalar beriladi: Bayon yozishga qanday tayyorgarlik ko‘rish kerak? 1.Matnni diqqat bilan tinglash (o‘qish). 2. Tushunarsiz so‘zlarning ma’nosini aniqlash. 3. Matnning asosiy mazmunini aniqlab olish, matnni yoritish uchun muhim bo‘lgan so‘z birikmasi va gaplar topish. 4. Matnni qismlarga bo‘lish va ularga sarlavha qo‘yish. 5. Tinish belgilarining o‘rni va vazifalarini belgilab olish. 6. Matnni yana bir bor o‘qib chiqish. Eslatmalardan keyin tanlangan matn ikki marta o‘qib eshittiriladi (yoki bir marta o‘qib, matn mazmunini og‘zaki hikoya qilib berish ham mumkin). So‘ngra hamkorlikda yoki mustaqil holda reja tuzilib, bayon yoziladi. Bayon o‘quvchini insho yozishga tayyorlovchi yozma ish turidir. Insho-ijodiy matnning oliy ko‘rinishi. «Insho» arabcha so‘z bo‘lib, uning o‘zbek tilidagi ma’nosi «yaratish», «bino qilish», «qurish», «boshlash» demakdir, tilimizda bu so‘z ma’no jihatidan ancha toraygan va asosan, o‘quv yurtlarida o‘quvchi va talabalar tomonidan yoziladigan ijodiy yozma ishning eng oliy ko‘rinishi ma’nosida qo‘llaniladi. Insho o‘quvchining o‘zligi demakdir. Uning tafakkuri, dunyoqarashi, narsa, voqea-hodisalarga munosabati, tarbiyalanganlik darajasi, mustaqil turmushga tayyorligini belgilovchi bosh me’yor ham inshodir. Boshqacha aytganda, insho bolaning qiyofasini aks ettiruvchi, uning o‘ziga xos uslubini belgilovchi bir ko‘zgudir. Insho o‘quvchining ona tilidan egallagan bilimlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Til hodisalari insho orqali o‘quvchining ijodiy – amaliy faoliyatiga ko‘chadi. Insho yozma nutqni rivojlantirishning eng asosiy vositalaridan hisoblanadi. Insho bayondan farq qiladi. Bayonda o‘zgalarning fikri, ya’ni tayyor material o‘zlashtirilib, izchil ravishda qayta bayon etilsa, inshoda tanlangan mavzu yuzasidan yig‘ilgan material asosida shaxsiy fikr-mulohazalar bildiriladi. Inshoning xususiyatlaridan biri uning mavzu materialidir. Badiiy asarda obrazlar orqali berilgan muallif g‘oyasi mavzu bilan uzviy bog‘liq holda yoritiladi. Mavzu va g‘oyani aniq belgilab olmasdan va zarur material, faktlar yig‘may turib, inshoni muvaffaqiyatli yozish mumkin emas. Fakt-dalillarsiz insho mazmunsiz, quruq gapdan iborat bo‘lib qoladi. Insho tuzilishi jihatdan kirish so‘zi bilan boshlanib, so‘ngra mavzu, g‘oya yoritiladi. Keyin esa xulosalanadi. Xullas, mavzu, g‘oya, material, faktlar, reja hamda xulosa inshoning asosiy nazariy vositalaridir. Inshoning mazmunini lo‘ndagina ochib beruvchi fikr peshlavha(epigraf) deb aytiladi. Peshlavha odatda rejadan keyin, insho matni boshida, betning o‘ng tomonidagi chekkasida yoziladi. Peshlavhada,albatta, fikr muallifi qavs ichiga olib ko‘rsatilishi kerak. Bitta inshoga bir yoki ikkita peshlavha qo‘yish mumkin. Modomiki, o‘rta umumta’lim maktablarida ona tilini o‘qitishdan asosiy maqsad bolalarda ijodiylik, mustaqil fikrlash, ijodiy fikr maxsulini nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki, yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish ekan, demak, ularni ijodiy yozma ish ustida ishlash usullariga ham o‘rgatish lozim. Bu ish ona tili mashg‘ulotlarida ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi: 1) til hodisalarini o‘rganish jarayonida; 2) ijodiy yozma ish ustida ishlash uchun ajratilgan maxsus soatlarda. Birinchi yo‘nalish deyarli barcha ona tili mashg‘ulotlarida amalga oshiriladi. O‘quvchi o‘rganilayotgan til hodisasini amalga tatbiq etgan holda ijodiy matnlar yaratar ekan, mavzuni yoritish uchun zarur materialni tanlash, yozish, ishning rejasini tuzish, «xat boshi» tushunchasi, yozma ish matni ustida qayta ishlash, insho turlari (ilmiy insho, badiiy insho, erkin mavzuda yozilgan insho,ramziy insho) kabi masalalarga duch keladi va ayni vaqtda o‘qituvchidan bu haqda zarur ma’lumotlarni ham bilib olish lozim buladi. Ikkinchi yo‘nalish ijodiy yozma ish ustida ishlash uchun ajratiladigan maxsus soatlardir. Ijodiy yozma ish ustida ishlash usullarini morfologiya o‘rganilgandan keyin kiritish maqsadga muvofiq. Chunki, birinchidan, bu davrga (7-sinfning) oxiriga kelib, o‘quvchilar matn ustida ishlash yuzasidan anchagina malakaga ega bo‘ladilar. Ikkinchidan, bu usullarni o‘rganish sintaksisni o‘rganish uchun keng yo‘l ochib beradi. Ijodiy yozma ish usullari bo‘limida o‘quvchilarni quyidagi zarur bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirishni maqsadga muvofiq deb bilamiz: -«Ijodiy yozma ish» tushunchasi: rasm asosida hikoya, manzara tasvirni, shaxs, hayvon, narsa-buyum, voqea-xodisa tasviri: o‘quvchi (muallif) va borliq: yozma ishning maqsadi: yozma isho‘quvchining(muallifning) o‘zligi: -yozma ishga mavzu tanlash, uni tayyorlash: ayni bir narsa manzara, voqea, xodisalar asosida turlicha mavzuda yozma ish yozish: yozma ish mazmunining mavzu va uning nomlanishi bilan bog’lanishi. 8-sinfda insho turlari bilan tanishtirish ko‘zda tutiladi O‘quvchilar insho ijodiy ishning oddiy ko‘rinishi, ilmiy, badiiy, erkin, ramziy insholar, ilmiy insho turlari, adabiy insholar hakida ma’lumotlarga ega bo‘lishadi. R.Sayfullaevalarning 8-sinflar uchun mo‘ljallangan «Ona tili» darsliklarida ijodiy matn, insho va uning turlariga 6 soatlik dars ajratilgan. Unda 8-dars «ma’lumotnoma» matni va ijodiy tavsifiy matn muhokamasiga yo‘naltirilgan bo‘lib, mualliflar mavzuni o‘quvchi ongiga yetkazishda, bilishning 10 xil usullari orasida eng qiziqarlisi bo‘lgan qiyoslash va farqlash usulidan foydalanilgan. Matn turlarini qiyoslash va farqlashni o‘rganish uchun tavsiya qilingan ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchisi ijodiy tavsifiy matn, ikkinchisi esa ma’lumotnoma matni turlariga tegishli. «Inshoga epigraf tanlash»mavzusini yoritishga bag‘ishlanishi o‘quvchini izchil va uzluksiz fikrlashga, kuzatish va tanlashga yo‘naltiradi, uni o‘zi yaratgan matnda mantiqiy va mazmuniy uyg‘unlikni ta’minlash, matnni maqol va hikmatli so‘zlar, iboralar bilan boyitish, matn mazmuniga xos va mos bo‘lgan epigraflar tan lashga odatlantiradi. Ona tili mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan insholar ilmiy, badiiy, erkin mavzularga ajratilishi mumkin. Ilmiy mavzudagi insholar: «Mahmud Koshg‘ariy», A.Navoiyning «Muhokamatullug‘atayn» asari; «Fonetikani o‘rganishning ahamiyati», «So‘z birikmasi va gap». Adabiy insholar adabiy asarlar bo‘yisha yoziladi. M: «Ma’nodosh va qaramaqarshi ma’noli so‘zlar» mavzusini o‘tgandan keyin «Zumrad va Qimmat» ertagi asosida insho o‘tkazish mumkin. «O‘tkir Hoshimovning «Dunyoning ishlari» qissasini o‘qib», «Tohir Malikning «Alvido, bolalik» qissasidan olgan taassurotlarim»… mavzularidagi insholar adabiy insholar jumlasidandir. Tasviriy insholar - turmushdagi narsalar, hayotdagi voqea-hodisalar, odamlar, jonlijonsiz mavjudotning muhim belgilari, hususiyatlarini yoritishga mo‘ljallangan insholar. Tasvirning 3 ko‘rinishi mavjud: a) oddiy tasvir;b) ilmiy tasvir (suv, quyosh, paxtalarning ilmiy tasviri); v) badiiy tasvir (muallif uchun muhim bo‘lgan belgilargina ko‘rsatiladi).Ilmiy tasvirda narsalarning nomi, nima uchun qo‘llanishi, uning nimadan tayyorlanganligi, qanday qismlardan iboratliligi, shakli, hajmi, rangi kabilar Rivoya – inshoda mazmunan bir-biriga bog‘liq (syujetli) voqea-hodisalar haqida fikr yuritiladi. Shuning uchun rivoya-insho kichik hikoya deb ham yuritiladi. M.: «Men ko‘rgan voqea», «Yong‘in bartaraf etildi». O‘qituvchi yoki o‘quvchilar o‘rtaga tashlagan g‘oya insho uchun asosiy material bo‘ladi. Rivoya-inshoning murakab ko‘rinishi berilgan mavzu asosida hikoya yozishdir. Xalq maqollari va hikmatli so‘zlar hikoya uchun yaxshi mavzu bo‘la oladi. M.: «It qutursa, egasini qopar»…. Ertak - insho o‘quvchilarning tasavvur olamini kengaytiradi. Ertak janrining o‘ziga xos xususiyatlarini, voqeaning tuguni, rivojlangan nuqtasi, yechimining qanday bo‘lishini bilgan bola ertak -inshoni yoza oladi. Muhokama insho qiyoslash, baho berish, o‘z fikrini himoya qilish, o‘zining haqligini isbot qilishni talab etib, 3 tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi: a) o‘rtaga tashlanayotgan asosiy fikrlar (kirish); b) fikrlardan to‘g‘risini dalillar bilan asoslash; v) xulosa chiqarish (xotima) Bunday insho induktiv (avval dalil-isbot, keyin umumiy xulosa chiqarish) va deduktiv (umumiy xulosadan xususiyga, umumiyning bo‘laklarini isbotlashga o‘tish) usullari asosida yoziladi. M.: «Bog‘dorchilik-men sevgan kasb» (induktiv usulida yozilgan insho) Demak, insho o‘quvchining aqliy faoliyatini charxlaydi, yaxshi bilan yomonning mohiyatini chuqur anglashga, o‘z fikr-qarashlarini qattiq turib himoya qilishga, ijodiy fikrlash qobiliyati, dunyoqarashining rivojlanishiga, adabiy til me’yorlarini nutqiy sharoitlarda to‘g‘ri qo‘llay olishga, savodxonlik darajasining oshishiga xizmat qiladi. Mustaqil ish-3 Insho haqida ma’lumot. Milliy ensiklopediyaga koʻra, pedagogikada insho oʻquvchi mavzuni mustaqil yoritadigan yozma ish turlaridan biridir. Ona tili va adabiyot darslarida taʼlimiy hamda nazorat maqsadlarida umumiy taʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining barcha bosqichlarida oʻtkaziladi. Insho oʻtilgan biror mavzu yoki erkin mavzuda boʻlishi mumkin. Bu yozma ish turi oʻquvchilar badiiy adabiyotni toʻgʻri idrok etishlariga, fikrni ixcham, mantiqiy ifodalashlariga, ularning yozuv savodi oʻsishiga yordam beradi. “Yozni qanday oʻtkazdim?”, “Kelajakda kim boʻlmoqchiman?” kabi oldindan belgilangan mavzulardagi insholar mulohazali insho yoki esse sanaladi. Esse AQSHdagi juda koʻp universitetlarda dastlabki oʻquv yilida oʻtiladigan asosiy fanlar qatoriga kiritilgan. Bu fan doirasida talabalar essening asosiy turlari va ularni qanday yozishni oʻrganadi. Adabiy janr sanaladigan esse taʼlimdagi essedan farq qiladi. Bizda asosan insho keng tarqalgan. U ona tili va adabiyot fani doirasida yoziladi.Insholarga sodda yoki murakkab reja tuzish mumkin. Reja shakli oʻquvchi mavzuni qay darajada yoritmoqchi boʻlganiga yoki qoʻyilgan talabga koʻra tanlanadi Download 67.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling