Interfaol texnologiyalarni qo'llash mahorati reja


Barkamol avlodni shakllantirish va malakali mutaxassislarni yetishtirish jarayonida interfaol texnologiyalarining o'rni


Download 91.71 Kb.
bet10/11
Sana20.09.2023
Hajmi91.71 Kb.
#1682452
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
INTERFAOL TEXNOLOGIYALARNI QO

5. Barkamol avlodni shakllantirish va malakali mutaxassislarni yetishtirish jarayonida interfaol texnologiyalarining o'rni.
O'zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va «Ta'lim to’g’risida»gi Qonunda o’quv jarayoniga ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy etish mamlakatimiz ta'lim tizimini isloh qilishning asosiy ko'rsatkichlaridan biri sifatida e'tirof etilishi bejiz emas. Chunki pedagogik texnologiya ta'lim jarayonini inqirozdan xoli etish, uni bozor iqtisodi sharoitiga mos holda takomillashtirish va Davlat ta'lim standarti talablariga muvofiq kadrlar tayyorlashning muhim omillaridan biri bo'lib hisoblanadi.
Talabalarni zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlar qilib tayyorlash maqsadida quyidagilarga e'tibor qaratiladi:
O’quv-tarbiya jarayoni va pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratizatsiyalash, hamkorlik pedagogikasiga asoslanish.
O’quv-tarbiya jarayonida didaktik o'yin, muammoli, modulli ta'lim, loyihalash va hamkorlikda o’qitish texnologiyalaridan foydalanish orqali talabalarning yakka tartibda va kichik guruhlarda mustaqil va ijodiy ishlarini tashkil etib, ularni o'z o’quv-bilish faoliyatining sub'ektiga aylantirish.
Talabalarning mustaqil ishi va tahsilini rejali, bosqichma-bosqich, evolyutsion tarzda tashkil etish.
Talabalarning bo'lajak mutaxassislik faoliyatiga ilmiy-metodik jihatdan tayyorgarligini tahlil qilish, ularda ko'nikmalar shakllanishini hisobga olgan holda har bir talabaga o'zini o'zi rivojlantirishning individual ish rejasini tavsiya etish.
Ta'lim jarayonini tashkil etish va boshqarish, talabalarda mustaqil tahsil olish va mustaqil fikrlashni shakllantirishga imkon beradigan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini ongli tanlash va amaliyotda qo’llash ko'nikmalarini egallashiga erishish.
Talabalarning bitiruv malakaviy ishlari mavzularini o’quv-tarbiya jarayonining dolzarb muammolariga bag’ishlash orqali izchil va muntazam ravishda o'z saviyasini oshirish va faol ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishiga zamin tayyorlash.

Download 91.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling