Interfaol texnologiyalarni qo'llash mahorati reja


Sh.A.Amonashvilining inson-shaxs texnologiyasi


Download 91.71 Kb.
bet3/11
Sana20.09.2023
Hajmi91.71 Kb.
#1682452
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
INTERFAOL TEXNOLOGIYALARNI QO

Sh.A.Amonashvilining inson-shaxs texnologiyasi. Shalva Aleksandrovich Amonashvili taniqli pedagog olim va amaliyotchidir. U o'zining eksperimental maktabida hamkorlik pedagogikasini, shaxsiy yondashuvni, til va matematika o’qitishning ajoyib metodikasini ishlab chiqdi va hayotga tatbiq etdi.
Sh.A. Amonashvilining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat: bolaning shaxsiy xislatlarini namoyon qilish orqali unda olijanob insonning shakllanishi, rivojlanishi va tarbiyalanishiga imkon tugdirmoq;
bolaning qalbi va yuragini ulug’lamoq;
boladagi bilishga bo'lgan kuchlarni rivojlantirish va shakllantirish;
keng va chuqurbilim hamda malaka olish uchun sharoit tugdirmoq;
ideal tarbiya — bu o'z-o'zini tarbiyalamoq.
Sh.A. Amonashvili o'zining texnologiyasini amalga oshirish uchun quyidagi metodika va metodik usullardan foydalandi:
insonparvarlik;
shaxsiy yondashuv;
muloqot mahorati;
oila pedagogikasining qo’shimcha imkoniyati;
o'kuv faoliyati.
Sh.A.Amonashvili texnologiyasida bola faoliyatini baholash alohida ahamiyatga ega. Baholardan foydalanish o'ta cheklangan. Miqdoriy baholashdan ko'ra sifatli baholashga urg’u beriladi, ya'ni tavsif, natijalar paketi va o'z-o'zini baholash.
2. Ta'limning interfaol metodlari.
Zamonaviy ta'limni tashkil etishga qo'yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni talabalarga etkazib berish, ularda ma'lum faoliyat yuzasidan ko'nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, talabalar foliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko'nikma hamda malakalar darajasini baholash o’qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta'lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi.
Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda bu borada katta tajriba to'plangan bo'lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Quyida ta'lim amaliyotida foydalanilayotgan interfaol metodlardan bir nechtasining mohiyati va ulardan foydalanish borasida so'z yuritamiz.

Download 91.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling