Interfaol ta’lim metodlari. Ta’limda keys, O‘quv loyiha va o‘yin tehnologiyalari
Download 0.68 Mb.
|
INTERFAOL TA’LI-WPS Office
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Eksperimental
- Blits-sorov.
- Usulning maqsadi
- "Keys-stadi"
- Keys texnologiyasini loyihalashtirish.
- Keysning tekshirilishi va baholanishi.
- Keys texnologiyasini
INTERFAOL TA’LIM METODLARI. TA’LIMDA KEYS, O‘QUV LOYIHA VA O‘YIN TEHNOLOGIYALARI Interfaol ta’lim usuli – har bir o’qituvchi tomonidan mavjud vositalar va o’z imkoniyatlari darajasida amalga oshiriladi. Interfaol mashg‘ulotlarni amalda qo’llash bo’yicha ayrim tajribalarni o’rganish asosida bu mashg‘ulotlarning sifat va samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi omillarni ko’rsatishimiz mumkin. Ularni shartli ravishda tashkiliy-pedagogik, ilmiy–metodik hamda o’qituvchiga, o’quvchilarga, ta’lim vositalariga bog‘liq omillar deb atash mumkin. Interfaol ta’lim asosini interfaol metodlar tashkil etadi. O’qitishning interfaol metodlari: 1. Kognitiv (cognito – lotincha so’z, «bilim», «bilish» ma’nosini anglatadi) – eng avvalo, o’quvchi-talabalarni tafakkurini shakllantirishga yo’naltirilgan, u yoki bu shaklda jamoa muhokamasini tashkil etish bilan bog‘lik bo’lgan metoddir. 2. Eksperimental o’quvchi-talabalarning «jonli», shaxsiy tajriba orttirishga yo’naltirilgan. 4. Fasilitasiya (inglizcha fasilitate - osonlashtirish) – guruh ishini tashkil etish, ko’pincha aniq, real, amaliy topshiriqlar bilan bog‘lik, aniq qaror qabul qilish bo’yicha muhokama, faoliyatning real rejasini ishlab chiqish, real, mojaroli manfaatlarni muvofiqlashtirish Qabul qilish vositalari (kanallari) – qabul qilishning eng muhim filtrlaridan biri: ko’rish, eshitish, his-tuyg‘u. Vizual - biz ko’rayotgan narsa (obrazlar, rasm, kino). Audial - biz eshitayotgan narsa (nutq, shamolning xushtagi, tomchilayotgan suv, oxang, tembr, ovoz balandligi). Blits-so'rov. Ushbu usul talaba (o'quvchi)larni, harakatlar ketma-ketligini to'g'ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga o'rganalayotgan predmet asosidan hilma-xil fikrlar ma'lumotlar ichidan kerakligini tanlab olishni, shu bilan bir qatorda, o'zgalar fikrini o'tkaza olish hamda o'z faoliyati, kunini rejalashtira olishni o'rgatishga qaratilgan. Usulning maqsadi: ushbu usul orqali talabalarga tarqatilgan qog'ozlarda ko'rsatilgan harakatlar ketma-ketligini avval yakka tartibda mustaqqil ravishda belgilash, kichik guruhlarda o'z fikrini boshqalarga o'tkaza olish yoki fikridan qolish, boshqalar bilan hamfikr bo'la olish kabi ko'nikmalarni shakllantirish. "Keys-stadi" texnologiyasi (ingl. "case" - chemodan, metod, "study" - muammoli vaziyat: vaziyatli tahlil yoki muammoli vaziyatlarni tahlil qilish) - 1) talabalarda aniq, real muammoli vaziyatni tahlil qilish orqali eng maqbul variantlarini topish ko'nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladigan texnologiya: 2) real vaziyatlarni bayon etishda qoʻllaniladigan o'qitish texnikasi Keys-stadi" texnologiyasi dastlab 1870 yilda AQSHning Garvard universitetining huquq maktabida ta'lim jarayonida qo'llanilgan. Ushbu texnologiya Garvard universitetining biznes maktabida 1920 yilda qo'llanila boshlagan. Keys texnologiyasini loyihalashtirish. O'qituvchi harakatlarining izchilligi: -ishchi dasturi asosida o'quv mashg'uloti shakli, turi va vaqtini belgilaydi (amaliy mashg'ulot/mustaqil ish/ o'quv amaliyoti); -o'quv mashg'uloti maqsadini oydinlashtiradi, o'quv mashg'ulotidan kutiladigan natijalar va pedagogik vazifalarni belgilaydi; -ta'limning optimal modelini (belgilangan vaqtda va qaror topgan sharoitlarda qo'yilgan maqsadning amalga oshirilishini va prognoz qilinadigan o'quv natijalariga erishishni kafolatlaydigan optimal ta'lim metodlari, shakl va vositalari majmui)ni tanlaydi. Keysning tekshirilishi va baholanishi. Yaratilgan keys ekspert tekshiruvidan va bahosidan o'tishi kerak. Quyidagilar tekshirish usullari bo'lishi mumkin: 1. Keys loyihasining korxona xodimi tomonidan ko'rib chiqilishi va unda bayon qilingan axborotning real vaziyatga muvofiq kelishi, shuningdek keltirilgan faktlar talqini va shu kabilarning tekshirilishi. 2. Ekspertlik bahosi va hamkasblar fikrlari, o'qituvchi-keysologning keysning ta'limdagi qimmati xususidagi fikri, uni tekshirishning ikkinchi usulidir. Keys texnologiyasini amalga oshirishda o'qituvchi faoliyatining bosqichlari: tayyorgarlik bosqichi; - asosiy bosqich: keys texnologiyasini amalga oshirish tahliliy, baholovchi bosqich Eʼtiboringiz uchun rahmat Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling