Fan nomi: Ona tili Dars mavzusi: Unli tovushlar va harflar Dars maqsadi
Download 48 Kb.
|
1 sinf ona tilidan unli tovushlar va
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars jarayoni va texnologiyasi
- III. Yangi mavzuni tushuntirish
- 8- mashq
- Dam olish daqiqasi IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
DARS ISHLANMASI (KONSPEKT) Dars sanasi:_________ Sinf: ___ Fan nomi: Ona tili Dars mavzusi: Unli tovushlar va harflar Dars maqsadi: ta’limiy maqsad: o’quvchilarga mavzuni to’liq yetkazish, o’tilgan mavzularni mustahkamlash tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni chiroyli yozuv qoidalariga rioya qilishga o’rgatish, ularga estetik tarbiya berish rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, savodli yozish uquvlarini o’stirish Dars turi: aralash Dars uslubi: kichik guruhlarda va yakka holda ishlash Darsda foydalaniladigan jihozlar: rasmlar, ko’rgazma, tarqatma materiallar, kesma harflar Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on, Shundan bilursankim ilm bepoyon. Dars jarayoni va texnologiyasi
Darsning borishi: 1-2 bosqichlar texnologik xarita asosida tashkil etiladi O’tilgan mavzuni takrorlash, o’quvchilar bilimini aniqlash va mustahkamlash maqsadida aqliy hujum savollari beriladi. 1. O’tgan darsda qaysi mavzu bilan tanishgan edik? “Qovunlar” she’rini kim yozgan? Qanday qovun turlari bor ekan? Ona tilimizda nechta tovush va harf bor? Tovushlar yozuvda nimalar bilan ifodalanadi? Nimani talaffuz qilamiz va eshitamiz? III. Yangi mavzuni tushuntirish O’quvchilar diqqati doskaga jalb etiladi. Yangi mavzu e’lon qilinadi. Mavzuga oid mashqlar bajariladi.
8-mashq. She’r qaysi shahar haqida ekanini toping. She’rning dastlabki ikki qatorini ko’chiring. Unli harflar tagiga chizing. Poytaxt shahar, bosh shahar, Qadim tiproq, Shosh shahar… Sen tinchlik qo’ng’irog’I, Sen ozodlik kuyisan… Muhammad Yusuf 9-mashq. Katakchadagi harflardan foydalanib, so’zlar tuzing va yozing. Kun, tuz, un, tun, tuk. O’quvchilarning so’zlarni yozishda qo’l harakatlari kuzatib turiladi. Dam olish daqiqasi IV.Yangi mavzuni mustahkamlash O’quvchilar yozgan matnlarini o’qib beradilar. Ularning fikri umumlashtiriladi. Savollar orqali mavzu mustahkamlanadi. . V. O’quvchilar darsga ishtirokiga qarab rag’batlantiriladi. Uyga vazifa. 10-mashq. Download 48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling