Interfaol metodlardan foydalanish

Download 67.2 Kb.
bet8/12
Sana20.07.2023
Hajmi67.2 Kb.
#1661234
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Mustaqil ish Savodhonlik

Mustaqil ish-6
Alifbogacha tayyorgarlik davri va bu davrda berladigan bilimlar.Alifbo davri va bu davrning maqsad va vazifalari.
Alifbogacha tayyorgarlik davri
Bu davrning asosiy vazifasi o’quvchilarni maktab, sinf, tartib-intizom qoidalari va o’quv qurollari bilan tanishtirish, nutq o’stirishga oid mashqlar o’tkazib, fonematik eshitishni o’stirishdan iboratdir. Bu bosqichda o’quvchilarga og‘zaki va yozma nutq haqida, gap, so’z, bo’g‘in va tovushlar haqida, nutqning gaplardan, gaplarning so’zlardan tuzilishi, so’zlarning bo’g‘inlarga bo’linishi, bo’g‘inlarning tovushlardan tashkil topishi haqida ma’lumot beriladi, tovushlarning unli va undosh tovushlarga ajratilishi o’rgatiladi, ulardan amaliy foydalana bilish ko’nikmalari hosil qilinadi. Bu jarayonda maxsus nusxalar asosida o’quvchilarning bog‘lanishli nutqi ustida ishlanadi. Ularga “Alifbe”da berilgan rasmlar asosida hikoyalar tuzdirishdan tashqari, o’zlari bilgan she’r, ertak, hikoya, tez aytish, maqol, topishmoq, xalq ashulalari, alla, qo’shiqlar, latifalardan ayttiriladi.
Bu bosqichdagi yozuv darslarida o’quvchilar yozuv daftari va yozuv chiziqlari bilan tanishtirilib, harf elementlarini yozishga o’rgatiladi, ularda namunaga qarab grafik xatolarini aniqlash o’z-o’zini tekshirish, harf oralarining tengligiga rioya qilish, chamalab yozish kabi ko’nikmalar hosil qilinadi. Bu bosqichda tovush bilan harfni farqlashga o’rgatish ko’zda tutiladi.
Ushbu bosqichdanoq tovush va harf o’rtasidagi chegaraga qat’iy rioya qilinadi. Bolalarga tovush haqidagi ma’lumotlar kitob ochtirilmay beriladi. Tovushni ifodalovchi harf ko’rsatilgach, harf ustida ishlanadi. Tovush va harfga oid o’ziga xos xususiyatlar (tovushlarni talaffuz qilamiz, eshitamiz; harflarni yozamiz, ko’ramiz, o’qiymiz) ham izchil ravishda o’quvchilarning o’zlashtirishlarini hisobga olgan holda sekin-asta tushuntirila boriladi.

Alifbo davri
O’quvchilarning tovush va harfni yaxshi tanishlari, elementar o’qishni muvaffaqiyatli egallashlari uchun bo’g‘inga bo’lish, bo’g‘in chegarasini aniqlash, bo’g‘indan tovushni ajratish, tovush va harf munosabatini aniqlash, kesma harflardan bo’g‘in tuzish va o’qish, bo’g‘in-tovush, tovush-harf tahlili kabi mashqlardan foydalaniladi.
Bu davrda bo’g‘inlab o’qish asosi shakllantiriladiAlifbo davrini o’rganiladigan tovush-harfning va o’quv materialining murakkablik darajasiga ko’ra 3 bosqichga ajratish mumkin:
1) unli tovush-harflar, ovozdor, sirg‘aluvchi undoshlar, o-na, a-na, il, in, bi-lan tuzilishidagi so’zlar o’rganiladigan bosqich;
2) artikulyastiyasi qiyin bo’lgan r, k, v, f kabi undoshlar va yo‘l-bars, do‘st, rasm kabi tuzilishdagi so’zlar o’rganiladigan bosqich;
3) o’rganilganlar takrorlanib, harf birikmalari ng, sh, ch, 2 tovushni ifodalaydigan j, tutuq belgisi (’) va jo‘ja, jurnal, jirafa, tong, so‘ng, bodring, choynak, shudring va shu kabi so’zlarni o’qishga o’rgatiladigan bosqich.

Fonetik ishlar sohasida jarangli va jarangsiz undoshlarni taqqoslashga, ularning so’z ma’nosini farqlashdagi faoliyatini aniqlashga oid mashqlar o’tkaziladi (ziyrak-siyrak, dil-til kabi)
Alifbo davrining oxirida o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlari zarur:
Alifbo davri yozuv darslarining vazifasi kichik va bosh yozma harflarni to’g‘ri shakllantirish, harflarni to’g‘ri ulash, alifbeda o’qigan bo’g‘in, so’z va gaplarni namunaga qarab yozish, harf, bo’g‘in, so’z, gap diktantlarini yozish ko’nikmasini shakllantirish, izohli, saylanma, ko’ruv, ta’limiy diktant yoza olishlariga erishish, umuman, grafik malakani shakllantirishdir. Savod o’rgatish jarayonining oxirida bir darsda, agar darsning 2-3 qismi yozuvga ajratilsa, 20 tagacha so’z yoza olishlari talab qilinadi.

Savod o’rgatishning asosiy davrida o’quvchilarni o’qishga o’rgatish
O’qishga o’rgatish uchun, avvalo, o’quvchi tovush va harf bilan yaxshi tanishtirilishi lozim. Tovush va harf bilan tanishtirishda bo’g‘indan tovushni ajratish tamoyiliga rioya qilinadi. Harf bilan tanishtirish bir necha xil yo’nalishda amalga oshirilishi mumkin:
1. Mazmunli rasm yuzasidan savol-javob usuli bilan bog‘lanishli hikoya tuzdiriladi. Undan kerakli gap, so’ng kerakli so’z ajratib olinadi, so’ngra so’z ustida yuqoridagi kabi tahlil ishlari uyushtiriladi.
2. So’z asos qilinib, analitik mashqlar yordamida o’rganiladigan tovush ajratib olinadi. Masalan: oy. O’qituvchi oy rasmini ko’rsatadi, o’quvchilar uning nomini - so’zni aytadi. O’qituvchi o tovushini cho’zib (o-o-o-y) aytadi va qaysi tovushni cho’zib aytayotganini o’quvchilardan so’raydi. O’quvchilar o tovushini aytgach, uning xususiyalari haqida savol-javob o’tkaziladi. O tovushli so’zlar o’ylab toptiriladi. Shundan so’ng o harfi kesma harfdan yoki rasmli alifbodan ko’rsatiladi. Bunda o harfining shaklini esda olib qolishlariga alohida e’tibor qaratiladi.
3. O’rganilgan harflar ichiga bugun o’rganiladigan harf aralashtirib qo’yiladi, bolalar uning ichidan notanish harfni ajratadilar, so’ng o’qituvchi bu harf ifodalaydigan tovushni aytadi. O’quvchilar tovushning xususiyatlarini aytadilar. Shu harfni kesma harflar ichidan topib, kitob sahifasidan, rasmli alifbodan ko’rsatadilar. Shu tariqa tovush-harf bilan tanishtirilgach, o’qishga o’rgatish ustida ishlanadi.

Har bir predmetda bo’lgani kabi o’qish darslarida ham ta’lim-tarbiya birligiga e’tibor beriladi. O’qish darslarida tarbiya o’qilgan matnning ongli o’zlashtirilishiga bog‘liq. Birinchidan, o’quvchi matnda fikr nima haqida borayotganini anglasagina, o’zida shunday xislatlarni shakllantirishga harakat qiladi. Ikkinchidan, yaxshi inson bo’lish uchun o’qishning zarurligini anglaydi. Shuning uchun ongli o’qishni ta’minlashda matn bilan unga ishlangan mazmunli rasmlar o’rtasidagi bog‘lanishlarni aniqlashtirishga, matn yuzasidan savollar berishga diqqatni qaratish lozim.

Download 67.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling